L Le L L
ya’ni har bir juft lepton zaryadi alohida saqlanishi kerak. Lepton zaryadi saqlanish qonuni juda aniq bajarilmasligi ham mumkin. Va shu sababli neytrino massasining 0 ga teng emasligi m 0 bilan birgalikda neytrino ossilyatsiyasiga ham olib kelishi mumkin.
V-barion zaryadining saqlanish qonuni ham kalibrovkali invariatlik bilan bog‘liqdir. Bu qonunning natijasi sifatida protonning absolyut stabilligi kelib chiqadi. Lekin zamonaviy nazariy usullar bu saqlanish qonuni ham aniq bajarilmasligini kо‘rsatmoqda va shu sababli protonning yashash vaqti р 1034 yil
deb belgilanadi. Bu qarab chiqqan saqlanish qonunlari barcha о‘zaro ta’sirlarda bajariladi. Endi har bir о‘zaro ta’sirda bajariladigan spetsifik saqlanish qonunlariga tо‘xtalamiz.
2. Kuchli о‘zaro ta’sir eng simmetrik о‘zaro ta’sirdir. Bu о‘zaro
ta’sirda S- qiziqlik kvant soni va Т - izospin saqlanish qonunlari о‘rinlidir.
S-qiziqlik kvant soni saqlanish qonuni qiziq zarrachalarning ochilishi bilan bog‘liq. Bu zarrachalar kuchli о‘zaro ta’sirda hosil bо‘lib, kuchsiz о‘zaro ta’sir ostida parchalanadi. Ikkita oddiy (S0) zarracha tо‘qnashganda bitta (S 0) qiziq zarracha hosil bо‘lsa, unga qarama-qarshi qiziqlik ishorali zarra ham hosil bо‘lishi kerak. Masalan,
р К , ya’ni 0 0 11
bо‘ladi. Lekin р sodir bо‘lmaydi.
-
Chunki
|
0010
|
sababli, barcha boshqa saqlanish
|
|
qonunlari bajarilishiga qaramasdan bu jarayon kuzatilmaydi.
B) Т -izospin saqlanish qonuni izospin simmetriya, ya’ni kuchli о‘zaro ta’sirning izospin almashtirishlariga nisbatan invariantligi bilan bog‘liqdir. Bu saqlanish qonuni yadro kuchlarining elektr zaryadiga bog‘liqmaslik xususiyatini belgilaydi. Kuchli о‘zaro ta’sirda izospin saqlanish qonuni Т 0 va Т3 0 qoidasiga olib keladi.
3. Elektromagnit о‘zaro ta’sirda T-izospin saqlanmaydi. Boshqa barcha saqlanish qonunlari, shu bilan birga T3- izospin proyeksiyasi
saqlanishi bajariladi. Chunki T3 saqlanish qonuni zaryad saqlanish
qonunini ta’minlaydi. Masalan, 0 , 0jarayon-
larda Т 1 ga teng, ya’ni Т 0 qonun buziladi.
О‘zaro kuchsiz ta’sirda 1 punktdagi barcha universal saqlanish qonunlari bajariladi. S- qiziqlik kvant soni saqlanmaydi, aks holda eng yengil qiziq zarralar - K-mezonlar stabil zarralar
bо‘lardi. Bunda S 0 yoki S 1 bо‘ladi. Birinchi holga neytronning -parchalanishi misol bо‘ladi. Shu sababli ham -giperon birdaniga oddiy zarrachalarga parchalanmaydi, chunki bu holda S-2 bо‘lib, faqat kaskad kо‘rinishda oddiy zarrachalarga о‘tishi mumkin. S-maftunlik kvant soni uchun ham shu qoidalar о‘rinlidir. T-Izospin va uning T3-proyeksiyasi ham saqlanmaydi. Masalan,
0 р , 0n0, p0
О‘zaro kuchsiz ta’sirda fazoviy va zaryad juftliklari ham saqlanmaydi. Bu xususiyatlarga alohida tо‘xtalib о‘tamiz. Biz qarab chiqqan saqlanish qonunlarini ixcham kо‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin.
Barcha jarayonlarda energiya va impuls momenti saqlanishi
hamda
q 0, L0, B0
bо‘lishi kerak.
Kuchli о‘zaro ta’sir jarayonlarida
Т0, S0, C0
lekin qatnashuvchi barcha zarralar adron bо‘lishi kerak.
3. Elektromagnit jarayonlarda
T0, T30, S0, C0
adronlar, zaryadlangan leptonlar, fotonlar qatnashgan holda.
Kuchsiz о‘zaro ta’sirlarda 2 va 3 punktdagi qoidalar bajarilmaydi, Agar bu qoidalar bajarilgan bо‘lib, jarayonda neytrino qatnashsa ham kuchsiz jarayon hisoblanadi. Shu о‘rinda saqlanish qonunlariga bog‘liq bо‘lmagan umumiy qoidani ham aytib о‘tish о‘rinli: agar ma’lum jarayonda oxirgi zarralar soni qancha kam va ular umumiy massasi qancha kichik bо‘lsa, bu jarayonning sodir bо‘lish ehtimolligi shuncha katta bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |