Laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Audio va videomateriallarga ishlov berish texnologiyalari. Reja


Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix12.10.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#64962
1   2   3   4   5
6-laboratoriya

Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati. Mobil telefonlar va boshqa mobil aloqa 
vositalaridan foydalanganda so‘zlashish madaniyatiga, xabarlarni yozish va elektron pochtadan foydalanish 
etikasiga hamda telefon apparatidan foydalanish qoidalariga rioya qilish zarur. Telefon orqali nojo‘ya so‘zlarni 
gapirish, turli nojo‘ya xabarlarni jo‘natishdan saqlaning. 
«TashBus» mobil ilovasi (04.08.2016.) «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahrida 
yo‘lovchi tashish sohasida zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalarining joriy etilishini izchillik 
davom ettirib bormoqda. Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligini nishonlash arofasida Toshkent shahri 
yo‘lovchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun hamda jamoat transportida GPS-tizimining ishlashini 
takomillashtirishi maqsadida «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati «Grand Technology System» 
dasturi ta’minotining ishlab chiqaruvchisinig hamkorligida testlashtirish rejasidagi «Tashbus»mobil ilovasini 
ishga tushirdilar. 
Mobil moslamalaridan foydalanuvchilar «Tashbus» ilovasi yordamida avtobusning bekatga kelish vaqtini bilib 
olganlaridan keyin o‘zlarining yo‘lga chiqishlarini rejalashtira oladilar. Shu bilan birga ushbu ilova avtobusning 
on-layn rejimida Toshkent shahri elektron haritasida avtobus harakatini kuzatish imkoniyatini beradi. Hozirgi 
kunlarda mazkur ilova poytaxtagi barcha avtobus yo‘nalishini qamrab olgandir. 
Shuningdek, 
foydalanuvchilar 
ilova 
yordamida 
qo‘yidagi 
imkoniyatlarga 
ham 
ega: 
— tanlangan yo‘nalishdagi avtobuslarning harakatini kuzatish; 
—avtobuslarning tanlangan bekatga kelishi vaqtiga oid ma’lumotga ega bo‘lish; 
—tanlangan bekatdan qaysi yo‘nalishlar o‘tishi haqida ma’lumot olish; 
—eng yaqinroqdagi avtobusning eng yaqin bekatgacha bo‘lgan oraliq masofasini (distansiya) bilib olish; 


—jadallik imkoniyatiga ega bo‘lish uchun tanlangan yo‘nalishlar ro‘yxatiga yangi yo‘nalishlar qo‘shish va yana 
boshqa har-xil foydali funksiyalar. 
Hurmatli yo‘lovchilar va mobil moslamalarning foydalanuvchilari! Hozirgi vaqtda ushbu ilovadan foydalanish 
imkoniyati Android moslamalarida mavjud bo‘lib yaqin kunlarda ilova Apple iOS asosidagi mobil vositalariga 
imkoniyatli bo‘ladi. 
Shuningdek tez vaqt ichida ilovaning veb-versiyasi www.tashbus.uz saytida yo‘lga qo‘yilib, internet-
foydalanuvchilar ham jamoat transporti ishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar va avtobuslar harakatini kuzata 
oladigan bo‘ladilar. 
Mobil ilovaning ishlashini takomillashtirish maqsadida Sizning «Tashbus» ilovasining ishlashiga oid taklif va 
mulohozalaringizni bilishdan behad minnatdor bo‘lardik. 
Izox, fikr-mulohozalarini, takliflarni dastur orqali yoki tashbus@tshtx.uz elektron pochta orqali jo‘natish 
mumkin. «Tashbus» ilovasini GooglePlay va AppleStore dan o‘tkazib o‘lish mumkin. (Ilovani yuklab olish 
tekin). 
Holus — mobil qurilmasida tasvirni «gologrammaga» aylantiradigan interaktiv tizim 
H+Technology kompaniyasi o‘zining — Holus deb nomlangan ishlanmasini taqdim etdi. Mazkur qurilma o‘ziga 
xos displey bo‘lib, unga mobil qurilmasini ulash va undan tasvirlarni olish mumkin. Ishlab chiquvchilar Holusni 
golografik platforma deb hisoblaydilar. 
Hozirgi kunda ishlab chiquvchilar Kikstarter maydonchasida qurilmani ishlab chiqarishga mablag‘ 
to‘plamoqdalar. Buning uchun 50 000 dollar zarur. Kompaniya Holusni ko‘ngilochar tizim deb hisoblaydi, HQ 
qurilmasidan qandaydir kasbiy soha va tijorat maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Platforma datchiklar bilan 
jihozlangan bo‘lib, «gologrammaga» mo‘ljallanganligiga mos ravishda, foydalanuvchining harakatlarini kuzatib 
boradi. 
Bunda hammasi yaxshidek tuyuladi, biroq boshqa shunday holatlardagi kabi bu borada ham ko‘plab savollar 
tug‘iladi. Birinchidan, aynan qanday qilib, qurilma smartfondagi tasvirni «gologrammaga» aylantiradi. Bunda 
gap apparatda emas, balki dasturdadir. Ikkinchidan, videqo‘ng‘iroq bo‘lganda rolikda tizim qandaydir usulda 
abonentning uch o‘lchamli modelda tasvirlashga ulguradi. Uchinchidan, videodan olinadigan ayrim boshqa 
jihatlar, jumladan, qurilmaning o‘zaro ta’sir usullari ham shubhali tuyuladi. 
Bu savollarning barchasiga kelasi yil mart oyida aniq javob olish mumkin, sababi Holus savdoga chiqariladi. 
Tizim modifikatsiyasining narxi muvofiq ravishda (Pro versiyasi SDK ishlab chiqaruvchular komplektida 
oddiyroqlaridan HDMI porti mavjudligi bilan farq qilib) $850dan $950gacha bo‘lib, bu arzon hisoblanadi. Ishlab 


chiquvchilar qurilma platformasidan turli boshqaruv sohalarida foydalanishni mo‘ljallaganlar. Masalan, Emotiv 
«fikr kuchi» bilan boshqariladigan boshqaruv tizimi yoki Leap Motion qurilmasi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin