16
Qo‘shaloq ismlar - xalq ehtiyoji tufayli sodir bo‘lgan lingvistik
hodisa hisoblanadi. Til ya’ni tillik elementlar uchramaslikdan yiroq
turadi.Muayyan
narsa-buyum
nomini
bildirmasdan,
nutq
a’zolariga(birliklariga) aloqasi yo‘q undash belgilari ham kishining
kayfiyati, his-tuyg’usini anglatadi. Psixologik o‘zgarishning dastlabki
tovushlik xabarchisi his-hayojon belgilarini bildiradi. Leksik ma’no
anglatmaydigan so‘zlarning grammatik ma’nosi bilan aloqasi mavjud.
Til unsurlarining har biri insonning ehtiyojini qondiradi. Lekin
ularning bajaradigan vazifasi bir xil emas. Har biri o‘z
vazifasiga
ko‘ra hissa qo‘shadi. Bunda faollik, nofaollik masalasi ham
bor.Ammo faollik, nofaollik masalasini aloqa-munosabatiga ko‘ra
ajratish joiz.Masalan fanning har bir sohasining faol,
nofaol
qo‘llanadigan so‘zlari ham bor. Gohida faol, keng qo‘llanadigan
so‘zlar, gohida kam, siyrak ishlatilishi mumkin. Bu siyosiy-iqtisodiy,
kasb-hunar
sharoitiga
ham,xususan,
yil
mavsumiga
ham,
og‘zaki,yozma tillarga ham bog‘liq.
Asosiy
ismlar
bilan
qo‘shaloq
ismlarning
shakllanishi,
qoliplashishi orasida o‘zgachaliklar ham mavjud.
Asosiy ism bola
dunyoga kelgandan keyin uch-to‘rt kundan keyin ota-onasi yoki buva-
buvisi, ba’zan qavm-qarindoshlari loyiq deb topgan ismni qo‘yadi
hamda ko’pchilikka rasmiy turda joriy qiladi. Qo‘shaloq ism rasmiy
turda xabar qilinmaydi. U, birinchidan, chaqoloqning tug‘ilgan paytida
emas,
o‘sib,
ulg’ayib,
aql-hushi,
xulq-atvoriga
bog’liq
xususiyatlarining
takomillasha
boshlagan
davrida
boshlanadi,
ikkinchidan, bolaning qarindoshlarining xohishiga bog‘liq bo‘lmagan
holatda, xalq xohishicha ataladi, ya’ni kelishish bo‘lmaydi.
Mexanik
yo‘l
bilan
bir
necha
odamning
takrorlab
aytishi
natijasida
qoliplashadi.
Dastlabki
paytlarda
asosiy
ismdek
birdan
barqarorlashmasdan, tegib-quchib tarzda bo‘lganligi sababli hazilomuz
ishlatilib, ancha vaqt oradan o‘tgandan keyin o‘rganishli bo‘lib qoladi.
17
Chiniqish, og‘iz, quloqni o‘rgatish davrini o‘tkazadi. Qo‘shaloq ism
beruvchilar bilan uning qarindoshlarining o‘rtasida ma’qul ko‘rmaslik
holatlari ham sodir bo‘lishi mumkin, biroq xalq unga ko‘nmaydi.
Avvalgi paytda sirtidan atab yurib, keyinchalik har xil yo‘llar
bilan(hazil, janjallashib dolish va b. yo’llar bilan) qulog‘ini o‘rgatib
oladi,o’sha ismga uni ko‘ndiradi. Qo‘shaloq ism asosiy ismdek bo‘lib
qoladi.
Qo‘shaloq ism urf-odatga bog‘liq kishi hayotining turli davrlarida
berilganlikdan insonning boshidan kechirgan turmushining izidek
ko‘rinadi.
1. Insonning tana a’zolaridagi, ya’ni anatomik
nuqsonlarni ifodalovchi
laqablar.
Dostları ilə paylaş: