Demak, ishlab chiqarish xonalari va ish o‘rinlari havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash (o‘lchash), mexanik va kimyoviy tarkibini tahlil qilish va zurur holatlarda uning miqdorini sanitar me’yorlar talabi darajasigacha kamaytirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish mehnat sharoitini yaxshilash bo‘yicha yechiladigan masalalarning asosiylaridandir.
Ishlab chiqarish xona havosining changlanish darajasini baholash uchun changning havodagi miqdorini (chang konsentratsiyasini), changning kimyoviy tarkibini, uning eruvchanligini, zaharliligi va chang zarrachalari shaklini bilish zarurdir.