Курс иши мавзу


Tovar-moddiy zahiralarni sof sotish qiymatida hisobdan chiqarishning



Yüklə 309,81 Kb.
səhifə7/14
tarix07.01.2024
ölçüsü309,81 Kb.
#202646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
di

2.3. Tovar-moddiy zahiralarni sof sotish qiymatida hisobdan chiqarishning
usullari.
Ba'zi hollarda tovar-moddiy zahiralarni sotish qiymatlari ularni tannarxidan arzonroq bo'lishi munkin. Bunday hollar TMZlarni shikastlanishi, ma'naviy eskirishi (sotilmay qolish natijasida) yoki boshqa sabablari bo'lishi mumkin. Ana shunday vaziyatlarda TMZ sof sotish qiymati bo'yicha hisobga olinishi mumkin.
Tovar-moddiy zahiralar shikastlanganda qisman yoki butunlay eskirganda to'plamlash yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv narxi pasaygan hollarda tovar-moddiy zahiralari o'z tannarxidan past bahoda sotish qiymatida baholashi mumkin. Sof sotish qlymati tovar sotilishining taxminty qiy-matidan tovarlarning sotuv oldi tayyorgarliklari va uning sotilishi xarajatlarning ayirmasidir.
Sof sotish qiymati bo' yicha TMZlari hisobga olishda jahon amaliyotida quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • moddalar bo'yicha;

  • asosiy tovarlar guruxlari bo’yicha;

  • zahiralarning umumiy hajmi bo’yicha.

O’zbekiston Respublikasi BHMSda tovar-moddiy zahiralarining umumiy hajmi bo’yicha hisobga olish usuli tavsiya qilinmagan.
Birinchi – “moddalar bo’yicha” usulda TMZlarini har bir turi qiymati alohida baholanadi, ikkinchi usulda esa, TMZlarini guruhi baholanadi va uchinchi usulda ularning umumiy hajmi bo'yicha baholanadi. TMZlarini baholashda ularning tannarxi va sof sotish qiymatlaridan qaysi biri kichilk bo'lsa, o'sha qiymat hisobga olinadi, ya'ni ularni hisobga olishda «kichik miqdorlar» usulidan foydalanadi. Bu buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillaridan biri bo’lgan ehtiyotkorlik (konservatizm) tamoyiliga mos holda amalga oshiriladi.
Ushbu usulni qo 'llash tartibi quyidagi misolda ko'rsatilgan:



T. r

Tipi

Tannarxi
(so’m)

Sof sotish
Qiymati
(so’m)

Kichik miqdor

1

A

6000

5000

5000

2

A

5500

5000

5000

Jami




11500

10000

10000

4

B

7500

9000

7500

5

B

9500

9000

9000

Jami




17000

18000

17000

6

S

7000

10000

7000

7

S

8000

10000

8000

8

S

11000

10000

10000

Jami




26000

30000

26000

Hammasi




53500

58000

51500

Keltirilgan misoldan ko'rinib turibdiki, zahiralarning ko'pchiligida tannarx va sof sotish qiymatlari orasida sezilarli tafovut mavjud bo'lib, bunda ayrim hollarda zahiralar tannarxi sof sotish qiymatidan yuqori. Bunday hollarni yuz berish sabablarini biz yuqorida ko'rsatib o'tdik. Jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib yuqorida nomlari qayd qilingan usullar yordamida zaxiralarimizni sof sotish qiymatini hisoblab chiqaylik:


Moddalar bo'yicha - bunda keltirilgan 8 ta zahiralarni ikkala (tannarxi va sof sotish) qiymatini solishtirib, ulardan eng kichik miqdori olinadi (Jadvalda oxirgi qatorda berilgan) - uning umumiy summasi 51500 so'mni tashkil qiladi;
Asosiy tovarlar guruhlari bo'yicha - bunda keltirilgan 3 ta (A,B,S) turdagi zahirani (guruhlari bo'yicha) ikkala (tannarxi va sof sotish) qiymatni solishtirib, ulardan eng kichik miqdori olinadi - uning umumiy summasi - 53000 so'mni tashkil qiladi (A turdagi tovarlar guruhida -10000 so'm; B turdagi tovarlar guruhida- 17000 so'm; S turdagi tovarlar guruhida - 26000 so m);
Zahiralarning umumiy hajmi boyicha - bunda keltirilgan barcha tovarlarni umumiy summasi jamlanib, ularni ikkala (tannarxi va sof sotish) qiymatini solishtirib, ulardan eng kichik miqdori olinadi - uning umumiy summasi 53500 so'mni tashkil qiladi (TMZning tannarxi va sof sotish qiymatlari ustunlarining jami qatoridagi summalar taqqoslanadi).
Ko'rinib turibdiki, TMZ sof sotish qiymati bo'yicha hisobga olishda turli usullarni qo'llash ular hajmini turlicha bo'lishiga olib kelmoqda. Bunday farqlar odatda korxona TMZlarini hajmini hisobotlarda aks ettirish maqsadida aniqlash uchun qo'llanadi. Haqiqatda esa, umumiy natijada farq kelib chiqmaydi. Chunki, ushbu usullar yordamida aniqlangan qiymatlarni zahiralar sotilgandan keying foyda yoki zarar (aniqlangan qiymatga nisbatan) ular orasidagi farqni tekislaydi.

Yüklə 309,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin