3.2. Badiiy ijod jarayonida g’oyaviy niyat, badiiy tasavvur va estetik idrok etish. Badiiy ijod jarayoni mehnat, lekin u boshqa barcha aqliy mehnat turlaridan katta farq qiladi. Unda mehnat qandaydir sirli ruh bilan amalga oshadi, shuning uchun odatda badiiy ijod jarayoni masalasiga yondashuvlar har xil: unda kimlardir ratsional, kimlardir noratsional jihatlarni ustuvor hisoblaydi, ba’zilar uni umuman tushunib va tushuntirib bo’lmaydigan, favquloddalik, sirli tasodif hamda har bir ijodkorning shaxsi bilan belgilanadigan o’ta xususiy hodisa sifatida talqin qiladilar. Bizningcha, har uchala fikrda ham asos bor, lekin ularning hech qaysisi o’zicha butun ijodiy jarayonni qamrab ham ololmaydi, to’liq ochib ham berolmaydi. Shuning uchun uni shartli ravishda qismlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz. G’oyaviy niyat. Badiiy ijod jarayonining ibtidosi san’atkorning muayyan g’oyani yoki g’oyalar tizimini badiiyat orqali boshqalarga yetkazish istagi bilan bog’liq. Uni biz g’oyaviy niyat deymiz. U ko’zga ilg’amaydigan darajada nozik va ko’z ilg’amaydigan darajada miqyoslikka ega. Chunki g’oyaviy niyat o’z nomi bilan g’oyaga taalluqli, u ijodkorning dunyoqarashining mevasi, butun asarning poydevori. U badiiy asarning mavzusi, shakli, mazmuni, “tili”, badiiy vositalari qanday bo’lishi kerakligini belgilanib berish uchun ular bilan “kurash olib boradi”. Ba’zan ularning o’ziga bo’ysundiradi, ba’zan esa ularga biroz yon berib, ma’lum nuqtalarda o’zgaradi, “ sharoitga moslashadi”. G’oyaviy niyatni shu bois hech qachon to’liq amalga oshgan estetik hodisa sifatida tasavvur qilish mumkin emas. Badiiy tasavvur. Ijod jarayonining boshidan oxirigacha ishtirok etadigan ruhiy quvvat, bu-tasavvur. Ijodiy tasavvur, to’g’rirog’i, badiiy tasavvur qidiruvchan hissiyot, biror-bir hodisa yoki hodisalarning keskin aniqlikka ega bo’lmagan, lekin ayricha tovlanib, ijodkorni o’ziga chaqirib turadigan ehtirosli, mavhum shakli. Tasavvurni ta’riflashning, nima ekanini aniqlashning qiyinligi, uning o’zi aql-idrokni inkor etgani holda, aqlga mos estetik ko’rinish topadi, u, mo’jizaviylik, xayoliylik va karomat unsurlarini o’zida mujassam etgani holda, aql-idrokni shartlilik bilan “aldaydi”. Badiiy asarda shartlilik tarzida in’ikos etgan tasavvur mahsuli, u sujetmi, badiiy qiyofami, majoziylikning turli ko’rinishlarimi, qanday bo’lmasin, sizni hayotiy reallik sifatida ishontira olmaydi, lekin uni badiiy reallik shaklida qabul qilasiz, undan hayratlanasiz, quvonasiz, qayg’urasiz, xullas, aqlga quloq solmay, unga ishonasiz. Shunday qilib, tasavvur orqali ijodkor sizni bo’lmagan narsaning bo’lganligiga yoki uning shunday bo’lishi kerakligiga ishontiradi Ilhom. Badiiy ijod jarayonida tasavvur bilan birga ilhom ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uni ilohiy, mo’jizaviy pari (qadimgi yunonlarda muzalar) tarzida tasavvur qilish odatga aylangan. Lekin u asli ijodkorning ilmiy jihatdan nima ekanini aniqlab, xususiyatlarini belgilab bo’lmaydigan ruhiy holati. To’g’rirog’I, u nihoyatda ko’tyarinki ruh. Ukishini shunchalik yuksaklikka olib chiqadiki, u yerdan turib ijodkor hamma narsani haroratli nigoh bilan ko’ra oladi va tasvirlash uchun kerak bo’lgan shaklni, mazmunni, kompozitsiyani, umuman, asarni butunligicha tasavvur qiladi. Shu sababli ilhomni qadimgilar ilohiy hodisa, yangi va eng yangi davr mutafakkirlari onglanmaganlik deb ta’riflaydilar. Estetik idrok- Idrok mazmunan kengqamrovli tushuncha bo’lib,mavjud barcha sohalarga dahldor sanaladi. U narsalarning o’ziga xos xususiyatlarini tafakkur orqali talqin etishda hamda turli xil munosabatlarni o’rganishda insonga ko’mak beradi. Shuningdek, idrok jarayonining to’g’ri shakllanishi aqliy taraqqiyotning asosiy omili hamdir. Bir so’z bilan aytganda, idrok narsa-hodisalarning yaxlit qiyofasini aks ettiradi, voqelikni inson sezgi a’zolarining ta’siri orqali belgilovchilik va boshqaruvchilik imkoniyatlarini xususiyatlari to’g’risida gapirar ekanimiz, avvalo, badiiy asarni estetik idrok etishdagi bilish jarayonlarining o’ziga xosligiga e’tiborni qaratmog’imiz lozim bo’ladi. Bu esa o’z navbatida badiiy asarni idrok etish bilan ilmiy asarni idrok etish orasidagi farqni belgilab beradi. San’at asarini idrok etishning o’ziga xosligi shundaki, san’atkor o’z ijodiy faoliyatini amalga oshirish rejasini oldindan beldilab oladi, badiiy to’qimalar yordamida “nomoddiy narsalarni “moddiylashtiradi”, ya’ni kitobxonni kutilmagan hodisalar bilan uchrashtiradi. Shunga ko’ra, san’at asarlarining vazifasi mohiyatan insonning estetik ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo’ladi. Ana shu jihat bilan san’at asarini hissiy-aqliy idrok etish, ilmiy-nazariy asarni idrok qilishdan farq qiladi. Zero, ilmiy asarni tushunish uchun o’quvchi avvalo, mazkur sohada doir bilimlardan xabardor bo’lmog’i lozim. Yo’qsa, bu asar uning uchun qiziqarsiz hamda tushunarsiz bo’lib qolaveradi. Badiiy asarning mohiyatining bilish yoki uning mazmunini o’zlashtirish uchun mazkur jarayonni maxsus o’rganishga ehtiyoj sezilmaydi. Negaki, insonning estetik idrok tabiatan ijodiy jarayonga yaqin bo’lib, bu holat inson kamolotining barcha pog’onalarida ishtirok qiladi.
Shuningdek, ijodkor badiiy asarni yaratar ekan, avvalo, idrok qiluvchida asar qanday taassurot qoldirishi, asar qay tariqa o’quvchida kayfiyat uyg’ota olishi haqida o’ylaydi. Asarni idrok qilish natijasida yuzaga kelgan qayg’urish, achinish, junbushga kelish, zavqlanish singari botiniy holatlar o’z navbatida shaxsiy “men”ning yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi. Qolaversa, estetik idrok jarayonida idrok qiluvchi ( tomoshabin, o'quvchi , kitobxon va hokazo ) voqelikda kechayotgan jarayonlar haqida ma'lumotga ega bo’ladi. Bularning barchasi pirovardida san’at asarini hissiy – aqliy idrok etish uchun zamin yaratadi. Ispan nafosatshunosi Xose Ortega – I – Gasset “ San’atning g’ayriinsoniylashtirishi” nomli asarida san’atni yaratish jarayonlari, uning inson salohiyatiga tug’yonli ta’siri va ayni paytda uni zaiflashtiruvchi xususiyatlari haqida yetarlicha xulosalar chiqargan edi. Jumladan, chinakam badiiy asarni hissiy – aqliy idrok qilish orqali inson yuksak a’mollar ( ideallar) sari intilish, ezgulik va haqiqatning g’alaba qilishiga ishonch hissini hamda qalbida junbushga kelgan go’zal hissyotlarni namoyon qilish imkoniga ega bo’lishini ta’kidlagan edi. Insoniyat hayotining mazmuni uning ijodiyoti mahsuli bilan o'lchanadi. Qaysi xalqning o'tmishi uzoq, ma'naviyati boy, merosi cheksiz bo'lsa, albatta bu xalqning istiqboli, buyuk kelajak avlodi esa barkamoldir. Ijod hayotni goʻzallashtiruvchi, olam sir-u asrorlarini ochuvchi, insoniyat tafakkurini anglatuvchi ne'matdir. Lekin ularning hammasi bir mezonga, ya'ni tabiat va unga boʻlgan munosabatga asoslanadi. Uning zaminida esa ishq, nafosat, ishonch hamda tafakkur o'ziga xos erkinlikka erishib, jonli jarayonda o'z mo'jizasini kashf etadi. Oʻzbekistonda erkin fuqarolik jamiyati qurilayotgan bir paytda, milliy san'atimizning barcha turlarida boʻlgani kabi, sozandalik san'atining o'ziga xosliklarini saqlab qolish, uni rivojlantirish, yangicha tus berish borasida ustoz sozandalar bizlarga qoldirib ketgan nomoddiy meroslari asosiy manba bo'lib xizmat qilmoqda.¹
O'zbek milliy sozandalik san'atida shakllangan yakka, ikki yoki undan ortiq cholg'u sozlar ishtirokidagi ijro uslublari, ularning turli milliy va umummilliy ko'rinishlari takomillashib, yangi ijrochilik uslubiga ega bo'lgan turli oqimlarning shakllanmoqda.O'zbek xalq cholg'ularida zamonaviy ijrochilik san'ati o'z taraqqiyotining ko'p asrlik an'analar zaminida rivojlanmoqda. Xalq cholg'u ijrochiligida milliy cholg'u asboblarning o'rni beqiyosdir. Adabiy manbalarda e'tirof etilishga ko'ra, dastlabki musiqa cholg'u asboblari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga kelgan deb taxmin qilinadi. Musiqachilikda dastlab urma zarbli cholgʻu asboblar paydo boʻlgan. Keyinchalik shovqinli cholgʻu asboblar paydo boʻlgan. Ijrochilar qarsak chalib ritmni ta'kidladilar, shovqinli cholg'u asboblar ta'sirini kuchaytirdilar. Keyinroq xalq ustalari tomonidan qamish yoki bambuk poyasidan surnay, hushtak, yana biroz o'tgach nay (bo'ylama, koʻngdalang, ko'p yo'lli), naysimon hushtaklar, shiqildiroqlar, chiltorlar (arfa, lira) va kifaralar yasaldi. Vaqtlar o'tib u cholg'u asboblar yanada takomillashib naylar yuzaga keldi. So'ngroq torli mizrobli va torli kamonchali musiqa cholg'u asboblari paydo bo'ldi. Ular saroy a'yonlarining marosimlarida, harbiy yurishlarida foydalanildi. Qadimgi Sharq madaniyati rivojlanishida oʻzbek xalq cholg'ulari shakllandi. Ular ko'p asrlik taraqqiyot davomida oʻziga xos xususiyatlarini tovush tusini saqlab qoldi. Oʻziga xos tuzilishi tufayli nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, gijjak, qobuzlar an'anaviy shakllarda bizgacha etib keldi. IX asr oxirida Oʻrta Osiyoda yakkanavoz, ansambl musiqachiligi va raqsni o'z ichiga olgan vokal-cholg'u musiqa turkumi turlari shakllangan edi. O'sha paytda bu bir necha damli, ya'ni karnay, surnay va urma zarbli cholg'ular, ya'ni nog'ora, chindovul asboblarning birgalik chalinishidan hosil boʻlgan. Dutor ijrochiligi o'sha paytda faqat kamer xususiyat kasb etgan bo'lib, bu ijrochilik san'atini asosan ayollar egallagan edilar.O'rta asr musiqa ijrochiligi madaniyatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, cholg'u ijrochilar nafaqat bir necha turdagi musiqa asboblarini chala olgan, balki oʻzlari ham musiqa bastalaganlar. Cholg'uchilar o'z davrining etuk musiqachilari va shoirlari ham boʻlishgan. O'rta asr sharoiti-da musiqiy ixtisoslashuv maxsus musiqiy ustaxonalarni paydo boʻlishiga olib keldi. Bu erda ustoz-shogird an'analari qaror topib rivojlandi. Ayni paytda ansambl ijrochiligi takomillashdi, musiqa san'atining asosiy ko'rinishlari shakllanib cholg'u asboblarining yangi namunalari kashf etilishi ham o'sha uzoq davrlarga borib taqaladi. Sharq olimlarining nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san'ati tajribasi asosida shakllangan boʻlib, ular o'z risolalarida musiqaning jamiyatda tutgan o'rni va ahamiyati haqida atroflicha ma'lumotlar berilgan. Inson ovoziga azaldan eng mukammal cholg'u hisoblangan. Torli-mizrobli yoki torli kamonchali musiqa cholg'ulari ijrochilari hamisha oʻzlari yaratgan kuylar ohangini inson ovoziga ta'sirliroq, samimiyroq, ravonroq chiqarishga intilishgan. Kuy ohangi inson ovoziga juda yaqin turgan cholg'ular ud va rubobni batafsil ta'riflagan. Bunda rubob tushunchasi ostida g'ijjakka o'xshagan, torlari kamoncha bilan chalingan musiqalari nazarda tutilgan. XIX asr oxiri XX asr boshida oʻzbek xalq cholg'ularining ijrochilik imkoniyatlari doimo kengaydi va takomillashdi. Turli xil xalq cholg'u ansambllarining tashkil etilishi, yakkanavoz cholg'u-chilikning rivojlanishi musiqa ustalaridan cholg'ularni yanada mukammallashtirishni talab etdi. XIX asrda ijrochilik amaliyotida nay, qo'shnay, surnay, karnay, boʻlaman, chang, qashqar rubob, afg'on rubob, tanbur, dutor, do'mbira, gʻijjak, sato, doira, qayroq, safoyil kabi cholg'ular mustahkam o'rin oldi. YAngi musiqa cholg'u asboblari sekin asta turmushga kirib kelishi ansambllarda mustaxkam o'rin oldi. Musiqa cholg'ular tomonidan qo'shiq va raqslarga jo'r holda ham keng foydalanildi, ohanglarning ta'sirchanligi turli musiqiy qochirimlar bilan to'ldirildi. Bu davr Turkiston o'lkasi musiqiy hayotida boshqa ijobiy voqealar ham yuz berdi. Oʻrta Osiyoga Evropa cholgʻu asboblari kirib kela boshladi. Bularga simfonik orkestr, damli va urma zarbli cholg'ular orkestrining musiqa cholg'u asboblari, fortepyano, do'mbira cholg'u asboblarni misol ko'rsatish mumkin. Xorazmda Rossiyadan keltirilgan garmon cholg'u asbobi paydo boʻldi. Farg'onada va Toshkentda g'ijjakni skripka bilan almashtirila boshladilar. Ayni paytda o'zbek xalq musiqa cholg'u asboblari ikoniyatlaridan kelib chiqib, rus ohanglariga ba'zan oʻzgartirishlar kiritilgan yangi ko'rinishlari kirib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmida o'zbek xalq cholg'ulari ijrochiligi sohasida jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi, yangidan - yangi shakllari paydo boʻldi. Xalq ijrochiligi an'analari asosida yangi, nisbatan murakkab va mukammal, xalq hayotining turli tomonlarini yorituvchi kuy va qo'shiqlar yaratila boshladi. Taniqli dutorchi, tanburchi, doirachi, naychi, surnaychi, boʻlamonchi, g'ijjakchi, qashqar va afg'on rubobchilar paydo boʻldi. Musiqa ijrochiligi san'atida maqom janrini tiklash va rivojlantirish davom etdi. Maqom o'zining ohang va ritm qonuniyatlariga ko'ra xalq qo'shiqlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, faqat qam-rovining kengligi bilan farqlanar edi. Odatda har bir maqom ikki katta qismga boʻlinadi. Birinchisi faqat cholg'ularda ijro etilgan qism boʻlib, mushkilot deb, ikkinchisi - cholg'ular jo'rligida aytiladigan ashula qismi boʻlib, u nasr deb atalgan. Nasr o'z ichiga raqs kuyi uforni ham o'z ichiga olgan. Maqomlar ijrosida xonandalar bir qatordi tarkibi turlicha bo'lgan o'zbek cholg'ulari ansambllari ham ishtirok etdi. Cholg'ular ansambliga Buxoroda tanbur va doira, Xorazmda esa dutor, g'ijjak, boʻlamon, doira yoki tanbur, garmon, rubob, doira kirgan. Farg'ona va Toshkent viloyatlarida ansambl 8-10 ijrochidan iborat bo'lib, bularga nay, qo'shnay, chang, rubob, dutor, tanbur, doira va g'ijjak cholg'ulari o'rin olgan. Bundan tashqari 3-4 kishidan tashkil topgan kichik ansmbllar ya'ni, nay, chang, rubob, dutor, tanbur, doira va g'ij-jak, ba'zan ikkita cholg'ular bo'lib, bular ikki tanbur, ikki dutor yoki ikki g'ijjak, ikki rubob kabilardan iborat boʻlgan. Zero, mustaqillik davrida milliy musiqaga boʻlgan e'tibor, xususan cholg'u janrining mahalliy ko'rin-ishlari, kuylarning shakl, faktura hamda ohang jihatilari, soz ijro-chiligining maxalliy va badiiy mezonlari va nihoyat, uning autentik ko'rinishdagi ijrosiga imkon yaratmoqda.Hozirgi ayni davrida oʻzbek guruhli cholg'u ijrochiligi san'ati badiha (improvizatsiya) uslubidagi yo'nalish paydo bo'ldi. Mazkur oqim mil-liy musiqamiz tabiatidan yaxshi xabardor, nazariy va amaliy mushohadali, ijroviy imkoniyatlari yuqori darajadagi sozandalar O'zbekiston xalq artistlar Abduhoshim Ismoilov gijjakda, Abdulaxad Abdurashidov nayda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Abdurahmon Xoltojiev qonunda, Umarali Bulturov udda va Qo'chqor Saidov doira cholg'ularida hamkorliklari vujudga keldi. Ular ijrosidagi asarlarning shakliy qurilmasi, intonatsion xususiyatlari, usullar majmui o'zbek musiqiy ijrochilik an'analariga xos va mos tarzda, tovushqatori temperatsiyalanmagan sozlar ishtirokida yaratildi. Ijrochi jarayonida sozandalar tomonidan sof cholg'u asarlaridan tortib aytim yoʻllariga qilinadigan joʻrnavozlik asnosida to'satdan, erkin, (ekspromt) tarzda ishlatiladigan turli "qochirimlar" mazkur guruh amali-yotida odat tusiga kirib bordi. Aynan ushbu hodisa gʻijjak, nay, qonun cholg'ularining texnik imkoniyatlarini toʻla ochib berilishi natijasida badiha uslubining shakllanishiga asos bo'ldi. Ijrodagi ijroga qochirimlar bilan birgalikda kichik musiqiy lavhalardan foydalanila boshlandi. Nati- jada guruh tomonidan aks ettiriladigan milliy musiqiy-estetik me'yor badiha jarayonini tomosha darajasiga koʻtarilishida muhim omil vazifasini oʻtaydi. Guruh faoliyatida Ayniqsa O'zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov tomonidan yaratilgan "To'yyona", "Dil bayrami", "Buyuk chinor", "Axmad Farg'oniy" va yana qator asarlarni keltirishimiz mumkin.
Xulosa Shuni aytib o'tish joizki, hozirgi davrda sozandalik san'ati oddiy musiqiy ijrochilik g'oyasi asosida shakllandi va milliy-madaniy yuksalishini ta'minlashda muhim omil sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. SHuning uchun san'atning bu turi yurtimizdagi ijtimoiy-ma'naviy barqarorlik negizida shaklan va mazmunan boyigan oʻzbek milliy sozandaligining barcha koʻrinishlarini oʻzida uyg'unlashtirgan badiiy faoliyat natijasining ijobiy namunasidir. O'zbekiston tasviriy dastgoh san'ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. O`zbekiston san'ati zafarli yo'lni bosib o'tdi. Respublikamiz rassomlari ko'pgina ko'rgazmalarda faol ishtirok etib, san'atimiz ta'sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko'pgina janrlarda Ijod qilib kelmoqdalar, manzara, natyurmort, portret va boshqa Natyurmortda totib toshgan noz-ne'matlar bozorlarimizning to'lib toshgan noz-ne'matlarini, manzara janrida esa, o'lkamizning go'zalligini va bepoyonligini, oddiy tabiat ko'rinishidagi go`zallikni to`laqonli ifodalashga harakat qilmoqlar. Shu bilan birga qadimdan qolgan butun dunyoga taniqli ajib me'morchilikning nodir yodgorliklarini o'z asarlarida ko`rsatdilar. Portret janrida esa Vatanimizning ilg'or kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilami tasvirladilar. Bizning O'zbekiston Vatanimiz ajoyib iste'dodli rassom va haykaltaroshlarni yetkazib berdi. Bular ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev, Mannon Saidov, Damir Ro`ziboyev, Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzayev, Akmal Ikromjonov, Ne'mat O`akimov, Osimxon Vosixonov, Temur Sa'dullayev, o'ofur Abdurahmonovlar alohida mavqega ega. O'zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzayev rangasvir ustasi xalqimiz an'analariga, boy va sermazmun o'tmish tasviriy san'at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom o'z xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-tabiat bag'rida o`zbekona an analarni, to`ylami, beg'ubor o'zbek bolalarini, lobar qizlami, mushtipar onalar kabi obrazlami aks ettira olishga muvaffaq bo'ldi. Jumladan, "Toshkent - tinchlik va do'stlik shahri" triptixi, "Bola xonada", "Intizorlik", "Yosh olla haqida qo`shiq" kabi o'nlab asarlar moybo'yoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlarni e'tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday Jon bag'ishlaydiki, undagi go'zallik sirlari odamlarni ezgulikka yetaklaydi. Rassom asarlari bugungi kunda xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko'pgina xorijiy davlatlarda ham ma'lum va mashhurdir.