Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Ilovalar. Kirish Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo'lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o'zgarishlar sodir bo’ldi. Keyingi yillar mobaynida halqaro standartlarga to'la-to'kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko'pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo'shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o'rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga ko’chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o'z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to'gri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda bugalteriya hisobining ahamiyati katta bo'lib, undan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining aytib o'tilgan talablarning bajarilishida muhim o'rinni egallaydi.
Konseptual asos O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonuni, buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS)ga muvofiq moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun moliyaviy axborotlarni taqdim etishning maqsadi va ochib berishni belgilaydi.
Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi. Mazkur Konseptual asosning hech bir qoidasi aniq bir BHMS qoidalaridan ustunlik kuchiga ega emas. Ayrim hollarda, agar konseptual asos bilan BHMS o'rtasida ziddiyatlar bo'lsa, BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida tovar-moddiy zaxiralar yirik miqdordagi moliyaviy resurslar qo‘yilmasini talab etuvchi obyektlar jumlasiga kiradi va shuning uchun ular xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish yoki marketing siyosatini belgilab beradigan muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ko‘pchiligi odatda ularga etarli darajada e’tibor berishmaydi va doimo mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan zaxiralar bo‘lgan ehtiyojga baho berishmaydi. Buning natijasida, ular tovarmoddiy zaxiralarga ko‘zlangan darajadan ortiqcha mablag‘lar sarflashlariga duch kelishadi. 2-sonli BHXSda tovar-moddiy zaxiralarga quyidagicha ta’rif berilgan: Tovar-moddiy zaxiralar – bu quyidagi aktivlardir: - odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan; - bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan; - ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi ko‘zlangan xom ashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar.