Kvarklar va ularning xususiyatlari. Reja: I. Kirish



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/11
tarix05.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#124894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kvarklar va ularning xususiyatlari. Reja I. Kirish (1)

Mavzuning predmeti. K.I ni bajarishda ―Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi bo‘limining o‘qitilishi, mazmuni, zamonaviy ahamiyati va ped.texnologiyalardan unumli foydalanishdan iborat.


Tadqiqot metodi. Tadqiqot ishining bajarilishida muammoga oid ilmiy, ilmiy – uslubiy ishlar va adabiyotlarni taxlili, hamda tadqiqot natijalarini umumlashtirish va matematik – statistik ishlov berish metodlaridan foydalanildi.
II.1. Elementar zarralarning asosiy xususiyatlari klassifikatsiyasi.
Elementar zarra deb, hozirgi vaqtda ma’lum bо‘lgan materi-yaning eng mayda zarrachasiga aytiladi. Elementar zarra boshqa hech qanday mayda zarradan tashkil topmagan bо‘lishi kerak. Elementar sо‘zi lotincha “boshlang‘ich, oddiy, asosiy” degan ma’noni anglatadi. Elementar zarralarning о‘ziga xos xossalaridan biri ularning о‘zaro aylanishidir.

Hozirgi kunda antizarralar bilan birgalikda 350 lar atrofida elementar zarralar bizga ma’lum. Elementar zarralar orasida 4 ta о‘zaro ta’sir kо‘rinishi mavjud: kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion (bu yerda ularning intensivligi kamayib borish tartibida sanab о‘tilgan). О‘zaro ta’sir intensivligini, о‘zaro ta’sir konstantasi (doimiysi) orqali xarakterlash (ifodalash) qabul qilingan.


U о‘lchamsiz kattalik bо‘lib, berilgan turdagi о‘zaro ta’sir natijasida yuz beradigan jarayon ehtimolligini ifodalaydi. Konstantaning qiymatlar nisbati, nisbiy ehtimollikni beradi.
Elementar zarralarning tinch holatdagi massasi ular uchun etalon bo’lib xizmat qiladi. Bir turdagi zarralar bir-biriga shunchalik o’xshashki, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Bu xol ayniqsa ularning massasi o’zaro aniq tengligida ko’rinadi. Zarralarning massasi odatda ular xarakatdaligida o’lchanadi: xarakat natijasida nishon jism tuzilishini buzishiga qarab uning energiyasi, magnit maydonda xarakat trayektoriyasining egriligiga qarab uning impulsi aniqlanadi. Xuddi makrodunyodagidek, mikrodunyoda ham mexanik xarakat uchun zarraning massasi, to’la energiyasi va impulsi orasida bog’lanish mavjud.
Ta’sir turlari.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin