Kursloyihas I



Yüklə 334,61 Kb.
səhifə6/7
tarix16.05.2023
ölçüsü334,61 Kb.
#113853
1   2   3   4   5   6   7
beton to\'ldiruvchilar texnalogiyasi kurs ishi0305

Texnologiyaning tavsifi
Optimal rejimda gilli granulalarni pishirish kamporit olish texnologik jara-yonning asosiy qismi xisoblanadi. Gilli granulalarning ko’pchishi bevosita aktiv gazlarning chiqishi va gilning piroplastik holatga o’tishi bilan mos kelishi shart.
Oddiy sharoitda gilni kuydirishda gaz xosil bo’lishi piroplastikka nisbatan past haroratda sodir bo’ladi,. Masalan, magniy karbonatning dissotsiatsiyasi-6000S gacha, kaltsiy karbonatining dissotsiatsiyasi (bo’linishi)- 950 0S gacha, gilli minerallarning degidratatsiyasi esa 8000Sgacha haroratda amalga oshadi. Organik birikmalarning yonishi past haroratda boshlanadi, temir oksidlarining tiklanish reaktsiyasi esa- 9000S da yuz beradi. Gilli granularning piroplastik holatga o’tishi - 10000S yuqori haro-ratda yuz beradi. SHu sababli kamporit olishda xom granulalarni pishirish haroratni
juda tez oshirishda erishiladi, aks xolda haroratni sekin oshirishda gazlarning asosiy qismi ko’pchishgacha erkin chiqib ketadi va zich ko’pchimagan massa hosil bo’ladi. Granulalarni juda tez ko’pchish haroratigacha qizdirish uchun dastlab uni tayyorlash, quritish va isitish kerak.
S.P.Onatskiyning izlanishlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, issiqlik ishlov berishning bosqichma-bosqich rejimi optimal xisoblanadi: xom granulalarni uzluksiz 200-6000S gacha issitish va so’ngra juda tez ko’pchish haroratigacha (1200-12500S) qizdirish.
Xom granulalarni pishirish aylanma pechlarda bajariladi, konstruktsiya bo’yicha ular bir barabanli, ikki barabanli va issiqlik almashinuvini bajaruvchi pech turlariga bo’linadi. Ishlab chiqarishda bir barabanli aylanma pechlar keng ishlatiladi, diametri-2,5m va uzunligi-40m Bu pech tsilindr metall barabandan iborat bo’lib, ichki qismi olovga bardoshli material (g’isht) bilan qoplangan. Aylanma pech uch gradus qiyalikda joylash-tiriladi va o’z o’qi bo’yicha sekin aylanadi. SHu sababli pechning yuqori qismidan tushadigan xom granulalar uning aylanishidan pastki qismiga qarab harakatlanadi, bu qismida gaz va suyuq ko’rinishdagi yoqilg’ilarni yondirish
uchun gaz gorelkasi yoki forsunka joylashtiriladi. Natijada, xom granulalar issiq gazlarga qarshi harakatlanadi, isiydi va qizdirish zonasida ko’pchiydi. Granulalar pechda o’rtacha 1 soat bo’ladi.
Issiqlik ishlov berishning optimal rejimini ta’minlash uchun, pechning ko’pchish zonasi uning boshqa qismlari (tayyorlash zonasi)dan halqa yordamida ajra-tiladi. Aylanma pechning ko’pchish zonasi yoki ikkita ohirgi qismlari kengay-tirilgan va o’rta qismi toraytirilgan bo’lsa analogik samaraga erishiladi. Granulalarning ko’pchishi gilni piroplastik holatga o’tishida sodir bo’ladi, bunda ishlab chiqarishning oz miqdorda ham berilgan parametrlardan chetlashishi granula-larni o’zaro yoki pechning ichki devoriga yelimlanib qolishiga olib keladi.
Karboporit ishlab chiqarishning samarali yo’li bu granulalarni olovga bardoshli kukunlar bilan qoplash hisoblanadi. Bu kukun sepuvchi maxsus barabanda yangi tayyorlangan granulalar qoplanadi yoki bevosita aylanma pechda ko’pchish zonasidan oldin maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi. Granulalar sirtini kukun bilan qop-lash ishlab chiqarish jarayonini va pishirish haroratini barqarorlashtiradi. Natijada keramzit uyma zichligi pasayadi va pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi ortadi,
Aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qayta qo’llashda yoqilg’i sarfini kamaytiradi. SHu maqsadda pechdan tashqari va pech ichidagi issiqlik almashinuvini qo’llash yoqilg’i sarfini 10% dan 30% gacha tejashga erishiladi.
Pechdan tashqari issiqlik almashuvi uchun kuydirish agregati tarkibiga kiruvchi qatlam tayyorlovchi SMS-197 ishlatiladi. Qatlam tayyorlovchi qurilmada xom granulalar nafaqat quritiladi, balki 200-3000S gacha qizdiriladi, natijada uzunligi 20m va diametri 2,8m aylanma pechlar ishlatiladi. Karboporitni kuydirishda ishlatiladigan ikki barabanli pechning tayyorlash va ko’pchish zonalari ikkita turli tezlikda harakatlanuvchi barabanlardan tashkil topadi.
Barabanlarning aylanish tezligi shu holatda tanlanadiki, bunda ko’pchish barabani-dagi to’shalgan granulalar isitish barabanidagiga nisbatan 1,5-2 marta tezroq hara-katlanishi kerak. Ikki barabanli pechda har bir xomashyo turi uchun optimal issiq-lik ishlov berish rejimi tanlanadi. Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish shuni ko’r-satadiki, bu holatda olingan kamporitning sifati ortadi, mahsuldorlik oshadi, yoqilg’i sarfi kamayadi.
Keramzit ishlab chiqarishda yaxshi ko’pchiydigan gilli xomashyo nisbatan kam bo’l-ganligi sababli, o’rtacha va kam ko’pchiydigan xomashyolardan foydalanishda issiqlik ishlov berish rejimini optimallashtirish kerak.
Xorij amaliyotidan kelib chiqib, shu narsa ma’lumki, xomashyo (sanoat chiqin-dilari) asosida karboporit kabi to’ldiruvchilar olishda kuydirish ishlari uch barabanli aylanma pechda yoki uch-to’rtta ketma-ket joylashgan pechlarda bajariladi. Ularda nafaqat har bir bosqich uchun qizdirishning optimal tezligi va davomiyligi ta’minlanadi, balki turli gazli muhit ham mavjud bo’ladi.
Karboporit ishlab chiqarishda gazli muhitning ahamiyati, kuydirishda yuzaga keluvchi kimyoviy reaktsiyalar bilan tushuntiriladi. Tiklanish muhitida Fe2O3ning FeO ga o’tishi nafaqat gaz hosil bo’lishining manbai bo’lib, balki gilning piroplastik holatga o’tishida asosiy faktor bo’lib xizmat qiladi.


Yüklə 334,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin