12
Shubhasiz, bunday leksemalar yozuvchi K.Fedin
tadbiri bilan aytganda,
A.Qahhor, G‘.G‘ulom, Oybek, S.Ahmad, Shukurullo, Shuhrat tomonidan
yaratilgan epik kompozitsiyaga ega bo‘lgan yaxshi asarlar
qatoridan joy olishiga
sabab bo‘lgan edi
7
.
Chunki badiiy adabiyot materiali «poetik til yoki badiiy adabiyot
nazariyasining manbai bo‘lish bilan birga, adabiy til tarixining yaratilishida uning
grammatik qurilishini, masalan,
sintaktik tuzilishi, yoxud leksik-semantik va
frazeologik tizimini xarakterlovchi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi»
8
.
Xususan, badiiy adabiyot tili, ayniqsa, badiiy asar leksikasining mundarajasi
juda keng va rang-barangdir.
Poetik yoki nasriy asarning leksikasi faqat ayrim sinonim, omonim, antonim,
paronim so‘z
va iboralar, shuningdek, morfema, og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xos
leksik unsurlar bilan chegaralanib qolmaydi. Uning o‘ziga xos muhim xususiyatlari
faqatgina ushbu vositalarni qayd etish bilan belgilanmaydi.
Badiiy asar leksikasi birinchi navbatda so‘z san’atining xilma-xil badiiy
shakllarini o‘zida mujassamlantiruvchi «alohida tizim» badiiy asar tilining asosiy
va yetakchi komponentidir.
Badiiy asar leksikasining o‘ziga xos xususiyatlari esa muallifning individual
uslubiga bog‘liq
9
.
Yozuvchi uslubi va uning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishda foydalangan
maxsus so‘z hamda atamalarning o‘rni, imkoniyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Yozuvchi badiiy obrazning xarakterini,
holatini, kasbi, mansabi, amalini
ifodalashda maxsus so‘z va atamalardan foydalanadi
10
.
Demak, yozuvchi obrazning eng muhim xususiyatlarini, ruhiy holatini, kasb-
korini o‘z asarlarida ifodalash uchun laqablardan ham keng foyalanadi.
7
Федин К.Mастерство писателя. Литература газета.1951.
8
Виноградов В.В. Наука о языке художественной литературы и его задачи.M: Изд.АН СССР.1956.с.3-6.
9
.
Àõmådîv À. Bàdiiy àsàr tilini o’rgànish hàqidà. Jurnàl «O’zbåê tili và àdàbiyoti».1990.3-sîn.
10
SHàmsiddinîv Ê. Tårminlàrning kîntåkstdà ifîdàlànishi. Jurnàl. «O’zbåê tili và
àdàbiyoti»1977.30sîn.