L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material.
Monetarizmning asosiy qoidalari: 

Birinchi qoida – bozor xo‘jaligining barqarorligini tan olish. Bozor iqtisodiyoti 
o‘zining ichki xususiyatiga ko‘ra barqarorlikka, o‘zini o‘zi tartiblashga intiladi. 
Nomutanosibliklarning vujudga kelishiga asosiy sabab, bu tashqaridan 
bo‘ladigan aralashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi 
(J.M.Keyns tasdig‘iga qarshi); 

Ikkinchi qoida – pul omilining muhimligi. M.Fridman fikriga ko‘ra pul-kredit 
siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi, chunki pul – bu maxsus tovar, 
uni xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. 
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pul iqtisodiyotni tartiblash va 
barqarorlashtirish rolini bajarishga qodir; 

Uchinchi qoida – pul siyosati uzoq muddatli harakterga ega, pul massasidagi 
o‘zgarishlar YAIMga birdan emas, balki bir oz vaqtdan keyin ta’sir ko‘rsatadi. 
Pul massasi bilan iqtisodiy o‘sish o‘rtasida muvozanat bo‘lishi zarur. Real 
YAIMning o‘sishi bir yilda 3%ni tashkil etganda (AQSH uchun), pul 
massasining o‘rtacha o‘sish sur’ati 4-5% miqdorida belgilanishi lozim.
Agar pul massasining o‘sish sur’ati YAIMning o‘sish sur’atidan past bo‘lsa, unda 
qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish pasayadi, lekin uzoq vaqt o‘tishi bilan 
iqtisodiy o‘sish o‘zining «tabiiy» holatiga keladi. Pul massasining yetishmasligi esa 
talabga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, real ishlab chiqarish xajmi esa pasayib boradi. 
Ayirboshlash tenglamasi 
M.Fridman 
konsepsiyasi 
pulning 
miqdoriy 
nazariyasiga 
asoslanadi.
Muomalada pul massasi ko‘paysa baholar o‘sadi, pulning harid quvvati esa baho 
darajasiga bog‘liq. Bir qancha o‘rtacha hisob-kitoblarga muvofiq, tovar aylanishini 
ta’minlovchi naqd pul M.Fridman tahmin qilishicha, bir yillik daromadning (MD) 
1/10 qismini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, pul yiliga o‘n marta aylanishi lozim.
Monetarizmning asosiy tenglamasi qo‘yidagi tenglama hisoblanadi (I.Fisher 
tenglamasi): 
M x V = P x Q, 
Bu yerda M – pul miqdori, V - muomaladagi pulning aylanish tezligi, P – 
baholar darajasi, Q – ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori. 
Pul miqdorining o‘sishi, o‘z navbatida baholar yoki ishlab chiqarish 
miqdorining o‘zgarishi to‘g‘risida dalolat beradi.
(Pul taklifi o‘sishi uning «arzonlashuviga» olib keladi (foiz stavkasi pasayadi). 
Kredit olish foydali hisoblanadi, investitsiyaga talab kengayadi. Kapital 
qo‘yilmasining ortishi bilan YAIM ko‘payib boradi, ish bilan bandlik ham oshadi). 
Monetarizm va keynschilik konsepsiyalarining umumiy tomonlari shundan 
iboratki, har ikala nazariya, eng avvalo, bozor iqtisodiyoti sharoitida qo‘llanishga 


 
124 
qaratilgan. Ma’lum ma’noda har ikala nazariya bir-birini o‘zaro to‘ldirib turadi. Agar 
J.M.Keyns daromadlarning harajatlarga miqdoriy bog‘liqligini asoslab bergan bo‘lsa, 
M.Fridman esa daromadlarning pulga bog‘liqligini ko‘rsatib berdi.
Monetarizm ham, keynschilik ham iqtisodiyotni tartiblash zarurligidan kelib 
chiqadi. 
J.M.Keyns konsepsiyasi 
M.Fridman konsepsiyasi 
1) Davlatning bozor xo‘jaligiga 
aralashuvi zarur; 
1) Bozor o‘zini o‘zi tartiblashga qodir; 
2) Ish bilan bandlik yalpi talabga 
bog‘liq; 
2) Iqtisodiyot o‘zi ishlab chiqarish va 
ish bilan bandlik darajasini o‘rnatadi;
3) Pul massasi ishlab chiqarishga 
nisbatan xolis ( umuman ta’sir 
etmaydi); 
3) Pul massasi – baholarning o‘sishi va 
kon’nkturaning o‘zgarishi sababchisidir;
4) Asosiy muammo – ishsizlik; 
4) Asosiy muammo – inflyatsiya; 
5) O‘zgaruvchan pul siyosati lozim; 
5) Barqaror pul siyosati zarur; 
6) Byudjet kamomadi – talabni 
rag‘batlantirish vositasi; 
6) Byudjet kamomadi – inflyatsiya 
sababchisi; 
7) Keynschilik – iqtisodiy o‘sish 
nazariyasi. 
7) Monetarizm – iqtisodiy muvozanat 
nazariyasi. 
M.Fridmanning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning qattiqqo‘l pul siyosatidir, 
har yili kon’yukturaga bog‘lanmagan holda pul massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, 
bu yo‘l AQShda yaxshi natija berdi. 
Dars yakunida o‘qituvchi talbalarni mashg‘ulot davomida bergan javoblari, 
tartibi, gurux bo‘lib ishlashi, bir-birlarini fikrini xurmat qilishi va tingash olishlari 
hisobga olib qo‘ygan ballarini eshittiradi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin