2.2.Tasviriy san’at rivojida O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etilishining ahamiyati Mustaqillik yillari miniatura san’atining ham haqiqiy rivojlanish yo‘liga kirdi. Ayniqsa, lokli miniatura san’ati o‘zining kamolotiga erishdi. Shomahmud Muhammadjonov, G‘ayrat Kamolov, Toir Boltaboyev, Xurshid Nazirov, Alisher Yo‘ldoshev, Bahodir Yo‘ldoshev, Ubaydulla Qosimov kabi miniaturachilar ijodida shu san’atning ajoyib namunalari yaratildi. Bu san’atda Niyozali Xolmatov akademik unvoniga sazovor bo‘ldi. Mustaqillik yillarida realistik san’at yo‘nalishi bilan bir qatorda avangard san’ati yo‘nalishlari bilan o‘ziga yo‘l ochib bordi. O‘z ijodini akademik san’at yo‘nalishida boshlab katta yutuqlarga erishgan Bahodir Jalolov, Vyacheslav Oxunov, Akmal Nuriddinov, Jamol Usmonovlar avangard san’atidagi ijodi e’tiborli. Bu san’atkorlar g‘arb akademik san’ati an’analarini chuqur o‘zlashtirgan va o‘z vaqtida shu san’atning nodir namunalarini yaratgan bo‘lsalar, 90-yillardan keyin avangard san’atida e’tiborga loyiq asarlar yaratib, munozaralarga tomoshabinni chorladilar. Ularning ishlarida xayoliy tasavvurlarga burkangan, ramziy assotsiativ shakllar majmuasida sharqona ohangli, falsafiy xayollarga olib ketuvchi murakkab kompozitsiyalar gavdalanadi. Ularning keyingi yillarda yaratgan asarlarida erkin, har qanday pand-nasihat, biror-bir g‘oyani asoslash yoki targ‘ib qilish emas, balki erkin holda shoirona xayollarga berilish, dunyo va tabiat mo‘jizalaridan hayratlanish ko‘proq namoyon etiladi. Rang, shakl, ramzlar esa shu xayollarni materiallashtiradi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz madaniy hayotida biyennale, fotobiyennale singari yangi tushunchalar paydo bo‘ldi. Har ikki yilda o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi mustaqillik davri o‘zbek tasviriy san’ati erishayotgan yutuqlarni jahon san’atshunoslari, musavvirlari va muxlislarga havola etish, ularni yurtimizda kechayotgan ijodiy jarayon bilan tanishtirish, ijodkorlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishiga xizmat qilmoqda. Toshkent xalqaro fotobiyennalesi yurtimizda fotografiya san’ati jadal rivojlanib borayotganini, farovon hayotimiz, taraqqiyotimiz odimlari, umrboqiy qadriyatlarimizni bor jozibasi bilan namoyish etmoqdi.So‘nggi yillarda Tasviriy va amaliy san’at haftaligi xalqaro festival darajasiga ko‘tarildi. Bu yil ushbu tadbirda Slovakiya, Yaponiya, Hindiston, Ozarbayjon, Iroq, Vetnam kabi o‘ndan ortiq davlatlardan musavvirlar ishtirok etdi. Ushbu festival yosh mo‘yqalam sohiblari orzularini ro‘yobga chiqarishga ham hissa qo‘shayotir. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan yoshlar xorijiy davlatlarda tashkil etilayotgan turli xalqaro ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlovlar, biyennalelarda ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi zali, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi, Yoshlar ijod saroyi, Milliy san’at markazi singari o‘z ko‘rgazmalari mavzusi va yo‘nalishiga ega ko‘plab san’at dargohlari barpo etildi. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi va boshqa bir qator ijodiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston tasviriy san’ati”, “Yangi avlod”, “Navqiron O‘zbekiston” singari festivallar, “Kelajak ovozi” respublika ko‘rik-tanlovi, yosh musavvirlarning ijodiy-intellektual saviyasini yuksaltirishga yo‘naltirilgan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘g‘il-qizlarning badiiy didi, tafakkurini yuksaltirib, ijodiy mahoratini oshirishga xizmat qilmoqdq. Hozirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tasviriy san’atning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlarga ta’lim berilmoqda. Mazkur oliy ta’lim dargohida jahonning ko‘plab universitetlari, ijodiy markazlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Janubiy Koreyaning bir qator universitetlari bilan ma’rifiy-ijodiy hamkorlikda talabalarning o‘zaro fikr almashishi, ijodiy muloqot o‘rnatishi, turli ko‘rgazmalar, ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishi imkoniyati yaratilgan.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston tasviriy va milliy san’ati rivojlanishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin.
Ø Mustaqillikka erishish, O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy-g‘oyaviy faoliyatini amalga oshirilishi;
Ø Yangi san’atning yaralishida avval hukmronlik qilgan «sotsealizm» aqidalari tazyiqidan xalos bo‘lish;
Ø Madaniy, ma’naviy-marifiy hamda san’atshunoslik va shu kabi sohalarga e’tibor berilishi va rivojlantirilishi;
Ø San’atda mafkuraviy nazoratni bekor qilinishi, senzuraga barham berilishi;
Ø Ijod erkinligi;
Ø O‘zbekistonda yangi ma’naviy-g‘oyaviy yo‘nalishlarning shakllanishi;
Ø Fikrlar xilma-xilligi;
Ø San’atda izlanishlar, turli uslub va yo‘nalishlarning shakllanishi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mustaqillik yillarida ko‘plab sohalar rivoji kabi san’at sohasida ham ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlarning asosi omili albatta mustaqilligimiz sharofatidir
Yevropada badiiy akademiya dastlab Italiyada antik san’at, uyg‘onish davri san’atkorlarining uslublarini o‘rganish uchun to‘plangan rassomlarning erkin uyushmasi tarzida maydonga kelgan (XVI asr).
Birinchi badiiy akademiya Parijda - 1648-yili Qirollik Badiiy akademiyasi, kiyinchalik Vena (1692-yil), Berlin (1694-yil), London (1768-yil)da va Rossiyada 1757 yili tashkil etilgan. Mamlakatimizda tasviriy san’atning taraqqiyotida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. 1997-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi respublika madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Uning faoliyati badiiy ta’lim, ko‘rgazma ishlarini takomillashtirish va badiiy merosni hamda zamonaviy san’atni targ‘ib qilish istiqbolini ta’minlashga yo‘naltirilganligi bilan juda ahamiyatlidir albatta.Yevropada badiiy akademiya dastlab Italiyada antik san’at, uyg‘onish davri san’atkorlarining uslublarini o‘rganish uchun to‘plangan rassomlarning erkin uyushmasi tarzida maydonga kelgan (XVI asr). Birinchi badiiy akademiya Parijda - 1648-yili Qirollik Badiiy akademiyasi, kiyinchalik Vena (1692-yil), Berlin (1694-yil), London (1768-yil)da va Rossiyada 1757 yili tashkil etilgan. Mamlakatimizda tasviriy san’atning taraqqiyotida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. 1997-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi respublika madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Uning faoliyati badiiy ta’lim, ko‘rgazma ishlarini takomillashtirish va badiiy merosni hamda zamonaviy san’atni targ‘ib qilish istiqbolini ta’minlashga yo‘naltirilganligi bilan juda ahamiyatlidir albatta.
O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Kumush medali bilan milliy san’at sohasida faol xizmatlari, ko‘p millatli O‘zbekiston san’atining umuminsoniy, milliy qadriyatlarini namoyon etuvchi, vatanparvarlik tuyg‘ularini o‘stiruvchi, an’anaviy va zamonaviy mavzularning yangi qirralarini kashf etuvchi, dolzarbligi bilan ajralib turadigan turkum asarlari, san’at tarixi, nazariyasi, san’at muamolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlari, maqolalari uchun taqdirlanadi.O‘zbekiston Badiiy akademiya Diplomi bilan taqdirlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish xaqining 10 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi.