Kurs ishi ilmiy rahbar: D. Toʻrayeva “Himoyaga tavsiya etilsin” “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi mudiri F. f d. B. Mengliyev 2020– yil “ ” – yanvar toshkent – 2020 reja: kirish



Yüklə 52,66 Kb.
səhifə10/14
tarix28.04.2023
ölçüsü52,66 Kb.
#104481
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi ilmiy rahbar D. To rayeva “Himoyaga tavsiya etilsin”

Sifat+ot bitishuv yo‘li bilan birikadigan qo‘shilmalaryaing ikkinchi gruppasini sifat+ot tipidagi bog‘lanishlar tashkil qiladi. Bu tipdagi bog‘laiish hozirgi tilimizda aniqlovchili konstruksiyaning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi: a) birikmaning birinchi komponenti (ergash muchasi) asliy sifatlardan, ikkinchi bo‘lagi esa ot yoki otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: yangi kitob, azim daryo, xom ashyo, qizil bayroq, baland bino, qora bulut kabi; b) nisbiy sifat + ot: uquvli yigit, g‘ayratli bola, chiroyli surat, kechagi studentlar, kechki payt, nuroniy keksa, oilaviy kecha, farosatsiz kishi kabi.
Har ikkala sifat turlari o‘z aniqlovchilariga ega bo‘lmoqlari mumkin: juda g‘ayratli (yigit), tir yalang‘och (bola), o‘ta o‘jar (kishi), g‘oyat shiddatli (jang) kabi. Tabiiyki, keltirilgan misollardagi kuchaytiruvchi elementlar (juda, eng, g‘oyat, o‘ta) so‘z birikmasining teng huquqli muchasi bo‘lolmaydi: Eski odatlar o‘lkasini ayladim poymol (H. Olimjon). Yaxshi niyat — yarim davlat (Maqol). Havoda salqin shabada... (Oybek). Gulnorning gavdasi ...nozik navda kabi qaltirar edi (Oybek ). Samolyotimiz yerga qo‘nganda shunday qattiq tovush chiqdiki... (Gazeta). Uzoq bo‘lsa ham, to‘g‘ri yo‘l yaxshi (Maqol).
5. Sifatdosh+ot. Fe’lning funksional formalaridan sifatdoshning ayrim formalari ham ot bilan bitishuvli birikma hosil qiladi. Bulardai eng ko‘p ishga solinadigan turi –gan (–yotgan; –digan) affiksi srdamida yasaladigan formadir. Sifatdoshlarsing boshqa turlari nisbatan kamroq ishlatiladi (–ar–ur, –jaq).
Sifatdosh + ot tipidagi bog‘lanishlar so‘z birikmasi sistemasida juda katta o‘rinni ishg‘ol qiladi. Sifatdosh formalaridan –gan (–yotgan, –digan) affiksini olgan fe’l formalari shu vazifada (aniqlovchilik vazifasida) juda keng qo‘llanadi. Bu forma ham o‘zi aniqlab kelgan otga bitishuv yo‘li bilan birikadi: o‘qigan bola, o‘tirgan kishi, kelayotgan bayram, so‘zlaydigan notiq va sh. k. Sifatdoshlarning boshqa formalari, yuqorida aytilganidek, kam ishga solinadi (–r/–ar, –ur, –jak). Bu yerda otga birikib keladigan sifatdosh formalarining negizi qaysi so‘z turkumiga aloqador ekanligining ahamiyati yo‘q: ish–la–gan yigit, qoray–gan narsa, shar–il–la–gan suv kabi: o‘qigan kishi o‘zar, o‘qimagan kishi to‘zar (Maqol); Yechingan kishi suvdan qaytmaydi (Maqol). Botar kunning otar tongi bor (Maqol). Dilshod hamon qo‘lida ushlab turgan bayozni ochib, boya o‘qigan she’rini topdi (M. Ismoiliy). Eshik oldida oltmishlarga borib qolgan oppoq soqolli bir chol o‘tirardi (Said Ahmad).


Yüklə 52,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin