Курс иши мавзу


Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimi



Yüklə 309,81 Kb.
səhifə8/14
tarix07.01.2024
ölçüsü309,81 Kb.
#202646
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
di

2.4. Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimi.
Tovar-moddiy zahiralarini hisobga olishning ikki xil tizimi mavjud bo'lib, ular quyidagilardir:

Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz (doimiy) hisobga olish. Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Natijada butun hisobot davri mobaynida quyidagilar aniq bo‘ladi: ma’lum bir tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va sotilgan zaxiralarning tannarxi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, sotishning borishiga qarab “Sotilgan mahsulot tannarxi” schyotida aks ettiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish. Davriy hisobga olish tizimi qo‘llanilganida yil davomida tovar-moddiy zaxiralarni batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarizatsiya natijalari bo‘yicha aniqlanadi.
Tovar moddiy zahiralarini uzluksiz (doimiy) hisobga olish tizimini mohiyati shundaki, bunda tovar-moddiy zahiralarining kelishi (sotib olinishi) va chiqib ketishi balans hisobvaraqlarida muntazam va batafsil ravishda aks ettirib boriladi. Bu usulning afzalligi shundaki zahiralar harakati ustidan doimo nazorat qilish, ularni turlari bo’yicha hajmi va saflangan qismi haqidagi axboratlarni muntazam olib borish hamda sotilgan mahsulotlarni tannarxini aniqlab borish imkoniyatariga ega bo'ladi. Demak, bu tizimni qo'laganda TMZlarni boshqarish va zahiralarni optimal hajmini ta'minlash mumkin. TMZlarni uzluksiz hisobga olib borish tizimini batafsilroq tushunib olish uchun ularni balans hisobvaraqalarida aks ettirib borilishini misol yordamida ifodalash:
1.Mol yetkazib beruvchilardan xomashyo va materallar olingan vaqtda
Dt Materiallar
Kt Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanadigan hisobvaraqlar
2. Moddiy zahiralar ishlab chiqarishga berilgan vaqtda:
Dt Asosiy ishlab chiqarish
Kt Materiallar
3.Asosiy faoliyatda band bo'lgan (mahsulot ishlab chiqarishdagi ishchilarga
mehnat haqi hisoblandi:
Dt Asosiy ishlab chiqarish
Kt Mehnat haqi bo’yicha hisoblashishlar
4.Umumishlab chiqarish sarflari (ustama xarajatar sifatida) mahsulot
tannarxiga olib borilganda:
Dt Asosiy ishlab chiqarish
Kt Umumishlab chiqarish sarflari
5.Ishlab chiqarilgan mahsulot tayyor mahsulotlar omboriga topshirilganda:
Dt Ombordagi tayyor mahsulotlar
Kt Asosiy ishlab chiqarish
6. Sotilgan mahsulotlar tannarxi hisobdan chiqarilganda
Dt Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi
Kt Ombordagi tayyor mahsulotlar
Ko'rinib turibdiki, TMZlarining har bir harakati taalluqli balans hisobvaraqlarda aks ettrilib bormoqda.
Tovar-moddiy zahiralarini davriy hisobga olish tizimini mohiyati shundaki, bunda TMZlarini har biri bo’yicha batafsil hisob yurtilmaydi, balki xarajatlarning vaqtinchalik hisobvaraqlar yordamida hisobga olib boriladi va inventarizatsiya natijasi bo'yicha zahiralar qoldig'i ma'lum bo'lgandan keyingina ular tannarxi aniqlanadi.
TMZlarini davriy hisobga olishning (ko'pincha savdo tashkilotlarida samarali foydalanib,) asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • TMZlarini har biri bo'yicha batafsil hisob yuritmaydi;

  • sotib olingan TMZni hisobga olish uchun maxsus vaqtinchalik hisobvaraqdan

  • foydalaniladi;

  • TMZlar hisobvarag'ida yil boshidagi qoldiq inventarizatsiya o'tkazilmaguncha

  • o'zgarmay turadi;

  • TMZlarining haqiqiy qoldig’i (mavjudligini aniqlash uchun inventarizatsiya

  • o'kazish lozim;

  • Sotilgan tovarlar tannaxi faqat inventarizatsiya natijasi bo’yicha aniqlanadi.

TMZlari davriy hisobga olish tizimini qo’llaganda sotilgan tovarlar tannarxini aniqlash uchun ko'rsatkichlarni balans bog'lanish usulidan foydalaniladi, ya'ni



bu yerda:
T- sotilgan tovarlar tannarxi
- davr boshiga tovar moddiy zahiralari qoldig’i;
S - sotib olingan tovar-moddiy zahiralar
- davr oxiriga tovar-moddiy zahiralar qoldig’i;
Hisobot davrining oxirida tovar-moddiy zahiralari qoldiqlarining inventarizatsiyasi natijalari bo’yicha tovar-moddiy zahiralarini hisobga olish balans hisobvaraqlarining debetlanish yoki kreditlanishi "Tovar-moddiy zaxiralari bo'yicha tuzatishlar" yoki "Materiallar harid qilish bo'yicha xarajatlar" hisobvaraqlar bilan bog'lanishda tuzatish yozuvlari qilinadi. TMZlarini hisobga olishning davriy tizimi ularning harakatini muntazam nazorat qilib borishni imkoniyati bo'lmaydi, chunki TMZ qanchasi sotilgan va qanchasi qolganligini muntazam aniqlab borishni imkoniyati bo’lmaydi. TMZlarini hisobvaraqlarda aks ettirilishi quyidagicha amalga oshirilib boriladi:
1. Mol yetkazib beruvchilardan TMZlari harid qilib olinganda (davr mobaynida
sotib olishlarga ushbu o'tkazma muntazam berib boriladi):
Dt Davriy hisobda TMZni sotib olish
Kt Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to 'lanadigan hisobvaraqlar
2. Davr oxirida inventarizatsiya o’tkazilgandan keyin, TMZlari qoldig’i aniqlanga vaqtda:
Dt Yakuniy moliyaviy natija
Kt Davriy hisobda TMZni sotib olish
3. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan TMZlari qoldig’idagi farqga (agar
boshlang'ich qoldiq yakuniy qoldiqqa nisbatan kamroq bo'lsa):
Dt Ombordagi tovarlar
Kt Davriy hisobda TMZ bo' yicha tuzatishlar
4. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan TMZlardagi farqqa qoldig’iga (agar
boshlang'ich qoldiq yakuniy qoldiqqa nibatan ko’proq bo’lsa):
Dt Davriy hisobda TMZ bo'yicha tuzatishlar
Kt Ombordagi tovarlar
Butun hisobot davri davomida sotilgan tovar-moddiy zahiralarining tannarxi tovar-moddiy zahiralari bo'yicha tuzatishlar hisobvaraqning qoldig'iga, materillar xarid qilish bo'yicha xarajatlar hisobvaraqning debeti bo'yicha yig'ilib boradi. Hisobvaraqlar rejasida davriy hisob tizimidan foydalanish maqsadida alohida "TMZ larni xarid qilish" hisobvarag'i ajratilgan. Davriy hisob tizimida yil davomida harid qilingan tovar moddiy zahiralar summasi ana shu hisobvaraqning debetida yozib boriladi. Yil oxirida hisobot tuzish maqsadida o'tkazilgan inventarizatsiya natijasida ombordagi TMZ qoldig'i aniqlandi. Bu ma'lumotlarga asosan ikki muhim axborotni: sotilgan tovarlar tannarxini (agar ulgurli savdo bo'lsa) yoki sotilgan tovarlar tannarxiga kiritilishi lozim bo’lgan material xarafatlarni (agar ishlab chiqarish bo'lsa) va albatta, moliyaviy natija - foyda yoki zararni aniqlash mumkin.

Yüklə 309,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin