L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Ikkinchi gurux uchun tarqatma material



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Ikkinchi gurux uchun tarqatma material. 
Dastlabki merkantilizm 16-asrning 
o‘rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari U.Stafford (Angliya), 
G.Skaruffi (Italiya) hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini 
olib borgan. Bu siyosat tashqi savdoni qattiq tartiblab turish yo‘li bilan 
mamlakatning pul boyligini ko‘paytirishga qaratilgan edi (mamlakatning puli 
qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy hisoblangan).
Dastlabki merkantilistlar qo‘yidagi omillarni: 

Eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‘rnatishni; 

Tovarlar importini har tomonlama cheklashni; 

Mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslikni maqsadga muvofiq hisobladilar. 
Uchinchi gurux uchun tarqatma material.
Keyingi merkantilizm 16-asrning 
ikkinchi yarmidan 18-asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrga kelib 
mamlakatlar o‘rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. 
Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‘rniga keyingi merkantilistlarning 
«savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. Keyingi merkantilizmning asosiy vakillari 
ingliz Tomas Mann, Jon Lokk, R.Kantilon, fransiyalik Antuan Monkreten 
hisoblanadilar.
Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan 
tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun 


 
95 
tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy 
vazifasi – aktiv savdo balansiga erishishdir. (eksportning importdan ustun 
bo‘lishidir). Eksport va import o‘rtasidagi farq – mamlakat boyligining o‘sishidir. 
Real boylik – bu «o‘lik pullar» yig‘indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul 
kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir. 
Keyingi merkantilizmning aktiv savdo balansiga erishish uchun bir qator 
tavsiyalari shulardan iborat edi: 

Tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‘li bilan egallash; 

Mamlakatda aktiv savdo balansini saqlab turgan holda tovarlar 
importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari); 
Shu haqda yetuk ingliz merkantilist Tomas Men «agar mamlakatda pul 
muomalasi qattiq tartibga solinib turilsa, chetga monetani erkin chiqarilishini 
taqiqlansa, unda tashqi savdoni normal rivojlantirib bo‘lmaydi» degan xulosaga 
keladi.
O‘z navbatida, fransiyalik Antuan Monkreten(1576-1621) «Siyosiy iqtisod 
traktati»da savdogarlarni ancha foydali toifa, deb hisoblaydi. U manufakturani 
rivojlantirishni, hunarmandchilik maktablarini tashkil etishni, mahsulotlar sifatini 
yaxshilashni va mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan 
Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni tavsiya qildi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin