6-
Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Audio va videomateriallarga ishlov berish texnologiyalari.
REJA:
1) Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi dasturlar (Sound Forge).
2) Tovush fayl formatlarini zichlashtirish. Raqamli video. Windows OT muhitida
ishlovchi video fayllarga
ishlov beruvchi dasturlar va ulardan foydalanish. Videomontaj.
3) Android va iOS operatsion tizimida ovozli va video fayllarni yaratish. Konvertatsiya. Videopotokni
zichlashtirish yoki kadrlar bo‘yicha zichlashtirish. Simmetrik va asimmetrik zichlashtirish. Ssenariy asosda
mutaxssislik bo‘yicha mualliflik roliklar yaratish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor
bo’ron metodi, «Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni
xohlayman. bilib oldim” metodi, Klaster.
Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2;
Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga o‘rgatuvchi dasturlar kiritilishi mumkin. Multimediali o‘rgatuvchi
kompleks tarkibiga quyidagilar kiradi: elektron kitob (gipermatn, rasmlar, ovozli formatda izoh); baholash va
bilimlarni sinash uchun modul (testlar,
masalalar, javoblar); ma’lumotlar ombori va glosariy. Keltirilgan
modullar tashqari multimediali o‘rgatuvchi kompleksga quyidagi qo‘shimchalar kiritilgan: metodik hujjatlar,
ma’ruzalar taqdimotlari, o‘rgatuvchi dasturlar (kompyuterli modellar), bilimlarni yakuniy bahosi; maxsus sayt.
Ikki darajali ta’lim tizimi sharoitlarida multimediya-dasturlari turli qo‘llanishlari mumkin: multimediali
o‘rgatuvchi vosita yakka tartibda foydalanish vositasi, multimediali o‘rgatuvchi kompleks esa – o‘qituvchi va
magistrant quroli. Multimediali o‘rgatuvchi komlpeksning asosiy xususiyati interfaolligida, bu ta’limning ochiq
tizimini tashkil etishni, o‘qituvchini shaxsiy ta’lim berish jarayonini tanlash imkonini beradi. Ikkala dastur bir
birini to‘ldiradi. Bunday dasturlar talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi.
O’rgatuvchi dasturlarda video materiallar(roliklar, video filmlar) ishlatilgani va ularni qayta ishlash
imkonuyatlarini bo’lishini ta’minlash
uchun Ulead Video Studio, Movie Maker, Camtasia Studio, Adobe
Primiera kabi dasturlardan foydalanish mumkin.
Ushbu dasturlar yordamida video materialga ovozlar qo`shish yoki olib tashlash, filmni montaj qilish, xajmini
kichraytirish, sifatini qisman yaxshilash hamda bir formatdan boshqa formatga (videoformatlar: AVI, DV, DVD,
MPG, MP4, WMV, DAT, 3GP va hokazo) o`tkazish kabi ishlarini bajarish mumkin.
Kompyuter dasturlarini o`rgatishga doir o’rgatuvchi dastur yaratishda ushbu dasturlarda
ishlash jarayonini
to`g`ridan – to`g`ri hech qanday tasvirga tushiruvchi qurilmasiz yozib olish mumkin. Bu ishni Camtasia Studio,
Adobe Captivate dasturlari yordamida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari ushbu dasturlar
yordamida kompyuterga ulanuvchi mikrofon qurilmasi orqali tasvirga olish bilan bir vaqtda, jarayonni sharxlab
ketilishi (ovoz)ni ham yozib olish imkoniyati mavjud. Camtasia Studio va Adobe Captivate dasturlarining yana
bir e`tiborga molik xususiyatlaridan biri bu – olingan tasvir va ovozni vektor formati(SWF)ga o`tkazishidir.
O’rgatuvchi dasturlar uchun audio materiallarni tayyorlash, montaj qilish (qisqartirish yoki orasiga ovoz va
musiqa qo`shish), qayta ishlash(oshiqcha
effektlardan tozalash, ovozni sozlash) kabi ishlarni, audio fayl
formatini (audio fayl formatlari: wma, cda, mp3, mp4, wav, asf, rm va x.k.) bir formatdan boshqa formatga
o`tkazish
kabi amallarni Sony SoundForge, Fruity Loops, GoldWave, WaveLaB kabi dasturlar yordamida
amalga oshirish mumkin.
Mustaqil ta’limni tashkil etishda o‘rgatuvchi dasturlardlan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘rgatuvchi
dasturlar talabalar mustaqil ta’lim tashkil etish komponentasi sifatida tugallangan mavzular bloki va ilovalar
birligidir. O‘rgatuvchi dasturning har bir mavzusi asosiy tushunchalar kiritilgan nazariy ma’lumotlarga,
mavzuga mos amaliy mashg‘ulotlarni bajarish algoritmiga ega bo‘lishi lozim. Nazariy ma’lumotlardan
keyin
o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar ro‘yxati tavsiya etilishi kerak, bu talabalarni olgan bilimlarini aniqlab,
qiynalgan qismlarni qayta o‘zlashtirishga imkon beradi.
Mavzularni mustahkamlash maqsadida mustaqil ishlash uchun nazariy bilimlarga asoslangan amaliy
topshiriqlarga ega bo‘lishi kerak, bu esa talabalarda dastur bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qiladi.
O‘rgatuvchi dasturlarda axborot texnologiyalarni modulli xolatlarda integrallashgan kompleks vazifalari bo‘lishi
zarur. Ularni bajarish uchun nafaqat nazariy bilimlar talab etiladi, balki amaliy bajarish ko‘nikmasi, bir yoki bir
necha
fanlardan olingan bilimlar, qo‘shimcha ma’lumotlarni mustaqil izlash va boshqa axborot
texnologiyalardan foydalanishi ham kerak, bu axborot texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini yanada
rivojlantiradi. Bundan tashqari o‘rgatuvchi dasturda savollarga to‘g‘ri
javoblar, yordamchi ma’lumotlar va
chuqurlashtirilgan ma’lumotlar bo‘lishi kerak, bulardan talaba xoxlagan vaqtda foydalanishi mumkin.
Bunday elektron ta’lim resurslarini yaratishda tayyor dasturiy mahsulotlardan, web dasturlash tillaridan hamda
vizual dasturlash muhitlaridan keng foydalanilmoqda. Delphi dasturlash muhiti elektron darslik va o`rgatuvchi
dasturlar tayyorlashda juda qulay va keng imkoniyatlarga ega. Delphi dasturlash tilining soddaligi, interfeysning
qulayligi va unda yaratilgan dastur barcha operatsion tizimlarda ishlashi o`qituvchilarga qulaylik yar atadi.
Delphi muhitida multimediali dastur yaratish uchun maxsus komponentalar mavjud bo`lib, ulardan foydalanish
juda qulaydir.
Ushbu o’rgatuvchi dastur tuzishda Adobe Flash Pro CS5, Adobe Captivate CS5.5, Adobe Photoshop CS5,
Delphi 7 kabi programmalardan foydalanilgan.
SoundForge pro 10.0 dasturi