95
tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy
siyosatdagi asosiy
vazifasi – aktiv savdo balansiga erishishdir. (eksportning importdan ustun
bo‘lishidir). Eksport va import o‘rtasidagi farq – mamlakat boyligining o‘sishidir.
Real boylik – bu «o‘lik pullar» yig‘indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul
kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.
Keyingi merkantilizmning aktiv savdo balansiga
erishish uchun bir qator
tavsiyalari shulardan iborat edi:
Tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‘li bilan egallash;
Mamlakatda aktiv savdo balansini saqlab turgan holda tovarlar
importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari);
Shu haqda yetuk ingliz merkantilist Tomas Men «agar mamlakatda pul
muomalasi qattiq
tartibga solinib turilsa, chetga monetani erkin chiqarilishini
taqiqlansa, unda tashqi savdoni normal rivojlantirib bo‘lmaydi» degan xulosaga
keladi.
O‘z
navbatida, fransiyalik Antuan Monkreten(1576-1621) «Siyosiy iqtisod
traktati»da savdogarlarni ancha foydali toifa, deb hisoblaydi. U manufakturani
rivojlantirishni, hunarmandchilik
maktablarini tashkil etishni, mahsulotlar sifatini
yaxshilashni va mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan
Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni tavsiya qildi.
Dostları ilə paylaş: