Kurs ishi ilmiy rahbar: Fizika kafedrasi o’qituvchisi O. Dehqonova Mundarija. Kirish i-bob. Fizika o’qitishda innovatsion usullar



Yüklə 119 Kb.
səhifə2/10
tarix11.06.2022
ölçüsü119 Kb.
#61256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5265145449764885140

Kurs ishining dolzarbligi:
Atom fizikasi bolimini asl mohiyatini o’quvchilarga tushuntirish va ushbu mavzularni innovatsion usullar yordamida yoritib berish bugungi kun o’qituvchisi oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligini ko’rsatib berishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi:
Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi Optika bolimiga oid tushunchalar aks etgan mavzularni zamonaviy pedagogik texnalogiyalar va interfaol usullar yordamida o’qitishning samarali yo’larini ko’rsatishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
- Mavzuga oid ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o’rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish. Fizika ta’limi jarayonida interfaol texnologiyalarni tanlash va foydalanish tamoyillari, vositalarini, tashkiliy va metodik shart-sharoitlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash;Fizika ta’limi jarayonida interfaol texnologiyalardan foydalanishning samaradorlik darajasini aniqlash.Fizika fanlarini o’qitish xususiyatlarini o’rganish, tahlil qilish va ularni muhim jihatlarini o’zlashtirish.Yuqoridagilardan shuni xulosa qilishim mumkinki, fizika o’qituvchisining o’quvchilar o’quv biluv faoliyatini faollashtirish borasidagi turli xil texnologiyalari ham hozirgi kunda dolzarb ahamiyatga ega ekan.
I bob. FIZIKA O’QITISHDA INNOVATSION USULLAR
1.1 Fizika o`qitish usullari
O`qitish metodlari nima? O`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi va o`zaro bog`langan ishlarida foydalaniladigan o`qitish maqsadlariga erishish uchun yo`naltirilgan faoliyat usullariga o`qitish metodlari deb ataladi.Fizika darslarida turli ko`rinishdagi o`qitish metodlari: hikoya, tushintirish, leksiya, o`quvchilar bilan turli suxbatlar, o`qituvchi tajribalarni demonstratsiya qilish yoki leksiyani ishlaydigan va sitatik modullar, plakatlar, rasmlar, diyopazitsiyalar va hokozalar bilan ko`rsatish tele eshittirish, magnetofonda tovush yozish va video ovoz, o`quv kino filimlari, o`quvchilarning darslik, labarato`riya tajribalarini bajarish, jonli tabiat atrof tabiatda kuzatish o`tkazish, masalalar yechish, tarqatma va bosma didaktik materiallar bilan ishlash, o`quvchilardan induidal va frantal so`rash, yozma mustaqil va konturol ishlar, bilimlarni pragramali va boshqalardan foydalaniladi.O`qitish metodlarining har biri usullar sistemasi orqali amalga oshiriladi. O`qitish usuli- o`qitish metodining tarkibiy qismi, uning bo`lagidir. Masalan muommoli suxbat a) muomoli vaziyatni vujudga keltiradigan turli usullardan (muommoli tajribani demonstratsiya qilish natijasida o’quvchilarda bor bo’lgan bilimlarga qarama qarshi bo’lgan topshiriqni bajarish suhbat davomida hayotiy tajribani ilmiy bilimlarga qarama-qarshi aniqlash va boshqalar). b) muommoli vaziyatda hosil bo’lgan qarama-qarshiliklarning sababi haqida o’quvchilar aytgan gipotezzalar (taxminlar) yo’lida ularni fikriy faoliyatga yo’naltiruvchi turli usullardan (zarur bilimlarni aktuallashtirish usuli, o’xshatish usuli va boshqalar.); d) suhbat davomida o’quvchilar aytgan giqotezalarni tekshirishning turli usullaridan (gipotezani asossiy nazariy komsepsiyaga mos kelishini tekshirish, gipotezani tajribada tekshirish) foydalanishni taxmin qiladi. Xuddi shuningdek, o’quvchilarning labaratoriya ishini bajarishlari ularning bu ishini bajarishga turli usulda tayorgarlik ko’rganliklaridan, labaratoriya ishini bajarish jarayonida o’quvchilarning eksperimintal malakalarining shakillanganligining va ular bajargan amaliy harakat hamda o’lchashlarning to’g’riligini turli usulda tekshirishdan foydalanishni taxmin qiladi. Masalan, o’quvchilarni labaratoriya ishini bajarishga tayorlash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin. 1) o’quvchilar nazariy materialni takrorlaydilar va labaratori ishining tafsilotini darslikdan o’rganadilar. Bunda ular darsda bajarishlari lozim bo’lgan o’lchash va boshqa amaliy ishlarning ketma ketligini tushunishga hamda o’zlashtirib olishga harakat qiladilar. Shundan keyin ular daftarga darsning mavzusini, kerakli jixozlarni ulchash natijalarning jadvalini va boshqalarni yozib oladilar; 2) o’quvchilar nazariy materialini takrorlaydilar va labaratoriya mazmunidagi teksli masalani yechadilar (yani asosan ishning bajarilish tartibi tasniflanadi, tajriba natijalari keltiriladi va kerakli katalikni hisoblashni bajarish ko’zda tutiladi). Shular asosida ular yaqinda bo’ladigan labaratoriya ishida o’tkaziladigan o’lchash ishlarining planini tuzadilar; 3) o’quvchalar nazariy materialini takrorlaydilar va o’zlarining labaratoriya ishlarini bajarish tajribalariga hamda shunda olgan bilim va qobilyatlariga tayanib, bo’lajak tajribaning mumkin bo’lgan bajarilish yo’lining planini tuzishga harakat qiladilar. Bu qiyin vazifaning bajarilishini yengillashtirish uchun o’qituvchi (yordam sifatida) ishda foydalanishi lozim bo’lgan asboblarni aytib berish mumkin.Vazifani murakkablashtirish uchun (kuchli o’quvchilar guruhi bilan ishlashda) o’qituvchi yuqori sinf o’qivchilariga o’lchashning tanlangan metodida natija hatoligini hisoblashni va hatolikni kamaytrishning mumkin bo’lgan yo’llarini o’ylab ko’rishni, asboblarni faqat vazifasiga qarab emas, shu bilan birga ularning aniqlik sinfiga ham qarab tanlashni taklif qilishi mumkin.Shunday qilib o’qitishning har bir metodi unda foydalanilgan turli- tuman usullar va ularni o’zaro bog’lash orqali tavsiflanishi hamda olib berilishi mumkin. O’qitish metodlarini takomillashtirish ish ko’nikmasida faqat yangi metodlarni joriy etish va qo’lash orqali bormay, balki o’qitish usularini takomillashtirish yo’li bilan ham boradi.O’qitish metodlarini taxlil qilish va tavsivlash qulay bo’lish uchun ularni klassifikatsiyalaydilar. Metodlarni ayrim guruhlarga bo’lishga nima asos qilib olinganiga qarab, o’qitish metodlarini turlicha klassifikatsiyalash mumkin.Didaktikada malumotni o’qituvchidan o’quvchilarga berish usuli bo’yicha metodlarni klassifikatsiyalash keng qo’laniladi bu asos bo’yicha o’qitish metodlarini og’zakiga, bu o’zida materialni o’qituvchi bayon qilishni ham, (hikoya, suhbat, tushuntirish, maruza) shuningdek, kitob bilan ishlashni ham ifodalaydi, ko’rgazmalilikka (tajribalarni demonstratsiya qilish, ishlaydigan va statik modellar, plakatlar, rasmlar va kino filmlar va boshqalar.) va amaliyga (labaratoriya tajribalarini bajarish, masala yechish va boshqalar.) bo’linadi.O'qituvchi hal etishi lozim bo`lgan muhim masalalardan biri o`quvchilarning fan asoslarini mustaxkam o`zlashtirishlarini ta`minlash, ularni to`g`ri, ilmiy dunyo qarashini tarbiyalash, ijodiy bilish qobilyatlarini o`stirish, o`qitishni hayot bilan bog`lanishini taminlash, o`quvchilarning mexnat, ahloq va estetik tarbiyalashni yahshilash hisoblanadi. Bu masalalarini hal etish darajasi maktabning hamma o`quv va tarbiya ishlarini tashkil etishiga bog`liq. Ammo bu ishlarning natijalari sifatida asosiy ro`lni dars, hususan, unda foydalaniladigan o`qitish metodlari o`ynaydi. An’anaviy va texnologik o’qitishning qiyosiy tahlili:

Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin