Kurs ishi ilmiy rahbar: Fizika kafedrasi o’qituvchisi O. Dehqonova Mundarija. Kirish i-bob. Fizika o’qitishda innovatsion usullar



Yüklə 119 Kb.
səhifə4/10
tarix11.06.2022
ölçüsü119 Kb.
#61256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5265145449764885140

1.Kichik guruhlarda ishlash. Kichik guruhlarda ishlash asosan alohida masalalar yo’zasidan o’z fikrini ishlab chiqqan holda uni guruhda muhokama qilishga va har xil fikrlar asosida mushtarak nuqtai nazarga kelishga o’rgatadi.
2.Aqliy hujum. Sinfdagi har bir o’quvchiga o’qituvchi qo’ygan savol yoki muammo yo’zasidan o’z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o’quv usuli. Usul moxiyati «bir kalla yaxshi, yigirma beshtasi undan yaxshi» prinsipi bo’yicha o’qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yo’zasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantini bir yerga jamlay olishda bo’lib, istisno tariqasida bilim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan, to’g’ri bo’lgan javob o’rganiladi.
3. Har kim har kimga o’rgatadi. Har kim har kimga o’rgatadi usuli o’quvchilarga o’rgatuvchiga aylanish, ma’lum bilimlarni o’zlashtirgach, o’rtoqlari bilan baham ko’rish imkonini beruvchi o’qitish usulidir.
4. Modifikatsiyalangan ma’ruza. Bu o’qitish usulida o’qituvchi mavzu mazmunini og’zaki nutq orqali o’quvchilarga yetkazadi. Ammo an’anaviy ma’ruzadan farqli o’laroq, o’qituvchi va o’quvchi orasida faol muloqot bo’ladi.
5. Bingo. Bu so’rash va takrorlash usullaridan biri bo’lib, o’quvchilar diqqatini, tafakkurini, bilimdonligini aniqlaydi.
6. Klaster (Tarmoqlar usuli). Bu fikrlarning tarmoqlanishi, ya’ni pedagogik strategiya bo’lib, u biror mavzuni chuqur o’rganishga yordam beradi, mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda, o’zviy ketma-ketlikda tarmoqlashga o’rgatadi. Bu usul mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o’tilgan mavzuni yaxshi o’zlashtirish, mustahkamlash, umumlashtirish hamda shu mavzu bo’yicha o’quvchilar tasavvurini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
7. Fikrlay olasanmi?. Bunda o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish maqsadida qiziqarli fizikaviy o’yin o’tkaziladi.
8. Skarabey. O’zaro faol usul bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog’liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkon yaratadi, muammoni xal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi.
Zamon shiddat bilan o’zgarib borar ekan, ta`lim sohasi ham u bilan barobar o’zgaradi va o’qituvchidan o’z faoliyatini o’zgartirishni talab etadi. Bugun o’qituvchining asosiy vazifasi faqat ta`lim berishgina emas, balki boshqaruvchilikdan iborat bo’lib, u ta`lim jarayonini to’g’ri tashkil qilishi va boshqarishi talab etilmoqda.
Innovatsion faoliyat o’qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat bo’lib, u shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir.

Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin