Курс иши мавзу


Tovar-moddiy zaxiralar hisobining vazifalari



Yüklə 309,81 Kb.
səhifə4/14
tarix07.01.2024
ölçüsü309,81 Kb.
#202646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
di

Tovar-moddiy zaxiralar hisobining vazifalari

Tovar-moddiy zaxiralar harakati bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish

Tovar-moddiy zaxiralarining to‘g‘ri saqlanishi ustidan nazorat olib borish

Sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi bo‘yicha hamda sotish rejasining bajarilishini nazorat qilish qilish

TMZni yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida bo‘ladigan hisoblashishlarni kelishilgan vaqtda amalga oshirish

Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan materiallarni kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash

Yo‘ldagi tovarlar, mahsulotlar va moddiy qiymatliklarning harakati va tovar-moddiy zaxiralarni yetkazib berish sanalari ustidan nazorat o’rnatish

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr xarajatlarini o‘z vaqtida aniq hisob-kitob qilish

Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini to‘g‘ri aniqlash va boshqalar


Materiallarning ishlab chiqarishga to‘g‘ri sarflanishi hamda ularni sarflash me’yorlariga rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib borish

Moddiy texnika ta’minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib borish



Mahsulot (ish, xizmat) va tovar sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish

Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash va sotish

Tovar moddiy zahiralari asosiy vositalardan farq qilib, bir ishlab chiqarish jarayonida o'zining qiymatini to'la ravishda mahsulot tannarxiga o'tkazadi. Shunday ekan aylanma mablag'lar harakatchanligi bevosita tovar moddiy zahiralaridan samarali foydalanishga bog’liq. Aylanma mablag’larning korxona uchun umumiy miqdori yuqori tashkilotlar, ya'ni tegishli vazirlik tomonidan belgilanadi. Tovar-moddiy zaxiralar - faoliyat yuritish jarayonida keyinchalik sotish maqsadida saqlab turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoki ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir. Mehnat buyumlari yoki boshqacha qilib aytganda, moddiy resurslar asosiy vositalar bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ularning asosiy vositalardan farqi shundaki, materiallar har bir ishlab chiqarish tsiklida butunlay iste'mol qilinib, ishlab chiqarish jarayonida o'zining dastlabki jismoniy ko’rinishini yo'qotadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga o'z qiymatini to’la ravishda o'tkazadi.


Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda quyidagilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin:
a) xomashyo va materiallar, xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, tara va tarabop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik jihozlari hamda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, ma’muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan boshqa materiallar zaxiralari;
b) boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun chetdan qabul qilingan chorva mollari;
v) detallar, uzellar, buyumlarga tugallanmagan ishlov berilishi va ularning yig‘ilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko‘rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo‘yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlarni (xizmatlarni) bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi;
g) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish siklining pirovard natijasi — realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan va shartnomada yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);
d) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatiy faoliyati davomida qo‘shimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar obyektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) ham keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo‘lib hisoblanishi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobining birligi zaxiralar to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish hamda ularning mavjudligi va harakati ustidan lozim darajada nazoratni ta’minlash maqsadida tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning xususiyatlari, ularni xarid qilish va ulardan foydalanish tartibidan kelib chiqib tovar-moddiy zaxiralarning birligi nomenklatura raqami, partiya, bir turdagi guruh va hokazo bo‘lishi mumkin.
4-sonli "Tovar-moddiy zahiralari" deb nomlangan O’zbekiston Respublikasi BHMSda tovar-moddiy zahiralar takibiga xo’jalik yurituvchi sub'yektlarning quidagi aktivlar kiritiladi:
-Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida ishlatlishi ko’zda tutilgan xomashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgi, idishlar, ehtiyot qismlari, boshqa materiallar hamda arzon baholi tez eskiruvchi buyumlar;
-Tugallanmagan ishlab chiqarish;
-Xo'jalik yurituvchi sub'ektning oddiy faoliyatida sotish uchun mo'ljallangan tayyor mahsulot va tovarlar.
Tovar moddiy zahiralar 1000- 2900 schyotlarda yuritiladi:
1000 – xomashyo va materiallarni hisobga oluvchi schyotlar
1100 – o’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlar
1500 – materiallarni tayyorlash vax arid qilishni hisobga oluvchi schyotlar
1600 – materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar
2000 – asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar
2300 – yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar
2500 – umum ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar
2600 – ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar
2800 – tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar
2900 – tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar
Moddiy ishlab chiqarish zahiralari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida turgan o'rinlari va xususyatariga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi:

  • xomashyo va asosiy materiallar;

  • yordamchi materallar;

  • sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar;

  • chiqindilar;

  • yoqligillar;

  • idish va idish materiallar;

  • ehtiyot qismlar;

  • inventar va xo’jalik jihozlari.

Xomashyo deb, hali sanoat ishlovidan o'tmagan va mahsulotlarning asosiy moddiy qismini tashkil qiladigan mehnat buyumlariga aytiladi masalan: paxta tozalash korxonalari uchun tozalashga keltirilgan paxta tolasi, metallurgiya zavodi uchun temir ruda, ko'n zavodiga keltirilgan ishlanmagan teri, un zavodiga keltirilgan bug'doy va hokazo. Xom ashyolarga sanoat ishlovini bir marta bo'lsa ham o'tgan mehnat buyumlari kiradi. Qayta ishlash korxonalari xom ashyosini, ko’pchilik hollarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari va qazib oluvchi sanoatning mahsulotlari tashkil etadi.
Asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga buyum sifatida kiradigan va shu mahsulotning asosini tashkil qiladigan mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan: mashinasozlik sanoatida asosiy materiallarga metall, prokat, tikuv fabrikalaridagi gazlama kiradi.
Yordamchi materiallar ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga kirib, ularda sifat o'zgarishlar hosil qiladi, ya'ni mahsulotga chiroy beradi, mazasini o'zgartiradi, lekin uning asosini tashkil qilmaydi yoki ishlab chiqarish jarayonida mehnat vositalarini ta'mirlash, sozlash uchun ishlatiladi yoki mehnat jarayoni uchun kerakli sharoit yaratib berish uchun xizmat qiladi.
O'rni kelganda shuni eslatib qo'yish lozimki, materiallarni guruhlarga bo'lganda, aniq sharoitni hisobga olish lozim. Bir turdagi materiallar mahsulotni yaratishdagi roliga qarab birinchi sanoat korxonasida asosiy material bo'lsa, ikkinchisida yordamchi material bo'lishi mumkin.
Yarim tayyor mahsulotlar deb, ishlab chiqaruvchi bir tsexda to'la tugallanib boshqa tsexlarda qayta ishlash davom ettiriladigan mehnat buyumlariga aytiladi. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olinishi yoki korxonaning o'zida ishlab chiqarilishi mumkin. Shuning uchun sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar shu korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlardan ajratilgan holda hisobga olinadi.
Chiqindilar – korxonaning o’zida asosiy yoki yordamchi materiallar sifatida ishlatilishi mumkin, ayrim paytlarda esa boshqa korxonalarga sotiladi. Chiqindilar asosan xomashyo va materiallarni qayta ishlash, mahsulot ishlab chiqarish natijasida paydo bo’ladi. Chiqindilarni to’g’ri hisobga olish va ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.
Yoqilg'i ishlab chiqarishdagi roliga ko'ra yordamchi materiallarga o'xshab
ketadi. Yoqilg’ilar korxonalarda texnologik maqsadlarga yoqilg'i sifatida va isitish
yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.
Idish va idish materiallari sotilayotgan mahsulotlarni o’rash, joylashtirish uchun xizmat qilib, mahsulot bilan birgalikda sotiladi.
Ehtiyot qismlar mashina, asbob-uskuna va bosha mehnat vositalarini ta'mirlash maqsadida ishlatiladi.
Korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:

  • Inventarizatsiya natijasida aniqlangan egalik qilish huquqi bo'lmagan tovarlar;

  • Konsignatsiya (tovarlarni vositachilar (konsignatorlar)ning omborxonalari orqali sotish shakli)da bo'lgan tovarlar.

Darhaqiqat, inventarizasiya (yo'qlama) o'kazish davrida korxonada uning egalik qilish huquqi bo’lmagan tovarlar aniqlanishi mumkin. Bu mijozning buyurtmasiga asosan tayyorlangan (ya'ni oldi-sotdi bitimi bajarilgan) unga qarashli va jo'natishni kutayotgan tovardir. Aniqlangan bunday tovarlar korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiritilmaydi. Ular sotish jarayonida qayd qilinishi lozim.
Tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kirmaydigan tovarlarning yana bir turi bu konsignatsiyadagi tovarlardir. Konsignatsiya komitent yoki konsignant deb ataladigan mulkdorni o'z tovarlarini boshqa kompaniya omborlarida sotish uchun joylashtirishdir.
Konsignator bunday tovarlarni o’zining moddiy zahiralari tarkibiga kiritmasligi kerak, chunki realizatsiya davrigacha bu tovarlar jo'natuvchi konsignantning mulki hisoblanadi.
Misol: Boshqa shaxslardan materiallarni tekinga olinishini bugalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan rasmiylashtirish mumkin:
Dt 1010
Kt 8530
Misol: Mahsulotni sotish uchun idishlarning sarflanishini bugalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan rasmiylashtirish mumkin:
Dt 9430
Kt 1060
Misol: Mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishdga taalluqli bo’lgan nomoddiy aktivlarni bugalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan rasmiylashtirish mumkin:
Dt 2010
Kt 0510
Misol: Tovarlar qayta ishlashga berildi bugalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan rasmiylashtirish mumkin:
Dt 2010
Kt 2910


2-Bob. Korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni baholash tartibi, ularni tannarxini aniqlash, sof sotish qiymatida hisobdan chiqarishning usullari va ularni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimi.



Yüklə 309,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin