Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə105/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   533
Quvonova Word

Nisbiy sifatlar predmetdagi belgini uning boshqa biror predmetga bo‘lgan turlicha munosabatiga ko‘ra bildiradi. Nisbiy sifatlarning ko‘pchiligi odatda ot,fe’l va ravishdan yasalgan bo‘lib,belgini darajalab ko‘rsatmaydi. Nasbiy sifatlar quyidagi ma’nolarni bildiradi.
a) predmetning o‘zi yasalgan materiali: golden, wollen, seiden, silber;.
b) O‘rin yoki payt munosabatlari: täglich, järlich, heutig, gestrig, dortig.
s) Turli xil tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatni:menschlich, kindlich, sparsam,tragbar, zorning, freudig.
Nemis tilida nisbiy sifatlar qisqa formaga ega bo‘lib, belgini darajalab ko‘rsatmaydi va ular ravishga ko‘cha olmaydi. Nisbiy sifatlar sifat yasovchi turli affikslar va boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan bo‘ladi. Masalan: gold-en, hölz-ern, nächt-lich, hör-bar;
8.3 Sifatlarning turlanishi
(Die Deklination der Adjektive)

Aniqlovchi vazifasida keladigan sifat gapda turlanadi.Sifatning turlanishi otning turlanishidek mustaqil bo‘lmay, balki nisbiydir.Sifatlar uch xil turlanadi:kuchsiz turlanish, kuchli turlanish, aralash turlanish.Sifatlarning turlanishi uning oldidan qo‘llanadigan so‘zlar (artikl,olmosh, son) ga bog‘liq bo‘ladi. Chunki sifat moslashgan otning rod ,kelishik va sonini ko‘rsatadi.Demak, sifatning turlanish turi uning aniqlovchi sifatida qo‘llanadigan so‘z birikmasi sostaviga bog‘liq.So‘z birikmasining sostavi quyidagicha bo‘ladi:


1) yetakchi so‘ z + sifat + ot ;
2) sifat + ot;
So‘z birikmasining asosiy yoki bosh komponenti otdir.

8.4 Sifatlarning kuchsiz turlanishi
( Die schwache Deklination der Adjektive )

Sifat oldidan aniq artikllar der,die,das,die, olmoshlar-dieser,solcher,jener,jeder,solche,diese,jene,solches, dieses, jenes,derselbe,derjenige,aller,mancher,folgender,gleicher,jegleicher,welcher kelsa sifat kuchsiz turlanadi.Sifat kuchsiz turlanganda


birlikda har uchala rod Nominativda va sredniy, jenskiy rod Akkuzativda –e qo‘shimchasini, qolgan kelishiklarda esa –en qo‘shimchasini oladi , shuning uchun ham bu nominal turlanish deb ham ataladi.Faqat sifatning kuchsiz turlanishida rod, kelishik va son, kuchli turlanishdagidek, ochiq ifoda etilmaydi.Sifatning kuchsiz turlanishida etakchi so‘z, ya’ni aniq artikl yoki olmoshlar sifat oldida qo‘llanadi.Bunda sifat bilan turlangan otning grammatik rodi ochiq ko‘rinadi.
Singular

K

Maskulina

Feminina

Neutra

N

dieser heiß-e Tag

jene alt-e Frau

solches klein-e Buch

G

dieses heiß-en Tages

jener alt-en Frau

solches klein-en Buches

D

diesem heiß-en Tag

jener alt-en Frau

solchem klein-en Buch

A

diesen heiß-en Tag

jene alt-e Frau

solches klein-e Buch

Kuchsiz turlanganda sifat ko‘plikda barcha kelishiklarda –en qo‘shimchasini oladi


Plural

K










N

diese heiß-en Tage

jene alt-en Frauen

solche klein-en Bücher

G

dieser heiß-en Tage

jener alt-en Frauen

solcher klein-en Bücher

D

diesen heiß-en Tagen

jenen alt-en Frauen

solchen klein-en Büchern

A

diese heiß-en Tage

jene alt-en Frauen

solche klein-en Bücher

Sifat ko‘plikda :alle beide,sämtliche,welche,keine so‘zlaridan keyin
kuchsiz turlanadi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin