Kurs ishi ilmiy rahbar: D. Toʻrayeva “Himoyaga tavsiya etilsin” “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi mudiri F. f d. B. Mengliyev 2020– yil “ ” – yanvar toshkent – 2020 reja: kirish


Chiqish kelishigi formasidagi so‘zlarni boshqaruvchi otlar



Yüklə 52,66 Kb.
səhifə12/14
tarix28.04.2023
ölçüsü52,66 Kb.
#104481
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi ilmiy rahbar D. To rayeva “Himoyaga tavsiya etilsin”

Chiqish kelishigi formasidagi so‘zlarni boshqaruvchi otlar. Chiqish kelishigi formasidagi otlar fe’l tomonidan boshqarilgan harakatning boshlanish nuhtasi (o‘rni, payti), harakatning bajarilishida vosita bo‘lgan ob’ekt, sabab, chog‘ishtirish ob’ekti, butundan bo‘lak, o‘lchov, manba, material kabi xilma-xil ma’nolar ifodalanadi. Chiqish kelishigi formasini otlar ham boshqara oladi, lekin kuchli boshharish qobiliyati jo‘nalish kelishigi formasidagi otlarga nisbatan uncha ko‘p emas.
Chiqish kelishigidagi ot, olmosh, otlashgan so‘zlarni boshqarish qobiliyati quyidagi otlarda kuchliroq.
a) sovg‘a, tortiq, tuhfa, esdalik, yodgorlik kabi otlar ikki kelishikli konstruksiyalarni tuzishda ishtirok qiladi, ya’ni jo‘nalish va chiqish kelishigi formasidagi otlarni boshqara oladi: otamdan (menga) yodgorlik, do‘stingdan senga sovg‘a kabi. Ko‘rinadiki, jo‘nalish kelishigi formasidagi tobe so‘z predmet atalgan shaxsni, chiqish kelishigi formasidagi tobe so‘z esa predmetning chiqish manbaini (kimdan ekanligini) bildiradi: Ona tabiatdan zab armug‘on bu, Qirg‘iziston bu (Mirtemir). Agarda qaytmasa, sh u mendan yodgor (H. Olimjon).
b) nishon, mujda, darak, xabar, xat, telegramma kabi so‘zlar har ikki kelishikli konstruksiyada (jo‘nalish va chiqish) ishtirok etadi, ya’ni ikkala kelishikni ham boshqarish qobiliyatiga ega bo‘ladi: Bu mo‘l hosildan nishona (Gazeta). Qor axir chiroylik bahordan mujda , yaxshi bahor esa oq qordan mujda (Mirtemir).
Oʻzbek tiliga rus tili orqali kirgan reportaj, korrespondensiya kabi so‘zlar ham chiqish kelishigi formasidagi otlar bilan kengaygan holda qo‘llanadi: stadiondan reportaj. “Pravda” gazetasidan korrespondensiya kabi.
Dalalardan daraklar, joylardan xatlar, partiya tashkilotlaridan maktublar kabi misollarda boshqariluvchi so‘zda faqat manba ko‘rsatilgan (-dan xatlar), adres yashiringan, lekin istagan vaqtda predmet yo‘naltirilgan adres -ga affiksni olgan so‘z) ifoda etilishi mumkin. Tarixan bunday konstruksiyalarda boshqaruvchi mucha fe’ldan bo‘lganligi o‘z-o‘zidan ma’lum, qisqartish, ixchamlikka intilish natijasida asta-sekin fe’lni tushirib ishlatish qoida tusiga kirib qolgan bo‘lishi kerak.
d) butundan bo‘lakni ajratib ko‘rsatish ma’nosini ifodalovchi konstruksiyalar ham chiqish kelishigi formasidagi otlarning ot turkumiga oid so‘zlarga tobelanib kelishidan hosil bo‘ladi. Bunday birikmalarda boshqaruvchi otlar ko‘pincha bir so‘zi bilan qo‘llanadi: Dengizdan bir qatrayu, oftobdan bir zarra (M. Ismoiliy). Lekin hamma vaqt ham bir so‘zining ishlatilaverishi shart emas: daryodan tomchi, pesadan parcha, filmdan kadr kabi. Tizzadan loy, yarim beldan balchiq, to‘piqdan qor kabi birikmalardan chegara, o‘lchov ma’nosi ifodalanadi: Olmaota atrofi qora sondan qor (Mirtemir); kasr son maxrajini ajratib ko‘rsatishda ham -dan ishtirok qilgan konstruksiya ishga solinadi: uchdan bir, beshdan ikki kabi.


Yüklə 52,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin