Kurs ishi mavzu: mustaqillik davrida sozandalik san’ati bajardi


SAN'ATNING KELIB CHIQISHI VA TARAQQIYOTI



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə6/8
tarix17.05.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#115266
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi yuzi rano ustoz tayyor

3. SAN'ATNING KELIB CHIQISHI VA TARAQQIYOTI
3.1.San’at turlari va ularning o’zaro aloqadorligi
San’at – estetik faoliyatning o’ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko’zgu. Sehri shundaki, san’at asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini, ham o’z dunyosini qadriyatlar prizmasi orqali ko’radi; o’zining qandayligini va qayerdaligini, yutuqlarini va nuqsonlarini, aqlni va hissiyotlarni aniqlashtirib oladi. Uning estetik mohiyati makon va zamondagi voqelik vositasida go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgilik, xunuklik, tubanlik va boshqa estetik xususiyatlarni in’ikos ettirishi hamda ularni baholashi bilan belgilanadi. San’at qadriyatlarning qadrlanishini va qadrsizlangan qadriyatlarni ko’rsatib beradi, bir odam yoki bir nechaodam timsolida odam bilan olamning yaxlit, umumlashgan qiyofasini yaratadi, ularning uyg’unligini ta’minlaydi. U kishini yashashga o’rgatadi, go’zallikka da’vat etadi, ma’naviy yuksaltiradi. Shu sababli insoniyat tarixida san’atsiz yashab o’tilgan birorta ham davr yo’q.Faylasuf-nafosatshunoslar o’rtasida san’atning kelib chiqishi muhim muammolardan bo’lib kelgan. San’atning kelib chiqishi deganda ko’pchilik g’orlarning tosh davrlariga ibtidoiy davrlarda chizilgan ov manzalari va ov hayvonlarining tasvirini nazarda tutadi. Vaholanki, gap bu yerda san’atning qanday paydo bo’lganligi emas, balki nimadan paydo bo’lganligi to’g’risida borishi kerak. Ba’zilar uni taqliddan, bosh: erotik hissiyotlardan, kimlardir o’yindan, kimdir mehnatdan kelib chiqqan deb hisoblaydilar . Bunday nazariyalar va konsepsiyalar anchagina, lekin ular orasidagi ikkitasining tarafdorlari ko’pchilikni tashkil etadi. Ularda biri –insonni hayvonlik darajasidan odamlik pog’onasiga ko’targan narsa mehnat, san’at ham mehnatdan, insonning olamni o’zgartirishga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan, san’at faqat ijtimoiy hodisa degan moddiyatchilar ilgari surgan qarash. Ikkinchisi- san’at insonga berilgan ilohiy zavqning, ma’naviy olamning o’yin orqali namoyon bo’lishi, degan ma’naviyatchilar nazariyasi. Biz ana shu ikkinchi qarash tarafdorimiz Buning sababi shuki, mehnat, qanchalik qadrlamaylik, qanchalik sharaflamaylik, u- majburiyat bilan bog’liq, maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy hodisa, o’yin esa har qanday majburuyatdan yiroq, maqsadga muvofiqlik bilan shartlanadigan individual-ijtimoiy hodisa. Demak, mehnat-zaruriyat, o’yin- erkinlik. Inson mohiyatan erkin va erkinlikka intilib yashaydigan mavjudod sifatida o’z erkinligini eng avvalo o’yinda namoyon qiladi. O’yinsiz insonning yashashi mukin emas, u siz inson hayoti jahannam. Bu o’rinda yana bir bor Shillerning mashhur fikrini keltirish o’rinli: “Inson faqat tom ma’noda inson bo’lgandagina o’ynaydi va o’ynayotgan paytdagina to’liq insonga aylanadi”. Shuni aytish kerakki, hayvonot olamidagi o’yinning insoniyat jamiyatidagi o’yindan farqi bor.. Insonning o’yini esa, ma’naviy hodisa, to’g’rirog’i, ijtimoiylashgan ma’naviyat, u eng avvalo estetik ehtiyojni qondirishga qaratilgan. O’yinning inson hayotidagi barcha sohalarda ishtirok etishini, uning rang – barangligi, qamrovligi, universalligini va erkinlik bilan bog’liqligini o’zbek tilidagi “ o’yini o’zagidan yasalgan so’zlarining ko’pma’noliligidan ham ko’rishimiz mumkin. Shu o’zakdan yasalgan so’z va iboralardan bir nechasini keltiramiz: shaxmat o’yini; so’z o’yini; “ siyosatchining” o’yini, aktyor o’yini; “ o’rtaga chiqib o’ynab ketdi”, “yuragi o’ynab ketdi”, “ko’zi o’ynab ketdi”, “dorbozlar yaxshi o’yin ko’rsatadi”, “ Salim kechagi to’yda toza o’yin ko’rsatdi” va hk. San’at va axloq. Bu ikki ma’naviy hodisa shu qadar mustahkam aloqadaki, biri ikkinchisining ishtirokisiz to’laqonli mavjud bo’lolmaydi. Har ikkalasini ham insonshunoslik deb atash mumkin, faqat ular anatomiya kabi odam a’zolarini emas, inson axloqiy-estetik-ruhiy muruxxatlarini, ya’ni uning ezgulik va go’zallikka, yozuvlik va xunuklikka munosabatini aks ettiradi, o’rganadi. Shu sababli axloqdan tashqari san’atning mavjudligi mumkin emas, ayni paytda san’atsiz axloq targ’ibotdan mahrum bo’lib qoladi va faollik xususiyatini yo’qotadi. Zero, san’atning azaliy va abadiy bosh mavzusi ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi kurashdir, boshqa barcha insoniy muammolarning o’rtaga tashlanishi va hal etilishi badiiy asarda ana shu mavzuning ochib berilishi uchun yordamchi vazifasini o’taydi.
San’at va din. San’at, avvalo, axloqiylikni targ’ib etish nuqtayi nazaridan din bilan bog’liq. Buni barcha umujahoniy dinlar uchun so’ng maqsad-yuksak axloq egasi bo’lmish komil insonni, solih bandani tarbiyalash ekanida ko’rsa bo’ladi. Zero, juda ko’p diniy tushunchalar axloqiy ma’noga, axloqiy tushunchalar esa diniy ma’noga ega. M., imon, diyonat, halollik, poklik, muhabbat, vijdon kabi tushunchalar har ikki ma’naviy hodisaga ham tegishlidir. Ayni paytda din ezgulik, muruvvat, shafqat, jo’mardlik, rostgo’ylik vatanparvarlik kabi axloqiy fazilatlarni targ’ib qiladi va qotillik, o’g’rilik, poraxo’rlik, xiyonat, yolg’onchilik singari illatlarni taqiqlaydi. Bularning hammasi asarda o’z ifodasini topar ekan, birvarakay uch yoqlama-din, axloq va san’at aloqadorligi vujudga keladi. San’at va texnika. So’ngi paytlarda san’at bilan texnikaning o’zaro aloqalari tobora mustahkamlanib, kengayib bormoqda. U deyarli hamma san’at turlariga “ kerak bo’lyapti”. Teatrdagi aylanadigan sahna, musiqadagi kliplar, fonogrammalar, elektron cholg’u-asboblar, kitob nashridagi texnik quvvatlar, yozuvchilarning komputer vositasida ishlashlari, audio va video yozuvlar va hokozo bunga misol bo’la oladi. Bularning hammasi badiiy asarni idrok etuvchiga qulayroq shaklda yetkazib berish orqali texnika san’at targ’iboti va rivojiga katta xissa qo’shayotganini ko’rsatadi. Demak, texnikaviy ravnaq tufayli san’at turlari takomillashib bormoqda. Bundan tashqari, yana eng muhimi shundaki, bu ravnaq yangi- “ texnikaviy” san’at turlarining paydo bo’lishiga olib kelmoqda. Badiiy su’ratkashlik, kino va televideniye ana shunday san’at turlaridir. Bir so’z bilan aytganda, texnika san’at uchun beminnat xizmatkor vazifasini o’tamoqda va o’zi ham asta- sekin san’atning “parda ortidagi” uzviy qismiga aylanib bormoqda.
San’at va mehnat. Ma’lumki, mehnat insonning maqsadga muvofiq tarzda aql yoki kuch vositasida amalga oshiriladigan faoliyati. Ibtidoiy davrlarda mehnat asosan majburiylik tabiatiga ega bo’lgan: Qadimgi odam qorin to’ydirish uchun ko’p va og’ir mehnat qilgani bizga yaxshi ma’lum. Keyinchalik ish qurollarining takomillashuvi, yangidan yangi ishlab chiqarish vositalarining vujudga kelishi mehnatni muayyan kasblar bo’yicha bo’linishiga olib keldi. Fan-texnika taraqqiy topgan hozirgi davrda odamlar asosan muayyan kasbiy tayyorgarlikdan keyin mehnat faoliyatini boshlaydilar. Mehnat ibtidoiy davrlarda ish qurollarini bezashdan boshlab, bugungi kundagi dizayngacha san’at bilan yonma-yon keladi. Ishlab chiqarish makoni, vositalari va jarayonlarining go’zallashib borishi mehnatni insondan, insoniylikdan naridagi faoliyat emas, balki ichki ehtiyojga, ma’naviy hodisaga aylanib borayotganligini bildiradi. Ana shu yaratish ehtiyoji mehnatni nafaqat ijtimoiy, balki estetik ehtiyoj darajasida ham ko’taradi.
Mehnatning ana shu ijodiylik, bunyodkorlik xususiyatlari san’atda o’z aksini topib kelgan. Mehnat va mehnatkashlik ulug’langan badiiy asarlarni barcha san’at turlarida uchratishimiz mumkin. Hozir ham barcha san’at turlarida mehnat- baxt manbai, mehnatsevarlik- yuksak axloqiylik tarzida in’ikos ettiriladi. Bu mehnatning san’at bilan bilvosita bog’liqligi, ularning bevosita aloqadorligi ham mavjud. San’atkorning mehnati bunga yaqqol misol bo’la oladi.M., Shukur Burxon ijro etgan “Shoh Edip” spektakilidagi Edip roli buyuk aktyorning ulkan iste’dodli bilan birga juda katta mehnatining ham masulidir. San’at va siyosat. San’at bilan siyosat o’rtasidagi aloqalar o’ziga xos murakkab, ba’zan ko’zga yaqqol tashlanmaydigan tarzda, ba’zan yaqqol bo’rtib namoyon bo’ladi. Lekin barcha zamonlarda ham ular o’zaro aloqa qilib kelgan. Chunki, san’at ijtimoiy- estetik hodisa sifatida har qanday voqelikni in’ikos ettirar ekan, undagi siyosiy qarashlarini, kurashlarni bir chetga surib qo’ya olmaydi . Siyosat esa o’ziga mos keladigan qarashlarnigina san’at tomonidan ustivor tarzda aks ettirishni xohlaydi va shu bois uni, dinga o’xshab, o’ziga bo’ysundirishga intiladi. Bunda u o’zining “suyangan tog’i” bo’lmish mafkuradan foydalanadi, san’atni iloji boricha mafkuraviylashtirishga harakat qiladi, bu harakat ba’zan zo’ravonlik bilan, ijodkorlarni majburlash, ulardan siyosiy shoirlarni badiiylashtirish asosida asar yaratishni talab qilish orqali amalga oshiriladi. Ayni paytda san’at demokratik davlat siyosatini, umuminsoniy va milliy ma’naviy qadriyatlarga asoslangan mafkurani targ’ib etadi, vatanparvarlik, qahramonlik, fidoyilik g’oyalarini ilgari suradi, lozim bo’lsa, jangovarlik kasb etadi. San’at tarixida muayyan g’oyalarni, ayniqsa umumbashariylikni inkor qilmaydigan milliy g’oyani ifodalamagan san’at asari kam topiladi.Shunday qilib, san’at va siyosat bir- birining ishiga aralashmay rosmana mavjud bo’lolmaydi. Lekin bu aralashuv hech qachon bir tomondan- zo’ravonlikka, ikkinchi tomondan- g’oyasizlikka asoslanmasligiu kerak; haqiqiy san’at asari hech qachon “ sof badiiy” bo’lmaydi. U faqat g’oyaviy badiiy yaxlitlik sifatidagina ma’naviy qadriyat maqomiga ega. San’at va falsafa. XX asr mutafakkirlarining XXI asrda falsafa san’at bilan mustahkam aloqada bo’lsagina yashab qoladi, deganda o’xshash mulohazalari mazkur muammoning yangicha o’rtaga tashlanishi, xolos.Bular shunchaki gaplar emas, aksincha muayyan ildizga ega, ma’lum ma’noda asoslangan fikrlar. Chunki falsafa bilan san’at mohiyat nuqtayi nazaridan bir-biriga o’xshash. Avvalo buni ularning tadqiq usulida ko’rish mumkin. Falsafa voqelikning faqat bir qismigina ajratib o’rganadigan fandan farqli o’laroq, u olamni yaxlitligicha olib tekshiradi. San’at ham xuddi shunday: olam yaxlitligi badiiy qiyofa yaxlitligida ifodalaydi, voqelikni butunicha badiiy tadqiq etadi. Xullas, har ikkisining ildizi asotirlarga- miflarga borib taqaladi: dastlab dunyoning yaxlit manzarasini ko’rish uchun “ tasavvur o’yini”dan foydalangan qadimgi odam, asta-sekin bu yaxlitlikni “tafakkur o’yini” vositasida mushohada qilishga o’tgani shubha tug’dirmaydi deb o’ylaymiz. Shunday qilib, falsafada nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan bilish san’atda o’zining eng mukammal va universal shaklini topadi. San’at- estetik tadqiqot obyektining umumiy nomi, mushtarak tushuncha. Xususiy tushuncha sifatida u voqelikni go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va tubanlik kabi qadriyatlar va aksilqadriyatlar orqali muayyan xil, tur hamda janrlar doirasida in’ikos ettiradigan badiiy ijod mahsulini anglatadi. Shu bois san’atni xil, tur va janrlarga bo’lib, estetik tadqiq etish odat tusiga aylangan. Biroq ana shu “ bo’lib o’rganish”, ya’ni tasniflashtirish, turkumlashtirish bir qarashda osondek ko’rinsa-da, aslida estetikadagi murakkab va chalkashliklarga to’la muammo sanaladi. Bu borada o’nlab nuqtayi nazarlar bor. Me’morlik. Bu san’at turining paydo bo’lishi insonning turar joyga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan va odamning estetik tabiati uni tobora go’zallashtirib borishni talab etgan. Keyinchalik bu talab o’limdan keyingi “ turar joyga” maqbaralarga tatbiq etilgan. Undan so’ng hukmdorlar saroylari, devonxonalar turli rasmiy va norasmiy xizmat binolari, ibodatxonalar ham ana shu go’zallik qonuniga binoan qurilgan. Ispaniyadagi Al-Humro masjidi, Olmoniyadagi Kyoln jomesi, Xivadagi Nurillavoy sariyi va boshqalar shular jumlasidan. Me’morchilik- mavjudligi makon bilan shartlangan san’at turi. Unda hajm, makonni egallash xususiyati birinchi o’rinda turadi, deyishadi, aslida “ hajm” emas, mahobat atamasini qo’llash maqsadga muvofiq, zero mahobat ulug’vorlik ifoda topgan hajmdir. Me’morlikning san’at sifatidagi estetik mohiyati uning kulgililik xususiyatini inkor qilishi va ulug’vorlik xususiyatini barqaror etishi bilan bog’liq, hech bir san’at turida ulug’vorlik bu qadar o’zini yaqqol namoyon qilmaydi. Ayni paytda unda tasviriylik, noziklik, injalik kabi go’zallik unsurlari katta ahamiyatga ega, ular mahobatning tarkibiy qismini tashkil etgani holda, xandasviy yoki bargsimon naqshlarda, sirkor narsalarda, devoriy yozuvlarda, peshtoqiy tasvirlarda o’z aksini topadi. Masalan, Samarqanddagi Registon majmuiga kiruvchi “ Sherdor madrasasi”ni olib ko’raylik. Madrasa peshtoqidagi koshinkorli bezak orasida qora zamini koshinga oq harflar bilan me’mor Abdujabbor nomi bitilgan. Peshtoq ravog’ining tepasida qizg’ish zarhal tusli sher oq kiyikni quvib bormoqda. Quyosh bodonqovoq, qiyiq ko’zli tarzda tasvirlanib, yuzi zarhal yog’duga yo’g’rilgan. Binoga sinchikovlik bilan qarar ekanmiz, uning bir paytlar mullavachchalar (talabalar) o’qiydigan oliy o’quv yurtlaridagi madrasa bo’lganiga hatto ishongingiz kelmaydi. Ko’rgazmali- amaliy san’at. Ko’rgazmali- amaliy san’at qadimdan, mehnat qurollari, hunarmandchlikning rivojlanib borishi bilan kundalik turmush ehtiyoji uchun qo’llaniladigan ashyolarni bezash, me’morlik inshootlarini turli naqshlar va koshinlar vositasida go’zallshtirish orqali estetik talablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san’at turida hunarmandchilikning san’atga aylanishi ro’y beradi. M ., aytib o’tganimizdek, XVIII- XIX asrlardagi Buxoro- Qo’qon uslubida naqshlangan go’zal mis qumg’onlar dastlab faqat o’zining muayyan maqsadga xizmat qilishi bilan diqqatga sazovor edi. Lekin hozirgi paytda ular har biri betakror san’at namunasi, misgar ustaning san’atkorlik mahorati tajassum topgan ma’naviy qadriyat tarzida idrok etiladi. Yoki mahsuli tarzida qabul qilamiz.Haykaltaroshlik- monumental san’at. Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgacha haykaltaroshlik o’z mavqei yo’qotmay kelayotgan san’at turlaridan biri. Bu san’atning asosida faqat oniy, bir lahzalik san’at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonida ana shu eng muhim harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak iate’dodni talab qiladi. Haykaltaroshlik monumental san’at deyiladi. Chunki ko’pincha u katta hajmli haykallar yoki majmualarni o’z ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o’ziga xos bo’lgan holda muayyan yuzalikda shakllar uyg’unligini tashkil etadigan ko’rinishlari ham mavjud. Haykaltaroshlikning birinchi hiliga alohida makonni egallagan va har xil resursda tomosha qilish mumkin bo’lgan asarlar kiradi. Izlanish va tajribalar asosida Farg’ona shahrida- Ahmad Farg’oniy, Urganchda-Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida- Alisher Navoiy, poytaxtimizda- G’ofur G’ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari allomalarimiz, yozuvchi va shoirlarimiz haykallarini, Mustaqillik va Xotira maydonlarida zamonaviy monumental san’atimizning noyob namunasi sifatida tan olingan Mustaqillik va ezgulik monumentini, Motamsaro ona haykalini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa “ El- yurt tayanchi” va boshqa o’nlab monumental san’at asarlari barpo etildi. Xattotlik.- Yozma adabiyotning keng yoyilishi bir tomondan, badihago’ylik ravnaqiga chek qo’ygan bo’lsa, ikkinchi tomondan yangi san’at turi xattotlikni vujudga keltirdi.Xattotlik Xitoy, Yaponiya, Suriya va musulmon mintaqasida va Ovro’pada keng yoyildi, dastlab unga qimmatbaho kitoblarni chiroyli yozuv bilan ko’chirib ko’paytirish turi sifatida qaralgan. Keyinchalik u mustaqil san’at turiga aylandi. Xattotlik quroli sifatida musulmon Sharqida qamish qalam, Budda Sharqida mo’yqalam, Ovro’pada- patqalam qo’llanilgan. Xattotlikda harf yoki iyeroglif ham aniq, ham chiroyli yozilishi bilan go’zallikni namoyon etadi. Har bir xattot san’atkor sifatida o’z yozish uslubiga ega bo’lgan. Bizning mintaqamizda ushbu san’at tufayli arab yozuvining turli xil go’zallashgan ko’rinishi vujudga keldi. Nasta’liq, nasx, suls, kufiy, rayhoniy va boshqalar shular jumlasidandir. Xattotlik san’ati kitobat, ya’ni kitobni o’quvchiga go’zal shaklda yetkazish bilan bog’liq. Shu bois bosma tarzda kitob chop etish vujudga kelgach, xattotlikka ehtiyoj qolmadi va tez orada u san’at sifatida faollikni yo’qotib, tarixga aylandi. Rassomlik san’ati. Bu san’at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini qadimgi tosh asridagi g’orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko’rish mumkin. Rangtasvir voqelikning san’atkor tanlagan nuqtayi nazardan mo’yqalam va bo’yoqlar vositasida muayyan tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Buning yorqin misoli sifatida istedodli o’zbek rassomi V. Oxunovning “ Tashlandiq odam” asarini ko’rsatish mumkin. Unda rang, nur, soya fonida baland kunda va unga qo’yilgan bosh tasviri berilgan, atrof bilan kunda bir olam, bosh o’zi bir olam. Diqqat bilan kuzatsangiz, qaysi rakursdan qaramang, kundaga qo’yilgan olamni ko’rasiz va ekzistensiyachilar ta’biri todingizga tushadi, o’z holiga tashlab qo’yilgan olamdagi tashlandiq odam. Tasvirning nochiziqligi, ranglarning kontrastlikka asoslangan tarzda qorishuvi, ko’zi yumilgan bosh va hilpirashini xohlagan, lekin hilpirashga majoli yo’q sochlarining tashqi olamiga ulanib ketishi ulkan bir fojiaviylik ruhini ufurib turadi, asarni kuzatar ekansiz, seskanganingizni ham, ho’rsinganingizni ham sezmay qolasiz. Musiqa san’ati. Musiqa san’ati keskin farqlanadigan milliylik va mintaqaviylik xususiyatiga ega. Xususan, G’arb bilan Sharq musiqasida intonatsita, ohang, ijro uslublari va usullari, musiqiy asboblarning har xilligi yaqqol ko’zga tashlanadi. To’g’ri, g’arbliklar va sharqliklar odam sifatida bir biriga (ichki dunyosi nuqtayi nazaridan) muayyan o’xshashliklarga ega bo’lganidek, ularning musiqasida, ijro asboblarida qay ma’nodadir umumiylik bor.Biroq, musiqa mohiyatan umuminsoniy tabiatga ega, qaysi millatga taalluqli bo’lishidan qat’I nazar, musiqa tarjima qilinmaydi, rassomlik san’atiga o’xshab, uning tili- bitta. Faqat o’sha tilni tushunish uchun har bir millat o’z estetik tarbiyasini yuksak darajasiga ko’tarishi, estetik didini ilmiy-amaliy asosida shakllantirishi lozim. Musiqaning turlari va janrlari juda ko’p: xalq musiqasi, mumtoz musiqa, simfonik musiqa, vokal, musiqa va hokozo. Biroq u qaysi janrda bo’lmasin, Y. Baxtning organ uchun yozilgan xorallarimi, “ Cho’li Iroq” kuyimi, Shopenning etyudimi, Tarkanning qo’shig’imi- hammasi inson hissiyotlarini tarbiyalashda, ularni hayvonlikdan insoniylikka ko’tarishda va bu hissiyotlarni noziklashtirishda muhim ahamiyatga ega. Zero, musiqa inson qalbini halimlashtiruvchi, yumshatuvchi eng kuchli estetik omildir.
Teatr san’ati. Insoniyat ma’naviy hayotida teatr san’ati juda qadimdan o’z o’rnini yo’qotmay keladi. Bundan bir necha ming yillar avval qadimgi Hindiston, qadimgi Xitoy va qadimgi Yunonistonda dastlab teatr bir kishilik sahnadan iborat bo’lgan, keyinchalik ikki kishilik sahnadan, undan keyingina jamoviy san’at turiga aylangan. Ya’ni spektakl jamoaviy ijod mahsuli- rejissyor, dramaturg, aktyor va rassomning ijodiy izlanishlari natijasida o’laroq yuzaga kelad. Teatr san’atining o’ziga xos jihati shundaki, unda sahna asari tomoshabin oldida yaratiladi, o’sha rejissyor, sahnaga qo’ygan o’sha aktyorlar o’ynagan bugungi spektakl kechadigan farq qiladi. Bu sahna san’atning doimiy ijodiyligini ko’rsatadi, bugungi ijodga aktyor nimanidir qo’shadi yoki undan olib tashlaydi. Bu uning ruhi, ijodiy kayfiyati,ikki yoki uch kunlik o’sishi bilan bog’liq. Zamonaviy san’at turlari. Fotosan’at. XIX asrning 20-30 yillarida fransuzlar J. Nens, L. Dager, ingliz U.Tolbot tomonidan shahar manzaralari, menalarning rassomlik san’atidagi ko’rinishlarini optika va kimyo yordamida suratga ko’rish amalga oshiriladi. Uni dastlab “ fotogeniya”, “ fotogenik san’at” deb, keyinroq esa, uni rassomlik san’atiga rangtasvir va grafikaga yaqinligi nazarda tutib, “ fotografiya” degan nom bilan atashdi. Muhimi shundaki, suratga tushirishni badiiylashtirish, fototexnika asosida san’at asari yaratish boshlandi. Ayni paytda, endi rangtasvirning kuni bitdi, degan, shoshib aytilgan fikrlar ham o’rtaga tashlandi. Kino. Eng miqyosli zamonaviy san’at turi hisoblanadi. Bugungi kunda u hamma yerda “ hoziru nozir”. Uni kinoteatrlarda jamoaviy, televideniye va videomagnitafon orqali esa oilaviy yoki individual tomosha qilish mumkin.Kinoda teatrdagidek dinamik dramatizm hamda uning asosini tashkil etgan harakat, harakat va yana harakat( bunda fikriy harak ham nazardan qochirilmasligi lozim) asarning moyasini tashkil etadi. Biroq kino, teatrdan farqli ravishda, kadrlar orqali zamondan- zamonga “ sakrab” o’tish imkoniga ega, biroq bu”sakrash”, agar film rejissurasi puxta bo’lsa, tomoshabinga sezilmaydi, u hozirgi voqealarning ibtidosi, sababchisi- avval bo’lib o’tgan voqealar ekanini his qilib turadi. Chunki o’tgan voqealarning eng muhim, qahramonlar taqdirini belgilaydigan holatlari kadrlarda bugungi voqealar bilan tabiiy ulanib ketadi, ya’ni kecha- bugunga, bugun- kechaga o’tib turishi ekran imkoniyati doirasidagi “ oddiy gap”, kino san’ati usullaridan biri. Sahnada esa bunday imkoniyat yo’q, unda mazkur holatlar tomoshabinga to’g’ridan to’g’ri emas, balki dekoratsiya va musiqa o’zgarishlari yordamida aktyorlar monoglarida, ba’zan diologlarida nutq (so’z) orqaligina shartli ravishda yetkazib beriladi. Televideniye. Agar estrada “ san’atdagi jurnalistika” bo’lsa, televideniyeni “jurnalistikadagi san’at” deyishimiz mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san’at targ’ibotini texnikaning eng yangi yutuqlari asosida amalga oshiruvchi zamoaviy omil sifatida olib qarash uni kamsitishdan boshqa narsa emas. To’g’ri, telejurnalistika mavjud va uni inkor etish aqlga to’g’ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real odamlar ishtirokidagi “ jurnalistik” sujetlarning san’at darajasiga ko’tarilganini, ularning estetik ahamiyat kasb etganini yaqqol ko’ramiz. Xulosa. Bizning ba’zi mulohazalarimiz, ilmiy xulosalarimiz umumjahoniy ildizga ega bo’lgan milliy estetikamizda bu boradagi dastlabki nazariy yondashuvlardir. Biroq ularni mutlaqlashtirishdan yiroqmiz, asosiy maqsad talabalar va domlalarda mustaqil fikrlash malakasini yuksaltirishdan iborat.

Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin