Kurs ishi topshirdi: Choriyeva Mohichehra Qabul qiladi: Qo’shayev To’xtasin Termiz – 2022 Mavzu



Yüklə 86,51 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü86,51 Kb.
#204182
1   2   3   4   5   6   7   8
Mohichehra

Mustaqil ishining predmeti. Korxona valyuta mablag’lari harakati tahlilining iqtisodiyotda ahamiyati, uni takomillashtirish yo’llari va unga doir hisobotlar tahlili
Mustaqil ishining ob'ekti. Korxona valyuta mablag’lari harakatining iqtisodiyotdagi ahamiyati O’zbekiston Resbuplikasi korxona hisobotlari yordamida o’rganildi.
Mustaqil ishning asosiy maqsadi va vazifalari. Korxona valyuta mablag’lari harakati tahlilining iqtisodiyotda ahamiyati, uni takomillashtirish yo’llariva unga doir hisobotlar tahlili ko‘rib chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelb chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
-Valyuta mablag’lari harakati tahlili tushunchasining ilmiy-nazariy asoslarini o’rganish
-Hozirgi qiymatga keltirilgan kelajakda kutilayotgan sof pul oqimlari usuli va uning tahlilini o’rganish
-Pul oqimlarini prognozlashni o’rganish
Mustaqil ishi mavzusining nazariy - amaliy ahamiyati. Respublikada Korxona valyuta mablag’lari harakati mavzusi borasida xorijlik bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan Agapova T.A,Seregina S.F, Axmedov D.K,Ishmuxamedov A.E., Jumayev K.,Djumayev, Z.A, Ivashkovkiy S.N,Gryaznovoy A.G. Dumnoy N.N. ilmiy ishlaridan mazkur masalani alohida muhim jihatlari o‘z aksini topgan.
Mustaqil ishning natijalari, xulosa va takliflari tashkilotlarning zamonaviy boshqaruv faoliyati, usullari va vazifalari to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlar doirasi o‘rganiladi. Mustaqil ishning amaliy ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi Korxona to'lov qobiliyatini rivojlantirish, qarorlar qabul qilish, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Mustaqil ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Ushbu Mustaqil ishi kirish, 3 ta reja, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib uzviy ketma-ketlikda ifodalangan.

  1. Valyuta mablag’lari harakati tahlili tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari

Korxonalarda «Pul oqimlari to‘g‘risidagi» hisobot shakli bilan birga ushbu shaklga ilova qilinib, «Valuta mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma» ham beriladi. Ushbu ma’lumotda asosan korxonaning valuta mablag‘lari harakati aks ettiriladi, ya’ni korxonada mavjud bo‘lgan valuta mablag‘larining yil boshiga qoldig‘i; jami valuta tushumlari; shulardan sotishdan tushgan valuta tushumi, konvertatsiya hisobiga tushgan tushum, valuta hisobida olingan kreditlar va boshqa manbalar hisobiga kelib tushgan tushumlar; jami sarflangan valuta mablag‘lari; shulardan ishlab chiqarish sarflariga qo‘shiladigan xarajatlar, ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlari, mol yetkazib beruvchilarga to‘langan valuta to‘lovlari, valuta hisobiga olingan kredit uchun to‘lovlar va ularning foizlari hamda boshqa maqsadlar uchun to‘langan valuta mablag‘lari bo‘lishi mumkin va nihoyat, hisobot davri oxiridagi valuta qoldig‘i aks ettiriladi. Korxonalarda valuta mablag‘larining oqimi va ularning tuzilmaviy ko‘rinishini quyidagi jadval misolida ko‘rib chiqishimiz mumkin:

Yüklə 86,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin