L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz



Y

Marshall xochi 
(kresti) 


 
122 
Keyinchalik 
«talab 
bahosi» 
rivojlantirilib 
«talabning 
elastikligi» 
(qayishqoqligi) konsepsiyasi ilgari suriladi, bu talab hajmining baho (narx) 
o‘zgarishiga bog‘liqligi ko‘rsatkichidir. 
Ikkinchi gurux uchun tarqatma material. 
Marjinalizm iqtisodiy ta’limotning navbatdagi bosqichi yangi klassik yo‘nalish 
bo‘lib,uning shakllanishi ingliz Alfred Marshall nomi bilan bog‘liq (yuqorida 
berilgan), shu yo‘nalish tarafdorlari ichida amerikalik J.B.Klark, italiyalik V.Pareto 
g‘oyalarini ko‘rsatish mumkin. Bu olimlarda ekonometrik usullar yetakchidir. 
Yuqorida dastlabki ikki olim haqida fikr bildirgan bo‘lsak, bu yerda Vilfredo 
Pareto(1848-1923)ning iqtisodiy g‘oyalari kata ahamiyatga ega. Uning asosiy 
asoslari: «Siyosiy iqtisod kursi» (1898), «Siyosiy iqtisod ta’limoti» (1906) va 
«Umumiy sotsialogiya bo‘yicha traktat»(1916). U L.Valras bilan (1982 yildan) birga 
Lozane universitetida ishlay boshladi. Uning asosiy xizmati shuki, u asosiy 
marjinalistik tushuncha «foydalilik» («naf»)ni miqdoriy o‘lchashniig yangi usulini 
taklif etdi, u «ijtimoiy maksimal foydalilik» yoki «Pareto optimumi»ni muomalaga 
kiritdi. Bu tushuncha xatto bu odamning turmush darajasi yaxshilanishi barchaning 
turmush darajasi ortishi uchun yoki jilla bo‘lmasa yomonlashmasligi mumkinligini 
hisoblash imkonini beradi. Bu konsepsiya foyda (foydalilik)ni maksimum qilish 
uchun optimal qaror qabul qilish yo‘lini yaratadi. 
Uchinchi gurux uchun tarqatma material. 
Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli 
oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, 
iqtisod sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridman (1912) hisoblanadi. Uning 
«Pulning miqdoriy nazariyasiga oid tadqiqotlar» nomli asari (1956) katta ahamiyatga 
ega. 
Bu maktab vakillarining diqqat markazida pul kategoriyasi va pul-kredit 
dastaklari turadi. Monetarizm bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariya bo‘lib, 
davlatning pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlangan holda, pul 
muomalasini nazorat qilish rolini tan oladi. Boshqa sohalarga davlat aralashuvini 
inkor etadi.
Pulga bo‘lgan talab va taklif 
Inson bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z boyliklarini har xil shakllarda (pul, 
qimmatli qog‘ozlar, yer uchastkasi, ko‘chmas mulk) saqlashi mumkin. Boylikning bir 
qismini pul shaklida ushlab turish maqsadga muvofiq. M.Fridmanning real kassa 
qoldiqlariga bo‘lgan talab formulasi qo‘yidagi ko‘rinishga ega: 
D

= M / R = F ( R
b,
Re, P
e,
K, Y/R, u), 
Bu yerda: M / R – real kassa qoldiqlari summasi, R

va Re – obligatsiya va 
aksiyalardan olinishi kutiladigan nominal daromad normasi, P

– baholar o‘zgarishi,
K – moddiy ashyoviy shaklda jamg‘arilgan boyliklar ulushi, Y/R – real daromad , u – 
hisobga olinmagan omillar.
Muomalada pul taklifi markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi, tijorat 
banklari beradigan kreditlar miqdori, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga 
solinib turiladi. Pul massasi ko‘p bo‘lsa tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab yuqori 


 
123 
bo‘ladi. Pul massasining ko‘payishi bilan baholarning o‘sishi kelib chiqadi, bu esa 
tadbirkorlarni ishlab chiqarish xajmini kengaytirishga, mahsulot yetishtirishni 
ko‘paytirishga rag‘batlantiradi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin