14
matn bilan bog‘liq. Shu ma’noda badiiy adabiyot tili leksik vositalardagi mavjud
imkoniyatlarini kengaytiruvchi manbadir. Badiiy adabiyot tili so‘zning
butun
nozikligi, ma’no ifodalash qirralarini namoyon qiluvchi til ekanligini quyidagi
misollarda ham ko‘rish mumkin. Masalan: Abdulla Qahhor o‘z asariga
«Sinchalak» deb nom berdi.
Metafora deb biror narsa, belgi yoki harakatning nomini o‘zaro o‘xshashligi
bo‘lgan
boshqa narsa, belgi yoki harakatga ko‘chirish bilan yangi ma’no hosil
qilish usuliga aytiladi
12
.
L.Abdullaevaning ta’kidlashicha «Badiiy asarning obrazliligini, estetikligini
oshirishda metaforalarning roli nihoyatda kattadir. Metaforalarsiz
badiiy asarning
bo‘lishini tasavvur etish qiyin»
13
.
Ma’lumki, lug‘at sostavini tashkil qilgan so‘zlarning bir guruhi nutq
jarayonida turli funktsiyani bajaradilar. So‘zlarning shunday funktsiyalaridan biri
badiiy uslubda asl ma’nosidan tashqari kishilarga laqab vazifasida ham
qo‘llanishidir.
Ayrim manbalarda laqablarning badiiy adabiyotdagi tasviriy vositalardan
biri metafora ekanligi ko‘rsatiladi. Laqablar badiiy asarlarda obrazning o‘ziga
xos eng xarakterli xususiyatlarini ko‘rsatish vositalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: