Internet planshetlar – bu maxsus mobil qurilma bo‘lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar
(masalan iPad) tashqi ko‘rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan
tashkil topgan bo‘lib, boshqa qo‘shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko‘rinishda tashkil etilgan.
Planshetlar to‘liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga
va hujjatlar bilan
ishlashga ixtisoslashgan.
Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS. Mobil
aloqa vositalari
yordamida axborotlarni uzatish Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Bluetooth
– kichik qamrov doirasiga ega bo‘lgan simsiz aloqa texnologiyasi. Tarmoq qurilmalari orasidagi
o‘zaro muloqotni va ularning Internetga ulanishini engillashtiradi. U shuningdek, turli elektron qurilmalari va
kompyuterlar orasida ma’lumotlar almashishni osonlashtiradi. Bluetooth kichik ma’lumot oqimlarini
uzatish
uchun mo‘ljallangan, shuning uchun mahalliy va global tarmoq texnologiyalarining o‘rnini bosa olmaydi.
SMS (Short Message Service)
– qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida abonentlarning bir-birlariga
qisqa matn xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati hisoblanadi. Qisqa xabarlar deyilishiga asosiy sabab
texnologik jihatdan bir xabar uzatishda 140 ta belgini uzatish mumkin.
MMS (Multimedia Messaging Service)
– GPRS texnologiyasiga asoslangan multimedia xabarlarini almashish
xizmati. Xizmat rangli rasm, fotosurat, musiqa va hatto videoroliqlarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi.
MMS texnologiyasi bevosita xabar matniga tasvir va musiqani biriktirishni nazarda tutadi.
MMS-xabarlarni
jo‘natish va qabul qilish uchun, MMS xizmatni
nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham
qo‘llashi zarur.
Dostları ilə paylaş: