II.4)Kvarklar va ularning xususiyatlari.
Oldingi mavzulardan ma’lumki, biz hozirgacha qarab о‘tgan elementar zarralar asosan 3 sinfga bо‘linadilar: leptonlar, ular kuchli о‘zaro ta’sirda qatnashmaydilar; adronlar-о‘zaro kuchli ta’sirda ham
qatnashadilar; o‘zaro ta’sir tashuvchilar-foton, W ,Z 0 bazonlar va G-graviton. Leptonlar - haqiqiy elementar zarralar hisoblanadi. Hozirda 10 -18 m masofagacha ular о‘zlarini nuqtaviy zarracha kabi tutishadi va о‘z ichki strukturasini namoyon qilishmadi. Ikkinchidan, ular bor yо‘g‘i 6 ta - е , е , , , ,
(antizarralari bilan 12 ta) bо‘lib, е va neytrinolar absolyut stabil zarralar hisoblanadi, -mezon va -leptonning yashash vaqti esa yadro vaqtiga (10-22s) nisbatan ancha katta. Endi adronlarga kelsak, birinchidan, ular soni ancha kо‘p bir -necha yuzga teng va asosiy qismini rezonanslar tashkil qiladi. Ikkinchidan, ular elektromagnit strukturaga ega. Maslalan, R va neytron magnit momentlariga ega. Shu sababdan adronlarga xos umumiy xossalar izlandi va adronlar boshqa elementar zarralardan tashkil topmaganmikan degan fikr paydo bо‘ldi. Bu yо‘nalishdagi birinchi model E.Fermi va Ch.Yang tomonidan 1949-yili taklif qilindi. Bu modelga kо‘ra о‘sha vaqtda ma’lum bо‘lgan p, n va ularning antizarralari fundamental zarralar deb e’lon qilindi. Lekin sal vaqt о‘tib qiziq zarralar ham tajribada kuzatilishi bilan bu model kengaytirildi. Natijada barcha mavjud adronlar p, n va -qiziq zarra va ular antizarralarining ma’lum kombinatsiyalaridan tuzilgan deb qaraldi. Bu qarash 1956-yili S.Sakata tomonidan ilgari surildi va Sakata modeli deb ataladi.
Lekin yangi adronlarning ochilishi va ularning bu model doirasida tushuntirib bulmasligi sababli Sakata modeli inqirozga yuz tutdi. Lekin shunday bо‘lsada bu model adronlar strukturasini о‘rganish yо‘lida katta rol о‘ynadi. 1964-yili M.Gell-Mann va J.Sveyg kasr zaryadli kvarklar tripletini taklif qilishdi. Hozirda bu kvarklar:
u-kvark (up- baland)
d-kvark (down-past)
s-kvark (g’alati yoki qiziq)deb ataladi.
Kvarklar xarakteristik jadvali.
7.11-jadval.
Kvark
|
J
|
р
|
B
|
T
|
T3
|
Y
|
S
|
q
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
u
|
12
|
1
|
13
|
12
|
12
|
13
|
0
|
23
|
d
|
12
|
1
|
13
|
12
|
12
|
13
|
0
|
13
|
s
|
12
|
1
|
13
|
0
|
0
|
23
|
-1
|
13
|
-
Kvarklar uchun
|
ham
|
Gell-Mann-Nishidjima
|
tenglamasi
|
|
Dostları ilə paylaş: |