Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Setzen Sie das Demonstrativpronomen ein



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə103/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   533
Quvonova Word

32. Setzen Sie das Demonstrativpronomen ein.
Heute hast du schon wieder ….. Kleid an wie gestern und vorgestern.
A) dasselbe B) dasselben C) des D) dasselbes
33. Setzen Sie das Demonstrativpronomen ein.
….. Studentin steht im dritten Studienjahr.
A) Jenes B) Jener C) Jene D) Jenem
34. Setzen Sie das Interrogativpronomen ein.
Hallo, ist mit dir los?
A) wem B) wer C) was D) wie
35. Setzen Sie das Relativpronomen ein.
Das ist der Zug, nach Garmisch-Partenkirchen fährt.
A) dem B) das C) den D) der

8//////////////9 - MAVZU : SIFAT ( DAS ADJEKTIV )
Yuqorida aytib o‘tilganidek, otlar asosan dunyodagi narsalarni tilda aks ettirishga xizmat qiladi.Sifatlar esa shu narsalarning belgisini aks ettirish uchun xizmat qiluvchi mustaqil so‘z turkumidir.Demak, sifatlar predmetning belgisini, xususiyatini ifodalaydi. Sifat predmetning rangini, tusini, sifati, xususiyatini, holatini, xarakterini, ta’mini, mazasini, hajmi, psixik holati va boshqalarni ifodalashi mumkin. Masalan: rot, krank, süß, klug.
Sifat welcher?,welches?,welche? hamda was für ein? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Nemis tilida sifatlar turlanadigan (die flektierte Form) va turlanmaydigan (die unflektierte Form) formaga ega.Sifatning turlanadigan formasi gapda aniqlovchi bo‘lib keladi. Aniqlovchi bo‘lib kelgan sifatlar otdan oldin kelib, u bilan son, kelishik va rodda moslashadi: Das große Haus ist neu.
Sifatning turlanmaydigan formasi esa gapda predikativ bo‘lib, ya’ni ot kesimning bir qismi bo‘lib keladi. Predikativ (ot kesimning bir qismi) bo‘lib kelgan sifatlar esa gapning oxirida keladi va o‘zgarmaydi. :Ich bin glücklich.
Ba’zi sifatlar (sicher, fähig, würdig, ansichtig, überdrüssig, - Genetiv; ähnlich, gleich, treu, verdächtig, böse, dankbar, bekannt – Dativ va boshqalar) predikativ bo‘lib kelganda, boshqarish xususiyatiga ega bo‘lib, to‘ldiruvchini vositali kelishiklaridan biriga turishini talab qiladi.
Ayrim hollarda ular predlogli to‘ldiruvchi stolz (auf+Akk), froh (über+Akk), berühmt (durch+Akk), zufreiden (mit+Dat), reich(an+Dat), schuld(an+Dat), einverstanden (mit+Dat)lar bilan ham keladi:A.Nawai ist durch seine Werke berühmt.
Sifatlar daraja va turlanishga ega.Nemis tilida sifat ot kabi rod, son va kelishik formasiga ega .Lekin bu grammatik forma otga tegishli bo‘lgan grammatik formadan farq qiladi.Otlarda har bir ot uchun alohida rod belgilangan, sifatlarning rodi esa otning qanday rodda bo‘lishiga bog‘liqdir .Masalan: großer Tisch, große Tafel, großes Buch kabi.Sifatning kelishik va son formalari ham aniqlanmish otning kelishik va otiga bog‘liqdir.Shuning uchun ham sifatning grammatik formasi otning „absolyut“ formasiga nisbatan „nisbiy“ kategoriya deb yuritiladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin