—jadallik imkoniyatiga ega bo‘lish uchun tanlangan yo‘nalishlar ro‘yxatiga yangi yo‘nalishlar qo‘shish va yana
boshqa har-xil foydali funksiyalar.
Hurmatli yo‘lovchilar va mobil moslamalarning foydalanuvchilari! Hozirgi vaqtda ushbu ilovadan foydalanish
imkoniyati Android moslamalarida mavjud bo‘lib yaqin kunlarda ilova Apple iOS asosidagi mobil vositalariga
imkoniyatli bo‘ladi.
Shuningdek tez vaqt ichida ilovaning veb-versiyasi www.tashbus.uz saytida yo‘lga qo‘yilib, internet-
foydalanuvchilar ham jamoat transporti ishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar va avtobuslar harakatini kuzata
oladigan bo‘ladilar.
Mobil ilovaning ishlashini takomillashtirish maqsadida Sizning «Tashbus» ilovasining ishlashiga oid taklif va
mulohozalaringizni bilishdan behad minnatdor bo‘lardik.
Izox,
fikr-mulohozalarini, takliflarni dastur orqali yoki tashbus@tshtx.uz elektron pochta orqali jo‘natish
mumkin. «Tashbus» ilovasini GooglePlay va AppleStore dan o‘tkazib o‘lish mumkin. (Ilovani yuklab olish
tekin).
Holus — mobil qurilmasida tasvirni «gologrammaga» aylantiradigan interaktiv tizim
H+Technology kompaniyasi o‘zining — Holus deb nomlangan ishlanmasini taqdim etdi. Mazkur qurilma o‘ziga
xos displey bo‘lib, unga mobil qurilmasini ulash va undan tasvirlarni olish mumkin. Ishlab chiquvchilar Holusni
golografik platforma deb hisoblaydilar.
Hozirgi kunda ishlab chiquvchilar Kikstarter maydonchasida qurilmani ishlab chiqarishga mablag‘
to‘plamoqdalar. Buning uchun 50 000 dollar zarur. Kompaniya Holusni ko‘ngilochar tizim deb hisoblaydi, HQ
qurilmasidan qandaydir kasbiy soha va tijorat maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Platforma datchiklar bilan
jihozlangan bo‘lib, «gologrammaga» mo‘ljallanganligiga mos ravishda, foydalanuvchining harakatlarini kuzatib
boradi.
Bunda hammasi yaxshidek tuyuladi, biroq boshqa shunday holatlardagi kabi bu borada ham ko‘plab savollar
tug‘iladi. Birinchidan, aynan qanday qilib, qurilma smartfondagi tasvirni «gologrammaga» aylantiradi. Bunda
gap apparatda emas, balki dasturdadir. Ikkinchidan, videqo‘ng‘iroq bo‘lganda rolikda tizim qandaydir usulda
abonentning uch o‘lchamli modelda tasvirlashga ulguradi.
Uchinchidan, videodan olinadigan ayrim boshqa
jihatlar, jumladan, qurilmaning o‘zaro ta’sir usullari ham shubhali tuyuladi.
Bu savollarning barchasiga kelasi yil mart oyida aniq javob olish mumkin, sababi Holus savdoga chiqariladi.
Tizim modifikatsiyasining narxi muvofiq ravishda (Pro versiyasi SDK ishlab chiqaruvchular komplektida
oddiyroqlaridan HDMI porti mavjudligi bilan farq qilib) $850dan $950gacha bo‘lib, bu arzon hisoblanadi. Ishlab
chiquvchilar qurilma platformasidan turli boshqaruv sohalarida foydalanishni mo‘ljallaganlar. Masalan, Emotiv
«fikr kuchi» bilan boshqariladigan boshqaruv tizimi yoki Leap Motion qurilmasi.
Dostları ilə paylaş: