Laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Audio va videomateriallarga ishlov berish texnologiyalari. Reja


Mobil telefon va mobil aloqa muhiti



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix12.10.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#64962
1   2   3   4   5
6-laboratoriya

Mobil telefon va mobil aloqa muhiti. Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. 
Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekranga ega bo‘lib asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon 
apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa 
muhiti – tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo‘lib, abonentlarning bir -birlari bilan 
o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi. Mobil aloqa tizimida barcha ma’lumotlar 
mobil telefon orqali elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida simsiz havo orqali uzatiladi. 
Mobil aloqa xizmati operatorlari. Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa 
xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat 
ko‘rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o‘zining mobil tarmog‘ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini 


ishlab chiqarish, xizmat to‘lovlarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish kiradi. Hozirgi paytda O‘zbekiston 
hududida 5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko‘rsatmoqda, bular “Uzdunrobita” MCHJ HK – MTS, “YUnitel” 
MCHJ HK - Bilayn, “Koskom” MCHJ – Ucell, “Rubicon wireless comunication” MCHJ – “Perfektum Mobayl”, 
O‘zbektelekom AK – “O‘zbektelekom Mobayl”. Ushbu 5 ta mobil operator tomonidan bugungi kunda mobil 
so‘zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet kabi xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 
Mobil aloqa xizmati. 
Mobil aloqa hizmatlari: so‘zlashuv, mobil internet va pochta. Mobil aloqa hizmatlari  mobil aloqa vositalari 
yordamida abonentlarning so‘zlashuvi, mobil internet va pochta xizmatlari amalga oshiriladi. 
So‘zlashuv – telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiyaning antennasi chaqirayotgan va 
chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. SHundan so‘ng ushbu axborot uzib ulagichga (kommutator) yuborilib 
ikkita abonent bog‘lanadi va ushbu abonentlar orasida so‘zlashuv (ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi. 
YA’ni ikkita harakatlanuvchi abonentning mobil telefonlar orqali o‘zaro muloqoti - so‘zlashuvdir. 
Mobil Internet – harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Internet resurslaridan foydalanish 
texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlar va so‘zlashish ma’lumotlari axborotlarning paketli 
ko‘rinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni amalga oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish 
imkoniyati yaratiladi. Mobil Internetning qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qaerda va qanday 
holatda bo‘lishidan qat’iy nazar, u mobil aloqa tarmog‘i orqali Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi. Mobil Internet xizmatidan foydalanish uchun maxsus simsiz modem qurilmasi yoki ushbu xizmat 
yoqtirilgan mobil telefon bo‘lishi kerak. 
Mobil pochta - Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni orqali shaxsiy elektron 
pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Bunda Internet tarmog‘i yordamida oddiy elektron pochta xizmatidan 
foydalanish kabi mobil telefonlar yoki boshqa mobil aloqa vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda 
elektron pochta xizmatidan foydalanish, ya’ni pochta xabarlarini olish, o‘qish va javob yo‘llash mumkin. 
rasm. Mobil Internet. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin