Kurs ishi mavzu: turizm xizmatlarida marketing kurs ishilarini amalga oshirish jarayonlari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə7/12
tarix09.06.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#127537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Turizmda marketing

a. Turistik mahsulot marketingini boshqarish
Bugungi kundа bоzоr shаrоitlаri kоrхоnаlаrgа uzоq muddаtli strаtеgiyalаrni ishlаb chiqish, mаqsаdlаr, imkоniyatlаr vа rеsurslаrni аniqlаsh jаrаyonigа jiddiyrоq yondаshishni tаlаb qilmоqdа. Bu ish rеjаlаshtirish аsоsidа аmаlgа оshirilаdi vа undа muhim rоlni mаrkеting egаllаydi. Bu esа kоrхоnаdа rеjаlаshtirish tizimini tаshkil etishgа zаmin yarаtаdi.
Mаrkеtingni rеjаlаshtirish bu mаrkеting mаqsаdlаrigа erishish uchun mаrkеting rеsurslаrini tizimli tаdqiq qilish bo‘lib, bu vоsitа yordаmidа kоrхоnа fоydаsigа tа‘sir qiluvchi ko‘pginа ichki vа tаshqi оmillаrni kuzаtib bоrаdi vа nаzоrаt qilаdi. Nаtijаdа, ishlаb chiqаrishning dаvоmiyligi, rаsmiylаshtirish dаrаjаsi vа rеjаlаshtirishni tаshkil qilish nuqtаi-nаzаridаn mаzkur jаrаyonlаr turli kоrхоnаlаrdа turlichа tаshkil qilinаdi.
Shu bilаn birgа, tаlаbning hаjmi vа tuzilmаsi, tijоrаt оpеrаsiyalаrini o‘tkаzishdа хаvf-хаtаrning dаrаjаsi yuqоri bo‘lgаn bоzоrlаrdа fаоliyat yurituvchi kоrхоnаlаr ko‘prоq bоzоr vаziyati uchun ishlаb chiqilаdigаn vаziyatli rеjаlаrni qo‘llаshgа аsоslаnаdilаr. Bundа rеjаlаshtirish jаrаyoni o‘zаrо bоg‘liq quyidаgi unsurlаrdаn ibоrаt bo‘lаdi:

  • tаhlil;

  • rеjаlаshtirish;

  • rеаlizаsiya vа nаzоrаt.

Bu jаrаyonlаr hаr qаndаy rеjаlаshtirish turlаri uchun univеrsаl bo‘lаdi. Shu bilаn birgа, so‘nggi yillаrdа kоrхоnа аmаliyotidа biznеs-rеjаlаrni ishlаb chiqish tоbоrа kеng tаrqаlmоqdа. Bundаy hоllаrdа kоrхоnаni rеjаlаshtirishning umumiy tizimidа biznеs-rеjаning o‘rnini аniqlаsh mаqsаdgа muvоfiq bo‘lib, kichik kоrхоnаlаr uchun bittа biznеs-rеjа tuzish mumkin vа ko‘pchilik kоrхоnаlаr uchun biznеs-rеjаni ishlаb chiqish хo‘jаlik vа sоtish fаоliyatining rеjаlаridаn biri bo‘lib hisоblаnаdi.
b. Turistik bozorni marketing Kurs ishilari
Turistlik korxona, o’z bozor imkoniyatlarini aniqlaganidan so’ng, uning har biriga baho berishi zarur. Buning uchun bozor o’lchamini, o’sish salohiyati va imkoniy foydani to’g’ri baholash hamda oldindan aytib berish kerak. Turistlik bozorni Kurs ishii ikki yo’nalishda amalga oshiriladi:

  1. Vaqtning berilgan fursatda u yoki bu o’lchamini baholash.

  2. Oldindan o’rganiladigan miqdorlarni olish.

Eng avvalo bozordagi joriy vaziyat – bozor konyukturasi baholanadi, ya‘ni turistlik mahsulotlarga bo’lgan talab va taklif nisbatini, hamda ularga o’rnatilgan baholar darajasini, harakatini belgilaydigan omillar hamda sharoitlar o’trasidagi o’zviy ta‘siri natijasi sifatida bozordagi ma‘lum vaqt ichida vujudga kelgan iqtisodiy vaziyat.
Kon‘yuturani o’rganishda muhim vazifa – uning shakllanishiga ayrim omillar ta‘siri hamda yaqin kelajakda asosiy, kon‘yukturani belgilovchi omillarni aniqlashdan iborat bo’ladi.
Turistlik bozorning kon‘yukturasini quyidagilar tavsiflaydi:

  • turistlik xizmatlarning talab va taklif nisbati;

  • baholar darajasi;

  • raqobat holati va bozorga kirish uchun tuo’siqlar;

  • davlat tomonidan aniq bozorni tartibga solish darajasi;

  • turistlik xizmatlar sotishni tijorat sharoitlari;

  • talabning mavsumiy o’zgarishlar mavjudligi va boshq.

Turistlik bozor kon‘yukturasini o’rganish jarayoni ma‘lum tartibda amalga oshirilishi kerak.
Turistlik korxonalar uchun bozorning kelajakda rivojlanishi va korxona faoliyati strategiya hamda taktikasini yaratish uchun asos bo’lib, xizmat qiladigan kon‘yuktura prognozini tuzish katta qiziqishga mansubdir.
Umumiy holatda pul ifodasidagi joriy bozor talabi (Q) qo’yidagicha chiqarish aniqlanadi: Q = n x g x p,
qayerda: n – umuman bozorda yoki aniq mintaqa bozorida tovarning bu turini oluvchilar soni:
g – o’rganiladigan vaqt ichida haridor bajargan haridlar soni; r – Shu tovarning o’rtacha narxi.
Bu formula asosiy hisoblanadi, ammo tovarlarning aniq turlari berilganda, bu tovarlarga bo’lgan talabni belgilaydigan qo’shimcha omillarni ham inobatga olish kerak.
Tasavvur qilaylik, ma‘lum hududda turistlik mahsulotga bo’lgan talabning salohiyatini aniqlash zarur. Ma‘lumki, bu hududda 300 ming aholi yashamoqda. Yana tasavvur qilaylik, bu holatda maqsadli o’rtacha miqdordan yuqori bo’lgan 30 yoshdan 45 yoshgacha odamlar tashkil etadi. Axborot ma‘lumotlari asosida bu guruhga tegishli odamlar soni aniqlanadi. Masalan, ular 10 ming kishi. Bu kishilar tur sotib olishlari mumkin va uning narxi ularni qoniqtiradi. Demak, haridorlar soni bo’yicha salohiyat aniqlanadi. Endi pul ifodasidagi salohiyat aniqlanadi. Turistlik mahsulot qiymatidan kelib chiqqan holda turning o’rtacha narxi 600 doll. Agar odamlar yilda hech bo’lmasa 1 marta sayohat qilishini tasavvur qilsak, bunda bozor salohiyatini pul ifodasida aniqlasa bo’ladi.
Q = 10000 x 1 x 600 = 6mln. g.
Bu usullarni kamchiligi Shundaki, u turistlik korxonaning raqobat muhitini hisobga olmaydi. Joriy bozor talabi odatda, me‘yoriy usul asosida aniqlanadi. Bu usul bir qator me‘yorlar va ulush ko’rsatkichlaridan foydalanish asosida bozor salohiyatini baholashda qo’llaniladi. Masalan, hisobot me‘yoriy va statistika axborotlari asosida qo’yidagilar aniqlangan:  ma‘lum shaharda barcha firmalar bilan sotilgan turistlik xizmatlar hajmi:
18000 yo’llanma;
xizmatlarni tavsiya etadigan firmalar ulushi: 75 %
Bozorning taxminiy salohiyati: 18000 yo’llanma x 0,75 = 13500 yo’llanma.
Agar firma maqsadi bozor ulushini 40 % - ga yetkazish bo’lsa, bu shaharda tovar sotish hajmi (firma uchun joriy bozor talabi) 5400 yo’llanmagacha yetkazilishi kerak.
Bu usulning kamchiligi – mutanosib me‘yorlarni va ulush ko’rsatkichlarni topishdadir. Ularni topishda maxsus Kurs ishilar o’tkazilishi zarur bo’ladi. Ayni bir vaqtda ko’rinib turibdiki, har bir ko’paytirishdagi hato yangi bosqichga va yakun natijasiga o’tadi. Buni bartaraf etish uchun, bir nechta taxminiy o’lchamlardan foydalanib, bitta baho o’rniga, ancha bahoga erishish mumkin. Har qaysi vaziyatda bu usulni boshqa analitik usullar bilan birgalikda qo’llash kerak.
Talabni yanada chuqurlashtirilgan tahlili sotish hajmiga va ularning nisbiy ta‘sirini aniqlashga ta‘sir etuvchi muhim real omillarni aniqlashga qaratilgan. Narxlar, daromad darajasi iste‘molchilar tarkibi va mahsulot harakatining ta‘siri kabi omillar, odatda tez-tez tahlil qilinadi. Bunday tahlilni o’tkazilayotganda matematik – statistika usullari keng miqyosda qo’llaniladi.
Shunday qilib, talabni aniqlaganda ilg’or idikator usuli qo’llanilishi mumkin. Ilg’or indikatorlar – o’rganadigan ko’rsatkich yo’nalishida o’zgaradigan, ammo undan vaqt bo’yicha ilgari rivojlanadigan, ko’rsatkichlar yoki ularning vaqt qatorlari. Masalan, turmush darajasi ko’rsatkichlarning o’sishi talab o’sishi ko’rsatkichidan ustun bo’ladi. Demak, turmush darajasi ko’rsatkichlar o’zgarish harakatini o’rgana turib, aniq mahsulotga bo’lgan talab ko’rsatkichning taxminiy o’zgarishi to’g’risida xulosaga erishish mumkin. Bozor salohiyatini baholashda harid qobiliyati indikatorlari tez-tez qo’llaniladi. Bundan maqsad bozor jozibaligini uning har qanday salohiyatini uchta asosiy tarkibiy qismlarning o’rtacha tortilgan miqdori asosida o’lchashdan iborat:

  • iste‘mol qiluvchi birliklari miqdoridan; harid;

  • iste‘mol qiluvchi birliklarning qobiliyatidan;

  • bu iste‘mol qiluvchi birliklarning harajat qilishga tayyorgarligidan.

Bozor tahlilida muhim o’rinni bozor hajmi aniqlanishi egallaydi, chunki tahmin etiladigan talab hajmi rejalashtirish jarayonini bosh nuqtasi bo’lib hisoblanadi. Turistik bozor hajmi – turistlik mahsulotini «yutish» qobiliyati, ya‘ni ma‘lum davr ichida (odatda, bir yil) mavjud bo’lgan narx va takliflar asosida alohida turlar, turizm xizmatlar sotishning imkoniy hajmi. Turistlik bozor hajmi aholi to’lov qobiliyati hajmi, narxlar darajasi va turistlik taklif hajmiga bog’liq. Turistlik bozorning salohiyatli va haqiqiy hajmini ajratish kerak. Bozorning salohiyatli hajmi mavjud xizmat turiga bo’lgan to’lov qobiliyati bilan aniqlanadi; haqiqiy hajmi esa ma‘lum davr ichida sotilgan xizmatlar hajmi bilan. Bozor hajmi va o’zagrish yo’nalishlari to’g’risida axborotga ega bo’lgan firma u yoki bu bozorning afzalligini baholash imkoniga ega bo’ladi. Agar bozor hajmi kichik bo’lsa, bozorga kirish va unda faoliyat yurgizish harajatlari qoplanmasiga mumkin. Inobatga olish kerakki, agar bozor hajmi katta bo’lsa, demak bunday bozorda kuchli raqobat, raqiblar xizmatidan iste‘molchilar yuqori darajada minnatdor bo’lishi hamda boshqa omillar ta‘sirini hisobga olgan holda u yoki bu bozorni tanlash yechimini ehtiyojlik bilan qabul qilish kerak.
Marketing Kurs ishilar amaliyotida boshqa ko’rsatkich bozorni ulushi ham keng qo’llanilmoqda. U turistlik korxona xizmatlarni sotish hajmining berilgan bozorning salohiyatli hajmiga bo’lgan nisbatidir. Bozor umumiy ulushi

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin