18
O‘zbek tilining To‘rtko‘l shevasida bunday qulog‘i kemtik kishilarga
nisbatan
ch u r r i laqabi ishlatiladi.
Jumavoy
ch u r r i ning do‘konchi bolosi moshin opti.
B u q o q. Bu leksemaning asl ma’nosi o‘zbek tiliga oid leksikografik
manbalarda qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi natijasidagi kasallik, shu
kasallik natijasida kattalashgan bez va daraxt tanasining zararlanishi natijasida
hosil bo’lgan shish ma’nolari qayd qilingan
19
.
Badiiy asarlarda bu so‘z portretni tasvirlashda ixchamlikka erishish uchun
laqab vazifasida ham ishlatiladi. Masalan: Bulardan birinchi muxtaram shu
masjidning yosh imom va xatibi Abdurahmon domla bo ‘lib, ikkinchisi
mahallaning shirinso‘z g‘iybatchilaridan Samad
b u q o q, uchinchisi masjidning
muazzini Shukur so‘fi edi
20
.
Bu kontekstda
b u q o q laqabi, shu kasallikka chalingan kishiga nisbatan
ishlatilgan va unga nisbatan laqab funktsiyasida qo‘llangan.
To‘rtko‘l shevasida bunday kishilarga nisbatan
s o q o q laqabi ishlatiladi.
Karim
s o q o q ning uyina Galin to‘ya ayttirib yuripmiz.
K a l. Kal so‘zi sochni to‘kib yuboradigan kasallikning nomidir. Bu leksema
boshning soch to‘kilgan qismiga, sochi qisman yoki butunlay to‘kilgan qismiga
nisbatan ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: