ishlab chiqarish, xizmat to‘lovlarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish kiradi. Hozirgi paytda O‘zbekiston
hududida 5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko‘rsatmoqda, bular “Uzdunrobita” MCHJ HK – MTS, “YUnitel”
MCHJ HK - Bilayn, “Koskom” MCHJ – Ucell, “Rubicon wireless comunication” MCHJ – “Perfektum Mobayl”,
O‘zbektelekom AK – “O‘zbektelekom Mobayl”. Ushbu 5 ta mobil operator tomonidan bugungi kunda mobil
so‘zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet kabi xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Mobil aloqa xizmati.
Mobil aloqa hizmatlari: so‘zlashuv, mobil internet va pochta. Mobil aloqa hizmatlari
– mobil aloqa vositalari
yordamida abonentlarning so‘zlashuvi, mobil internet va pochta xizmatlari amalga oshiriladi.
So‘zlashuv
– telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiyaning antennasi chaqirayotgan va
chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. SHundan so‘ng ushbu axborot uzib ulagichga (kommutator) yuborilib
ikkita abonent bog‘lanadi va ushbu abonentlar orasida so‘zlashuv (ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi.
YA’ni ikkita harakatlanuvchi abonentning mobil telefonlar orqali o‘zaro muloqoti - so‘zlashuvdir.
Mobil Internet – harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Internet resurslaridan foydalanish
texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlar va so‘zlashish ma’lumotlari axborotlarning paketli
ko‘rinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni amalga oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish
imkoniyati yaratiladi. Mobil Internetning qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qaerda va qanday
holatda bo‘lishidan qat’iy nazar, u mobil aloqa tarmog‘i orqali Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga
ega bo‘ladi. Mobil Internet xizmatidan foydalanish uchun maxsus simsiz modem qurilmasi yoki ushbu xizmat
yoqtirilgan mobil telefon bo‘lishi kerak.
Mobil pochta -
Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni orqali shaxsiy elektron
pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Bunda Internet tarmog‘i yordamida oddiy elektron pochta xizmatidan
foydalanish kabi mobil telefonlar yoki boshqa mobil aloqa vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda
elektron pochta xizmatidan foydalanish, ya’ni pochta xabarlarini olish, o‘qish va javob yo‘llash mumkin.
rasm. Mobil Internet.
Dostları ilə paylaş: