Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
Hozir shu daqiqalarda Oyisha begim Boburning ko‘ziga olovli jozibaga to‘lib ko‘rindi. 
O‘zining bu xobgohda uch-to‘rt kunda bir marta tunashi endi tushunib bo‘lmaydigan 
anglashilmovchilikday tuyuldi. «Minba’d har kuni shu xobgohga kelurmen! — deb o‘zicha 
ahd qildi. — Men Samarqandga ketsam, necha oy, necha haftalar ayriliqda o‘tgay. 
Undan ko‘ra Andijonda murosayu qanoat bilan yashayversammikin?» 
______________ 
* S o v r i — ovqat sovib qolmasligi uchun ustiga yopiladigan maxsus idish.
* * * 
Tong otdi. Kechasi Boburning rejalarini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan sehrli tuyg‘ular ertalab 
oftobdan qochgan yulduzday qayoqqadir yashirindi. Er-xotin nonushta qilib o‘tirganlarida 
Ahmad Tanbal bilan Ali Do‘stbekning o‘rgimchak to‘rlari yana uning xayolini chirmab 
oldi. Bobur kecha elchiga «Samarqandga albatta borurmiz», deb va’da bergan, 
Qosimbek boshliq sodiq kishilar yangi yurish tayyorligini boshlab ham yuborishgan edi. 
Bobur va’dasidan qaytishi mumkin emasligi ertalabki yorug‘likda aniqroq 
ko‘rinayotganga o‘xshadi. 
Oyisha begim undagi xomushlikni sezib, sukut saqlab o‘tiribdi. Bobur uning yuziga 
botinib qaray olmay ko‘kragidagi oltin bargaklariga ko‘z tashladi: 
— Begim, O‘ratepaga boradigan bo‘ldingizmi? 
Boburning yana Samarqandga yurish qilishi qat’iy ekani uning gap ohangidan sezildi. 
Oldindagi bir necha oylik hijron Oyisha begim uchun behad og‘ir edi. Bu og‘irlikni Bobur 
unchalik sezmayotgani Oyisha begimga xuddi bemehrlik nishonasidek tuyuldi-yu, birdan 
alamini keltirdi. 
— Hazratim, avval Samarqand sizga muyassar bo‘lsin. Keyin borsam birato‘la shahrimga 
borurmen. O‘ratepaga emas! 
Boburning nazarida, Oyisha begim uning Samar-qandni qayta egallashiga ko‘p ham 
ishonmayotganday ko‘rindi. Shuning uchun Bobur haramdan chiqib keta turib: 
— Mayli, begim, — dedi sovuq ohangda: — Xudo xohlasa, shahringizda ko‘rishganda bu 
gaplarni yana davom etkarurmiz. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin