Kurs ishi mavzu: mustaqillik davrida sozandalik san’ati bajardi


Mustaqillik yillari amaliy san’at rivoji



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə3/8
tarix17.05.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#115266
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi yuzi rano ustoz tayyor

1.2 Mustaqillik yillari amaliy san’at rivoji.

О‘zbekiston fuqarolari Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bо‘ldilar. Qur’oni Karim va xadislar chop etildi. Mamlakatimizda о‘zbek tiliga davlat maqomi berildi. Ma’naviyat va madaniyatimizni rivojlantirish yо‘lida qо‘yilgan muhim qadamlardan biri 1994 yilda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining tashkil etilishi bо‘ldi. 1999 yilda Toshkentda «Hotira va Qadrlash kuni» munosabati bilan Mustaqillik maydonida «Xotira obidasi», 2005 yil dekabrida «Mustaqillik va Ezgulik» monumenti, 2000 yilda Yunusobod tumani hududida «Shahidlar xotirasi» maydoni majmui yaratildi. Bu ishlarning barchasiga mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov bosh-qosh bо‘lmoqda. О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan sо‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tabor berildi.


О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 iyuldagi Farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fanni rivojlantarishni davlat tomoni­dan qо‘llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida»gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirshida katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Shu yili respublika Vazirlar Mahkamasi xuzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etilishi munosabati bilan Fanlar akademiyasining mavqei ortdi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 iyuldagi Farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fanni rivojlantarishni davlat tomoni­dan qо‘llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida»gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirshida katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Shu yili respublika Vazirlar Mahkamasi xuzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etilishi munosabati bilan Fanlar akademiyasining mavqei ortdi. Hozirgi kunda О‘zbekiston Fanlar akademiyasi bozor iqdisodiyoti sharoitida fan va texnika, madaniyat va ma’rifat sohasida chuqur va amaliy tadqiqotlarning samarali olib borilishiga asosiy e’tiborni qaratib, 11 ta ilmiy jurnal nashr etmoqda. Ta’lim sohasida ham katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1997 yilda «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayerlash milliy dasturi» hamda «2004 — 2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» qabul qilindi. Mil­liy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy-madaniy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat. Uni bajarish esa umumdavlat, umummillat ishiga aylandi. Isge’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda о‘qishni qо‘llab-quvvatlash maqsadida «Sog‘lom avlod uchun», «Res­publika bolalar fondi», «Ulug‘bek», «Istedod» jamg‘armalari tashkil topdi. Madaniyat sohasidagi tub о‘zgarishlar, avvalo, teatr san’ata, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol kо‘zga tashlanadi. Mustaqillik yillarida “Turkiston” saroyi, «Milliy teatr», Davlat konservatoriyasining yangi binolarining ochilishi, «О‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi», «Xalq amaliy san’ati muzeyi»ning qayta jihozlanishi bu sohaga bо‘lgan e’tiborning oshganidan dalolatdir.
Ayni paytda о‘zbek milliy teatr san’ati rivojlanish va takomillashish jarayonni boshdan kechirmoqda. Respublikada musiqa va raqs san’atini rivojlantirish maqsadida «О‘zbekiston — Vatanim manim», «Ofarin», «Nihol» qо‘rik tanlovlari, an’anaviy «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivallarining tashkil etilishi ayni muddao bо‘ldi. Bu sohada kо‘plab yosh ijodiy guruhlarning tuzilishi va ular faoliyatini istiqlol sharofatidan deb bilish darkor. Bugun milliy-an’anaviy qо‘shiqchiligimiz bilan milliy estrada san’ati ham tabora rivojlanmoqda.Mustaqillik о‘zbek adabiyoti rivojida, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Endi adabiyotga kom­munistik partiyaviylik, sinfiylik singari prinsiplar nuqtai nazaridan qarashlarga barham berildi. Yangi ilmiy va badiiy meyorlarga о‘tish boshlandi.
Mumtoz adabiyotga munosabatda diniy adabiyot, feodal-klerikal adabiyot, saroy adabiyoti deyilgan tushuncha va millat adabiyotinint reaksion va progressiv deb ikkiga bо‘linib о‘rganishdek metodologik xato nazariyalarga chek qо‘yildi. Mustaqqillik davri adabiyoti ayni jamiyat yangilanayottan, hayot yangicha mazmun kasb egayotgan bir paytda ozod sо‘z, fikr va ozod inson taqdiri bilan bog‘liq bо‘lgan murakkab hodisani qamrab oldi. Milliy istiqlol adabiyoti shakllanishida badiiy publitsistika о‘z imkoniyaglarini kо‘rsata bildi. Shuningdek, ushbu adabiyotning shakl­lanishida B.Ahmedovning «Amir Temur», T.Malikning «Shaytanat» romanlari, E.Vohidov, O.Matjon, A.Oripov, O.Dojiyeva, U.Doshimov, SH.Holmirzayev, Tog‘ay Murod, X.Dustmuxammad, О‘.Xoshimov, M.Yusuf singari shoir va adiblarning badiiy, barkamol asarlari muhim hissa bо‘lib qо‘shildi. О‘qituvchi mustaqqillik sharofati bilan haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, tasviriy san’at, raqs va kino san’atida ham ijobiy о‘zgarishlar yuz berib, davr bilan hamnafas, an’anaviy va zamonaviy usullar uyg‘unlashgan yetuk asarlar yaratilayotgani haqida qisqacha tо‘xtalib о‘tishi lozim. Yosh iste’dodlarni tarbiyalash, milliy tasviriy, amaliy, mini­atyura san’atimizning noyob an’analarini boyitish, dunyoga tanitish maqsadida tashkil etilgan О‘zbekistan Badiiy akademiyasi bu borada jidsiy faoliyat kо‘rsatmoqda. Masalan, Badiiy akademiyaning a’zolari tomonidan katta mahorat bilan ishlangan sohibqiron Amir Temur, Ahmad al-Farg‘oniy, Jaloliddin Manguberdi, Alpomish kabi haykaltaroshlik san’atining gо‘zal namunalari xalqimiz milliy g‘ururi, iftixorini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Sо‘nggi yillarda yosh rassomlar G‘apb tasviriy san’atini puxta о‘rganib, avangardizm, modernizm yо‘nalishlarida samarali ijod qilmoqdalar. Albatta, bu milliylik nazardan soqit qilindi, degan gap emas. Tasviriy san’at milliylik о‘zanida zamonaga moslanmoqda. Arxitektura va qurilish sohasida Sharq va Fapb me’morchiligi uyg‘unlashgan О‘zbekiston Oliy Majlisi, Oq Saroy, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolarini, Toshkentning Chorsu bozori maydoni atrofidagi bino va inshootlarni misol tariqasida qо‘rsatib о‘tish muhim. Kino san’ati ustalari ham, mustabidlik va mustaqillik davrining mohiyatiga badiiyat vositasi bilan ochib berish yо‘lida tinmay izlanmoqdalar. Sо‘nggi yillarda ular tomonidan yaratilgan «Otamdan qolgan dalalar», «Kichkina tabib», «Vois», “Vatan”, “Shaytanat” kabi badiiy filmlar tomoshabinlarga manzur bо‘ldi. Milliy-madaniy merosimizni о‘rganish, an’analarimizni saqlash va rivojlantirish, allomalarimiz, fidoyi ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning asarlarini yosh avlodga tanishtirish yо‘lida «Oltin meros», «Amir Temur», «Ulug‘bek», «Shahidlar xotirasi», «О‘zbek muzey» kabi bir qator jamg‘armalar barakali faoliyat kо‘rsatib kelmoqdalar. Bu yо‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari ham muhim rol о‘ynaydi.
Bugungi kunda matbuot, televideniye, radio faoliyatini yanada erkinlashtirish bilan tele-radio industriya bozorini rivojlantirish, tijorat va xududiy nodavlat tele-radiostudiyalarning faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Xulosa qilganda, О‘zbekiston о‘zining qisqa vaqtidagi mustaqillik yillari davomida iqdisodiy-ijtimoiy sohadagi yutuqlari bilan bir qatorda, mafkuraviy-ma’naviy, madaniy ishlarga e’tiborini kuchaytirib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida о‘z nufuzi va obrо‘sini yuqori kо‘tarmoqda.
O`zbеkiston tasviriy dastgoh san'ati juda qisqa vaqtda rivojlanmb, katta yutuqilarga erishdi. O`zbеkiston sam'ati zafarli yo`lni bosib o`tdi. Rеspublikamiz rassomlari ko’pgina ko`rgazmalarda faol ishtirok etib, san'atimiz ta'sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko’pgina janrlarda ijod qilib kеlmokdalar, manzara, natyurmort, portrеt va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning tulib toshgan noz-nе'matlarini, manzara janrida esa, ulkamizning go`zalligini va bеpoyonligini, oddiy tabiat kurinishidagi go`zallikni tulakrnli ifodalashga harakat kilmoklar. Shu bilan birga kdtsimdan qolgan butun dunyoga tanikli ajibmе'morchilikning nodir yodgorliklarini o`z asarlarida ko’rsatdilar. Portrеt janrida esa Vatanimizning ilg’or kishilarini, mеxnatkash xalq,ni, shoir, rassom, musikdchilarni tasvirladilar. Bizning O`zbеkiston Vatanimiz ajoyib istе'dodli rassom va haykaltaroshlarni еtkazib berdi. Bo`lar ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Axmarov, Malik Nabiеv, Mannoy Saidov, Damir Ro`ziboеv, Ilxrm Jabborov, Javlon Umarbеkov, Baxodir Jalolov, Alishyer Mirzaеv, Akmal Ikromjonov, Nе'mat Xakimov, Osimxon Vosixonov, Tеmur Sa'dullaеv, Rofur Abduraxmonovlar aloxida mavkеga ega. O`zbеkiston xal q rassomi Alishyer Mirzaеv rangtasvir ustasi xalq,imiz an'analariga, boy va syermazmun o’tmish tasviriy san'at myerosiga xurmat bilan qaraydi. Rassom o`z xalqyaga xos psixologik kеchinmalarni chuqur taxlil kila oladi. Rassom ona-tabiat bagrida o`zbеkona an'analarni, to`ylarni, bеgubor o`zbеk bolalarini, lobar kizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo`ldi. Jumladan, "Toshkеnt - tinchlik va do`stlik shaxri" triptixi, "Bola xonada", "Intizorlik", "Yosh oila haqida qo`sh i q" kabi o`nlab asarlar moybo`yoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo`layotgan o`zgarishlarni e'tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday jon bag`ishlaydiki, undagi go`zallik sirlari odamlarni ezgulikka еtaklaydi. Rassom asarlari bugungi kunda xalq,imiz xurmatini qozonish bilan birga, ko’pgina xorijiy davlatlarda hamma'lum va mashxurdir Bahodir Jalolov ham O`zbеkiston xalq, rassomi bo`lib, zamonaviy rangtasvir san'ati rivojiga katta hissa qo`shib kеlayotgan istе'dodli rassomlardan biridir. B.Jalolov tasviriy san'at borasidagi tahsilni davom egtirib, kеyinchalyk Ch.Ahmarov, R.Choriеv, Е.P.Mеlnikov, B.D.Korolyovlardan tasviriy san'at sirlarini o`rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portrеtlarda yuksak maxorat aniq ko`zga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg`ular uyg`unligi tomoshabinni o`ziga maxliyo etib quyadi. U portrеt san'atida ; ko’p yutuqlarga erishdi. Uning tulaqonli asarlarida o`zbеk xzlkining sеvimli farzandlari siymosi o`z ifodasini topgan. U bir katta syeriya portrеtlarni yaratadi, bo`lar ichida akadеmyklar, rassom va boshqa taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari o`zgacha talqin etiladi. Bunga, "Gul va Rayxon afsonasi", "Nido", "Baxt qushi", "Abadiy va navqiron Hindiston", "XXI asr Madonnasi" kabi ko’plab asarlarini misol qilib kеltirish mumkin. Mustaqil O`zbеkiston tarixiga bag`ishlangan O`zbеkiston xalqlari tarixiy muzеyi dеvoriga ishlangan monumеntal ko`ri- nishdagi surat jiddiy va mazmunli tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e'tiborini o`ziga jalb qila oladi. Polotnoni ko`zatgan tomoshabin boy tarix saxifalariga ega bo`lgan o`zbеk xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. B.Jalolov ijodi shu jixati bilan qadrlidir. Haykaltaroshlik san'atining ulkamiz xududidagi zamonaviy jihatlarini ijodkor Damir Ro`ziboеv faoliyatida yaqqol ko`rish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san'ati bilan shug`ullangan D. Ro`ziboеv haykataroshlik olamiga asoan 60 yillarda kirib kеldi. San'atkor ijodida shakl va hajmlarning o`ziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvir- lanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va kеng qamrov- ligidan ham yaqqol sеzish mumkin. Uning bir qancha haykal- larida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kеlamiz. Shu bilan birga u portrеt janrida ham ijod qiladi. San'atshunos olim R.Toqdash obrazi, rassom V.Savitskiy va Saiyda portrеtlarida zamondoshlarimiz obrazlari tulaqonli o`z ifodasini topgan. D.Ro`ziboеv haykaltaroshlik san'atida katta bir maktabni o`tab kеlayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy. Buni biz san'atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san'atining yo`zaga kеlganligi orqali guvoҳi bo`lishimiz mumkin. Ro`ziboеv haykallaridagi shakl va hajmlarga bo`yoq berish bilan ularning sеhirli olamini yanada mo'jizali qila oladi. San'atkor bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqеani rangin sirlarini matolarda yanada to`ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro`ziboеvning izlanishlari kеlajak muammolarini talqin qil- ishga qaratilgan. San'atkor ko’tarinki ruh bilan musiqa,rang- tasvir asarlarini o`rganib, o`z haykallarida mujassamlashga intiladi. Hykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri uning asarlarida hissiy mazmundorlik boyib borayotganligidadir. Ana shunday mazmundorlik orqali u inson ma'naviyatini tobora tularoq qamrab ifodalashga harakat qiladi. O`zbеkiston tasviriy san'ati tarixi - jahon tasviriy san'ati tarixining ajralmas qismidir. O`zbеkiston san'ati boy myerosga ega. Xozirgi za- monda esa bizning rassomlarimiz va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo`lib qolgan.Dekorativ-amaliy san'atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kеlgan. Ustalarimiz ijodi nafakatgina mustaqil O`zbеkistonda, balki boshqa mam- lakatlarda ham o`z obru-e'tiboriga ega. O’zbekistonda yangi ma’naviy-g’oyaviy yo’nalishlarining shakllanishi o’z navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish g’oyalari, yangilanish tamoyillari me’morlik, tasviriy va amaliy san’at sohalarida yaqqol namoyon bo’lmoqda. 90-yillarda mahobatli va landshaftli haykaltaroshlik, devoriy rangtasvir va vitraj, mozaika va me’morlik bilan uzviy bog’liq mahobatli bezak san’atining boshqa turlari turar-joy muhiti estetikasi shakllanishiga salmoqli hissasini qo’shdi. SHu davrda barpo etilgan yirik inshootlar mahobatli rangtasvirchilarning faol ishtirokida bunyod bo’ldi. Misol tariqasida Toshkentdagi «Turkiston» saroyi (devoriy suratlar, vitraj, bezakli haykaltaroshlik, sopolli pannolar), Biznes-tsentr va Interkontinental mehmonhonasi (devoriy suratlar, bezakli plastika), «Meridian» va «SHeraton» mehmonxonalari (devoriy suratlar, koshinlar, bezakli plastika), Temuriylar tarixi Davlat muzeyi (devoriy suratlar, badiiy shisha, sopol plitkalar), Toshkent shahri hokimiyati binosi va Oliy majlis binosi (devoriy suratlar, koshinlar, badiiy shisha), Olimpiya sporti muzeyi, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi «Afrosiyob», «Buxoro» mehmonxonalari hamda poytaxt va respublikaning boshqa shaharlaridagi zamonaviy me’moriy inshootlarni keltirish mumkin. Mazkur davrda san’atkor B.Jalolov bir qator ahamiyatli asarlarni yaratdi. SHuningdek, yosh iste’dodli musavvir A.Aliqulov boshchiligidagi ijodiy guruh yaratgan tarixiy xarakterdagi muhabbatli pannolar ham yuksak badiiyati va ijro mahorati bilan ajralib turadi. Samarqandlik musavvirlar tomonidan ham turli inshootlar uchun qiziqarli devoriy rasmlar turkumi yaratildi Mustaqillikning ilk yodgorliklaridan biri Toshkent markazidagi xiyobonda o’rnatilgan Amir Temurning otliq haykali (I.Jabborov, K.Jabborov, 1993) bo’lib, Samarqand va SHahrisabzda ham (haykaltarosh I.Jabborov, K.Jabborov, 1996) sohibqironga haykallar barpo etilgan. Xuddi shu davrda o’tmishda yashab o’tgan buyuk allomalar, davlat va din arboblari, shoirlar va musavvirlar timsolini muhrlagan qator yodgorliklar qad ko’tardi. Ular orasida o’rta asrlarda yashab o’tgan buyuk alloma al-Farg’oniyga Farg’ona (1998) va Quva (1998) shaharlarida, milliy qahramon Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda (1999), ulug’ xadisnavis imom al-Buxoriyga Samarqandda (1998), Toshkentning mustaqillik maydonida «Motamsaro Ona» majmuasi, «SHahidlar xotirasi» me’moriy yodgorliklari (2000) qad ko’tardi. Alpomishga Termizda xaykaltaroshlik majmua-kompozitsiyasi yaratildi (A.Rahma-tullaev, Q.Norxo’rozov, U.Mardiev, T.Podosinnikov, 1998). O’zbekiston haykaltaroshlari yaratgan Belgiyaning Kortreyk shahrida Abu Ali ibn Sino haykali tantanali ravishda ochildi. Dastgohli haykaltaroshlilik ancha jonlanganligini ko’ramiz. D.Ro’ziboev, T.Tojixo’jaev, I.Jabborov, R.Avakyan, M.Borodi-na, R.Mirtojievlar ijodida shakl, rang bilan bir o’rinda xaykaltaroshlikka xos bo’lmagan materiallarni samarali ravishda qo’llash ustida ijodiy tajribalar davom etmoqda. Grafikada an’anaviy texnologiya bilan bir qatorda ifoda etishning avangard vositalarini faol izlash jadallashdi. (E.Ishoqov, V.Apuxtin, M.Kagarov, M.Sodiqov, L.Zufariy, L.Tio-ra). XX asrda O’zbekistonda kuchli rangtasvir maktabi shakllandi. Ayni paytda ularning avvalgi davrlar ko’rsatish mumkin bo’lmagan o’z falsafiy qarashlarini ifoda etish imkoniyati, davrlarning aloqadorligini ko’rsatish, tarixiy xotirani parchalab bo’lmasligini isbotlashga intilishlari ko’zga tashlana boshladi. Rangtasvirning zamonaviy falsafiy plastik tizimi 80-yillarda Tamal toshi qo’yilgan qochirimli-razmli uslub rivoji jadallashdi. 90-yillar rasngtasvir san’ati o’tish davriga xos bo’lgan turli tuman uslublar ko’lamining kengligi bilan farqlanadi. Bu ko’lamda akademik realzm, dekorativizm va milliy-romantizm (ko’p hollarda miniatyura talqini ohanglarida) qiyofasiz rangtasvir, instalyatsiya yechimi tarzidagi avangardizm yonma-yon mavjuddir. Bu ko’p jihatdan ijodiy dunyoqarashning kengayishi va teranlashuvi, mualliflarning belgilangan qoliplar chegarasidan chiqishga intilishi bilan izohlanadi. 1997 yilda O’zbekiston Badiiy Akademiyasining tashkil etilishi Respublika madaniy hayotida muhim voqea bo’ldi. Uning faoliyati badiiy ta’lim, ko’rgazma ishlarini takomillashtirish va badiiy merosni hamda zamonaviy san’atni targ’ib qilish istiqbolini ta’minlashga yo’naltirilgan. Akademiklar orasida ustoz rassomlar- fahriy akademiklar R.Ahmedov, A.Abdullaev, N.Qo’ziboev, M.Saidov, R.CHoriev, M.Nabiev hamda haqiqiy a’zolari – V.Burmakin, A.Ikromjonov, T.Qo’ziev, T.Mirjalilov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Mirzaev, J.Izintaev, L.Ibragimov, B.Boboev, Y.Tursunnazarov, S.Abdullaev, A.Nur va boshqalar bor. Turli avlod rassomlaridan iborat akademiklar tarkibi ramziy ma’noda mamlakat tasviriy san’atining XX asrda bosib o’tgan turli xil uslubiy yo’nalishlarini, o’ziga xos taraqqiyot yo’lini ifoda etdi.
XX asrga kelib ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar o’zaro borishi bilan bog’liq hodisa xalq ustalarining kamayishiga, hunarmandchilik buyumlarining iste’moldan chiqishiga olib kelsada, amaliy bezak san’ati an’analari sanoqli ustalar ijodida o’zining mualliflik va kasbiy mahorati darajasini saqlab qoldi.
O’zbekiston Mustaqillikka erishgandan so’ng an’anaviy hunarmandchilik taqdiri tubdan o’zgardi va xalq san’ati rivoji tubdan o’zgardi.
Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy bezak san’ati rivojida O’zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan imzolangan «Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilikning kelgusidagi rivojini davlat tomonidan qo’llay-quvvatlash tadbirlari to’g’risida»gi farmoni joriy etildi. Bu farmonga muvofiq, uy sharoitida yuksak saviyadagi badiiy buyumlar ishlab chiqarayotgan xalq ustalariga joylardagi hokimlarning amaliy yordamlari muhim vazifalardan biri sifatida ko’rsatiladi. Xalq ustalarining ijtimoiy huquqiy maqomi ham sezilarli darajada o’zgardi. Bir qator xalq ustalari Badiiy Akademiya akademigi degan sharafli unvonga sazovor bo’ldi. Ganch o’ymakorligi ustalari Mahmud Usmonov va Abduraxim Umarov, kulollar SHarif Azimov, Hudayberdi Haqberdiev (Samarqand), SHarofiddin Yusupov (Rishton), Botir Boltaboev (Xiva), Akbar Hakimov (Toshkent), SHahnoza Mo’’minova (Toshkent), miniatyurachi rassomlar Niyozali Xolmatov va SHomahmud Muhammadjonov, Naqqosh Saidmahmud Mahmudovlar shular jumlasidandir. «O’zbekiston Respublikasi xalq ustasi» ta’sis etilib, unga birinchi bo’lib. Zargar Fashiddin Dadamuxamedov sazovor bo’ldi.
Haykaltaroshlikda yaratilgan asarlarda yangi g’oyaviy-mafkuraviy muhit ta’siri, milliy hamda tarixiy mavzular ustivorligi o’z aksini topdi va yirik badiiy yodgorlik haykallar barpo etildi.
Milliy bog’ning eng so’lim go’shasidan o’rin olgan Alisher Navoiy yodgorligida (E.Aliev, N.Bandeladze, V.Degtyarov. 1991) esa, sharqona yaratilganligi bilan ajralib turadi. Bronzadan yasalgan haykalda fozillik alomatlari o’z ifodasini topgan. Ramziy ma’noda barpo etilgan me’mor detal esa, shoirning mahobatli qiyofasini yanada jonlantiradi. Haykal ishlanish uslubiga ko’ra umumlashma tarzda amalga oshirilgan. Ya’ni, mayda detallar faqat ko’krakdan tepa qismida, liboslar harakterida va yuz qiyofasida qo’llanilgan. SHoirning o’ng qo’lida xassa bilan tasvirlanishi dinamik xarakatni yuzaga keltiradi. Birgina ushbu detal orqali haykaltaroshlar turli ma’nolarni ochib berishga harakat qilganlar. Toshkentning gavjum hiyoboniga o’rnatilgan Sohibqiron Amir Temurning mahobatli otliq haykali badiiyligi bilan ajralib turadi (I.Jabborov, K.Jabborov, 1993 yil). Realistik uslubda ishlangan mazkur monumentda kuchli plastik harakterlar ko’zga tashlanadi. Amir Temurning jo’shqin ichki hissiyoti otning biroz badiiylashtirilgan ko’rinishi bilan birlashib, uning kompozitsion tuzilishini mukammallashtiradi. Haykal shaklan betakror va mayda bezakli unsurlar bilan boyitilgan. Temurning bu otliq xaykali 2 metrli takkursiga o’rnatilgan bo’lib, uning «kuch adolatdadir» hikmati bitilgan. I.Jabborov mazkur asarini «Yurtga qaytish», «Pandnasihat» g’oyalari asosida yaratilganligini ta’kidlaydi. Monumentda go’yoki dushmanlarni yengib jang maydonidan poytaxtga kirib kelgan Sohibqiron fuqarolarga bundan buyon davlat xavf-xatardan xoli bo’lgani, tinchlik va farovon hayot bo’lajagini e’lon qilayotgandek tasvirlagan. Sohibqironning ruhiy holati yuzida, undagi imoda yaxshi ifodalangan.


Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin