Курс иши мавзу


Tovar-moddiy zahiralarni tannarxini aniqlash usullari



Yüklə 309,81 Kb.
səhifə6/14
tarix07.01.2024
ölçüsü309,81 Kb.
#202646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
di

2.2. Tovar-moddiy zahiralarni tannarxini aniqlash usullari.
Tovar-moddy zahiralarini turlicha bo'lishi ularni turlicha baholash tartibini qo'llash imkonini berganidek, ularni tannarxini aniqlashni har xil usullaridan foydalanish zaruratini ham tug'diradi. TMZni tannarxi bo'yicha hisobga olishda quyidagi usulardan foydalanish mumkin:

  • yalpi identifikatsiyalash usull;

  • o'rtacha tortilgan qiymat usuli;

  • birinchi xarid narxlari bo'yicha baholash usuli;

  • oxirgi xarid narxlari bo’yicha baholash usuli.

Yalpi identifikatsiyalash usulning mohiyat shundaki, bunda o'zaro almashtirilmaydigan zahiralarning alohida moddalarining tannarxi, shuningdek, maxsus buyurtmala bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar tannarxi hamda aniq arajatla dentifikaslyash yo'li bilan aniqlashdir, xarajalarni maxsus idenfikatsiya qilishning ma'nosi maxsus xarajatlar zahiralarining alohida moddasiga olib boriladi. Yalpi identifikatsiyalash usuli alohida buyurtma bo'yicha mahsulotlar ishlab chiqaradigan yoki assortimenti ko’p bo’lmagan mahsulotlar ishlab chiqariladigan korxonalarda qo’llaniladi. Ushbu usul mohiyatini tushuntirish uchun korxonaning noyabr oyi uchun keltirilgan tovarlar qoldig'i va sotib olingan tovarlari haqidagi quyidagi ma'lumotlaridan foydalanaylik.



Sana


Mazmuni


Miqdori
dona



Bir birligining bahosi
So’m

Umumiy summasi
So’m

01.01

Zahira qoldig’i

50

10

500

10.11

Xarid qilindi

120

12

1440

20.11

Xarid qilindi

150

15

2250

30.11

Xarid qilindi

180

14

2520




Jami

500

x

6710

Ko'rinib turibdiki, korxonaning sotish uchun mo’ljallangan tovarlarni miqdori 500 donani yoki 6710 so'mni tashkil qilgan. Shu davr mobaynida olingan tovarlardan 400 donasi sotilgan va 1 may holatiga 100 donasi qolgan.


Qoldiq tovarlar tarkibini o'rganish shuni ko'rsatdiki, 1 may kuniga 50 dona 15 so'mlik, 50 dona 14 so'mlik tovarlardan qolgan. Demak, yalpi identifikatsiya usuliga muvofiq, tovarlar qoldig'i 1450 so'm (50*15+50*14)ni tashkil qilgan bo'lsa, sotilgan tovarlar tannarxi 5260 so'm (6710 - 1450)ni tashkil qiladi.
Ma'lumki, TMZni hisobga olishning to'g'ridan-to'g'ri hisobdan chiqarish (yalpi identifikatsiyalash) usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lib TMZ turlari ko’p bo’lmagan (masalan to’qimachilik sanoatida) yoki chiqarilayotgan mahsulotlar turlari ko’p bo’lmagan hollarda (masalan, avtomobilsozlikda) qo 'llash mumkin.
O'rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usulining mohiyati shundaki, bunda tovar-moddiy zahiralari har bir birligining qiymati hisobot davri boshida bir turli tovar-moddiy zahiralari birliklar va hisobot davri davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan bir turli birliklarning o'rtacha tortilgan qiymati bo'yicha aniqlanadi. Tovar- moddiy zahiralari birliklarining o’rtacha tortilgan qiymati quyidagicha aniqlanadi:
t=

T-Tovar-moddiy zahiralari umumiy qiymati;


Q-Tovar moddiy zahiralarining birliklari soni.
Ushbu formula yordamida hisoblangan TMZ birligining o'rtacha qiymati ular tannarxini hisoblash uchun qo'llanadi, ya'ni sotilgan birlikar miqdoriga ushbu qiymatni ko'paytirib sotilgan birliklar tannarxini aniqlansa, sotilmay qolgan (ombordagi) birliklarga ko'paytirib esa qoldiq birliklar tannarxi aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan misol ya formuladan, foydalananib tovarlarning o'rtacha tortilgan qiymatini hisoblaymiz:

t= 13,42 so'm,


Demak, o'rtacha tortilgan qiymat usuliga muvofiq 1 may holatiga TMZ qiymati 1342 so'm (100 dona x 13,42 som) ni tashkil qilgan. Shu davrda sotigan tovarlar tannarxi esa 5368 so'm (400 dona x 13,42 so'm) ni tashkil qilgan. Birinchi xarid narxlari bo’yicha baholash (FIFO - birich kirim, birichi chiqim) usulining mohiyatiga ko'ra, birinchi navbatda sotib olingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotib yuborilgan tovarlarga olib borilishi kerak degan fikrga asoslanadi. Demak, bu usulda sotilgan tovarlar (chiqarilgan mahsulotlar) tannarxini dastavval birinchi sotib olingan tovarlar tannarxi hisobiga, keyin esa navbatdagi sotib olingan tovarlar hisobiga shakillanib boradi va xokozo. Bunda sotilmay qolgan tovarlar qiymatini oxirgi harid narxlari tashkil qiladi.
Yuqorida keltriigan ma'lumotlardan foydalanib FIFO yordamida qoldiq va
sotilgan tovalarning tannarxini anilaymiz. Sotilgan (400 dona) tovarlar qiymati 5310 so'mni tashkil qiladi, ya'ni:
Qoldiq tovarlar qiymati 50 dona x 10 so'm = 500 so'm
Birinchi xarid 120 dona x 12 so'm = 1440 so'm
Ikkinchi xarid 150 dona x 15 so'm = 2250 so'm
Uchinchi xariddan 80 dona x 14 so'm = 1120 so'm
Jami: 400 dona 5310 so'm
Demak, mavjud TMZlardan 400 donasi sotilgan bo'lsa sotilmay qolganlari 100 dona bo’lib, ularning qiymati oxirgi harid narxlari bo’yicha hisoblanadi va uning hajmi 1400 so’m(100 dona x 14 so’m)ni tashkil qiladi.
Oxirgi xarid narxlari bo’yicha baholash (LIFO - oxirgi kirim, birinchi chiqim) usulining mohiyatiga ko’ra oxirgi xarid qilingan tovarlarning bahosi birinchi navbatda sotilgan tovarlarning qiymatini aniqlash uchun, hisobot davrining oxiriga bo'lgan zahiralar qoldig'ining tannarxi esa birinchi navbatda xarid qilingan tovarlar tannarxi asosida hisob qilinadi. Tovar-moddiy zahiralarini baholashning ushbu usuli O’zbekiston Respublikasi BHMSda qo’llashga tavsiya qilinmagan.
Yuqorida keltirgan misolimiz ma’lumotlaridan foydalanib LIFO usuli yordamida sotilgan va davr oxirida TMZ qoldig’ini aniqlaymiz. Dastavval sotilgan (400 dona) tovarlar qiymatini aniqlab olamiz:
Uchinchi xarid 180 dona * 14 so'm = 2520 so'm
Ikkinchi xarid 150 dona x 15 so'm = 2250 so'm
Birinchi xarid 70 dona x 12 so'm = 840 so'm
Jami 400 dona 5610 so'm
Demak sotilgan 400 dona TMZni umumiy tannarxi 6210 so’mni tashkil qilgan bo’lsa, sotilmay qolgan (qoldiq) tovarlar qiymati 1100 so'mni tashkil qiladi, ya'ni 6710 - 5610 = 1100 so'm yoki
Qoldiq tovarlar qiymati 50 dona x 10 so'm = 500 so'm
Birinchi xarid 50 dona x 12 so'm = 600 so’m
Jami: 100 dona 1100 so'm
Keltirilgan hisoblardan ko'rinib turibdiki, sotilgan tovarlar qiymatini oxirgi xarid narxlari asosida, qoldiq tovarlar qiymati (tannarxi)ni esa, dastlabki xarid narxlari bo'yicha aniqlandi. Hisoblarni bunday amalga oshirilishi, yuqorida aytib o'tganimizdek, LIFO usuli mohiyatidan kelib chiqadi.
Endi yuqorida keltirilgan usullarni qo'llab sotilgan va qoldiq tovarlar qiymatini aniqlaganimizda, ular hajmi orasida qanday farq bo'lishini olingan ma'lumotlar asosida qiyosiy tahlilini o'tkazaylik. Qo'llanilgan usullarda sotilgan tovarlar tannarxini aniqlash moliyavly natijalarga qanday darajada ta'sir ko'rsatishini tasavvur qilish uchun, faraz qilayliq har dona tovarni sotish bahosi 18 so’m tashkil qilsin.



Ko’rsatkichlar

Qo’llanilgan usullar




O’lchov birligi

Yalpi identifikatsiyalash usuli

AVECO usuli

FIFO usuli

LIFO usuli

Mavjud zahira
Hajmi
Qiymati

Dona

So’m


500

6710


500

6710


500

6710


500

6710


Sotilgan zahiralari
Hajmi
Qiymati

Dona

So’m


400

5260


400

5368


400

5310


400

5610


Zahiralar qoldig’i
Hajmi
Qiymati

Dona

So’m


100

1450


100

1342


100

1400


100

1100


Sotishdan tushum

So’m

7200

7200

7200

7200

Sotishdan olingan foyda

So’m


1940


1832


1890


1590


Ko'rinib turibdiki, garchand, barcha hollarda ham bir xil zahira sotilgan va bir xil zahira qoldig'i bo'lsada, sotilgan va qoldiq zahiralarning qiymatlari har xil so’mmani tashkil qilmoqda. Demak, sotilgan zahiralar qiymatini turlicha bo'lishi sotishdan olingan foydani ham turlicha bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Mantiqan olib qaraganda, qaysi usulni qo’llashimizdan qatiy nazar zahiralar sekin-asta sotiladi va ular qiymati keyingi davrda to’la sotilgan mahsulot qiymatiga o'tadi. Bu yerda gap faqat zahiralar qiymatini qanchasi hisobot davrida mahsulot qiymatiga olib borilayotganligi va ular orasida vatinchalik farqlar yuzaga kelayotganligi haqida bormoqda xolos.


Shunday qilib, mahsulot tannarxini aniqlashning turli usullarini qo'llashning qiyosiy tahili shuni ko’rsatadiki, FIFO usulini qo'llaganda eng ko'p foyda ko'rsatkichiga erishish mumkin ekan (yalpi identifikatsiya usuli keng qo'llanmaganligi uchun bundan mustasno), bu ma'lum ma'noda bozor sharoitida baholarni tinmay o'zgarib (ko'pincha ortib) turishi bilan bog’lik. Chunki tovar moddiy qiymatliklar qoldig’i qiymati nisbatan yuqori darajada hisoblanadi, sotilgan tovarlar qiymati esa pasaytiribroq ko’rsatiladi. Shunga mos ravishda foyda summasi ko’proq chiqadi, bu o’z navbatidagi byudjet hamda aktsionerlar ko’proq soliq va dividendlar olishiga sabab bo’ladi.
Agar LIFO usulidan foydalanilsa, tovar-moddiy qiymatiklar qoldig’I tannarxi pastroq darajada hisoblanib, sotilgan tovarlar tannarxi so'nggi holda yuqori darajada ko’rsatiladi, natijada foyda ozroq summani tashkil qiladi va unga mos holda byudjet hamda aktsionerlar soliq va dividentlarini kamroq summada olishadi.



Yüklə 309,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin