94
Birinchi gurux uchun tarqatma material. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining
asosiy mohiyati.
XU asr oxiri-XU11 asrlar davomida yangi iqtisodiy ta’limotlar merkantilizm
va u bilan bog‘liq siyosat paydo bo‘ldi. Bu ta’limot bo‘yicha milliy - xalq boyligi
muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu
ta’limotda ikki davrni ajratish mumkin: 1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya’ni
pul degani) XU -XU1 asrlarda (qisman XU11 asrda) mavjud bo‘ldi va boylik asosan
oltin, kumush va boshqa qimmatbaho javohirlardan iborat bo‘ladi, degan g‘oya ilgari
suriladi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko‘proq-
nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targ‘ib qilingan. 2.
Rivojlangan merkantilizm ta’limotida boylik savdo-sotiq sohasidagi savdo balansi
asosida yuzaga keladi, imkoni boricha ko‘proq eksport qilish va mumkin qadar
kamroq import qilish g‘oyalari ilgari surilgan. Merkantilizm ayrim mamalakatlardagi
ko‘rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada
kameralistika shakllari yaxshi ma’lum. Bu ta’limot yangi tug‘ilayotgan jamiyat-
kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv harakterga ega bo‘ldi. Kapitalning dastlabki
jamg‘arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo‘llab-quvvatladi, tovar
muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi.
Merkantilizmda davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etish shart, shunga oid iqtisodiy
siyosat ham yuzaga keldi.
Merkantalizm tarixan cheklangan bo‘lsa ham (u XVIII asrda to‘g‘ri va qattiq
tanqidga uchradi). Iqtisodiy ta’limotlar tarixida munosib o‘rinni egallaydi. Lekin bu
ta’limot va unga asoslangan siyosatni to‘la amaolga oshirish qanday oqibatlarga olib
kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan ma’lum. Merkantalizm moliya tizimi va savdo
rivojiga muxim qissa qo‘shdi.