Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari
o‘zbek tili leksikologiyasining rivoji uchun munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi. Uning
amaliy ahamiyati shundaki, tadqiqot natijalaridan kasb-hunar kollejlari hamda
litseylarda maxsus kurs o‘qitishda, qo‘llanmalar yaratishda foydalanish mumkin.
Ishning tadqiq ob’ekti va materiallar o‘zbek topishmoqlari to‘plami
2
va
tadqiqotchi tomonidan yozib olingan jami ikki mingdan ortiq topishmoq va
topishmoq variantlaridir. Shuningdek, yurtimiz tilshunos olimlarining bildirilgan
fikrlari hamda faktik materiallarini o‘rni bilan tahlilga jalb qilindi.
BMIning tuzilishi va hajmi. BMIning umumiy tavsifi, kirish, uch bob,
umumiy xulosalar va adabiyotlar ro‘yxati kabi qismlardan tuzilgan bo‘lib,
umumiy hajmi 55 sahifa.
7
I BOB. BADIIY ADABIYOT TILIDA ISHLATILGAN LAQABLARNING
ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1.1. Badiiy adabiyot tilida ishlatilgan laqablarning ilmiy-nazariy asoslari
Biz adabiyotning yetuk kompozitsiyasiga
ega bo‘lgan yaxshi asarlarini bilamiz.
Ammo yomon til bilan yozilgan yaxshi
asar bo‘lishi mumkin emas.
(K. Fedin)
Badiiy adabiyot tili jamiyat hayotini o‘zida aks ettirishda asriy tajribalarga
ega bo‘lgan badiiy adabiyot bilan uzviy bog‘liq. Shu sababdan, badiiy adabiyot
tilini o‘rganish va tahlil qilish badiiy asarni butun ichki va tashqi bog‘lanishini,
yozuvchining dunyoqarashi, unda adabiy va noadabiy vositalarning qo‘llanilishi
jihatdan to‘la-to‘kis his etishni talab qiladi.
Binobarin, badiiy asarni, uning ichki va tashqi bog‘lanishini his etish badiiy
asar tilining xususiyatlarini ochishga yordam beradi. Badiiy asar tili uchun muhim
asos badiiy nutqning qurilishidir. Shu bilan bir qatorda badiiy tilning xususiyatlari
adabiy tilga nisbatan belgilanadi. Darhaqiqat, badiiy adabiyot tiliga nisbatan
belgilanadi. Badiiy adabiyot tili haqidagi tadqiqotlarda bu holatlar hisobga olingan
holda, badiiy adabiyot tilining adabiy til tizimida tutgan o‘rni ko‘pincha nazardan
chetda qolib ketadi. Badiiy adabiyot tiliga, avvalo, adabiyot tilning o‘ziga xos
maxsus shakli sifatida qarash, bizningcha, uning o‘ziga xos xususiyatlarini
belgilashda muhimdir.
Binobarin, badiiy adabiyot tili adabiy tilga keng ta’sir etuvchi, uni boyitib
boruvchi tildir. Jamiyat hayotida yuz beradigan voqea-hodisalar, til xususiyatlari
va undagi o‘zgarishlar dastlab badiiy adabiyotda o‘z aksini topadi. Badiiy adabiyot
insoniyat hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta murakkab jarayonni aks ettiruvchi
manba sifatida inson tiliga taalluqli bo‘lgan barcha vositalarni o‘zida
mujassamlashtiradiki, bu holat o‘z navbatida badiiy adabiyot tilining keng
qamrovli va ko‘p funksiyaliligidan dalolat beradi.
8
Ma’lumki, badiiy adabiyot tili doirasida adabiy til, so‘zlashuv tili, rasmiy til,
ilmiy va publitsistik til va nihoyat, badiiy til mavjud. Nutq ko’rinishi sifatida
muallif nutqi va personajlar nutqi, monologik va dialogik nutq asosida quriladigan
badiiy adabiyot tilida umumxalq tilida unumli va unumsiz bo‘lgan lug‘aviy
birliklarning cheklanmagan miqdorda qo‘llanishi badiiy adabiyot tilining o‘ziga
xos xususiyatlarini, nutq ko‘rinishi sifatida nutqning funktsional turlari sistemasida
tutadigan o‘rnini yorqin gavdalantirishda murakkabliklar tug‘diradi.
Badiiy adabiyot tili mohiyatan obrazli til. Badiiy obrazlilik, ifoda vostilariga
boylik, so‘zlardagi emotsional bo‘yoqdorlik darajasining kuchliligi badiiy nutqning
asosiy funksiyasi bo‘lgan estetik ta’sirchanlikni kuchaytiruvchi vositalardan
hisoblanadi. Bu vositalar boshqa nutq turlariga nisbatan badiiy nutqda kengroq
bo‘lganligi uchun badiiy adabiyot tilidagi ma’lum sistemani tashkil qilmasdan
qolmaganidek, umumiy xususiyatlarni ham vujudga keltiradi.
Chunki, nutq vositalarini keng miqyosda qamrab olinishi badiiy asar tilining
imkoniyatlarini boyitadi, uni ma’lum ma’noda erkin til ekanligini ko‘rsatadi. Biroq
til «erkinligi» tushunchasi badiiy adabiyot tili uchun ham nisbiydir. Chunki, badiiy
adabiyotda qo‘llaniladigan barcha lingvistik vositalar badiiy til madaniyati
talablariga javob berib, badiiy nutqning estetik ko‘lamdorligini oshirish sari
yo‘naltirilsa, ko‘zda tutilgan maqsadga erishiladi.
Jumladan, oddiy so‘zlashuvga xos vositalar, sheva va dialektlar, ilmiy
terminlar, rasmiy axborotga oid so‘zlar garchand, badiiy matnlarda ko‘p uchrasada,
badiyat qonuniyatlariga ko ‘pgina «bo‘ysunmaydi». Shu ma’noda badiiy adabiyot
tilida lug‘aviy vositalarning chegaralanmagan miqdorda qo‘llanilishi, bu tilning
lug‘aviy imkoniyatining keng ekanligini ko‘rsatadi.
Badiiy asar tilining spetsifik xususiyatlarini belgilovchi vositalar sifatida
hozirgacha filologiya ilmida quyidagilar qayd qilinib kelinmoqda:
1. Badiiy asar tilida trop va figuralarning qo‘llanilishi.
2. Badiiy asarning umumiy obrazliligi.
3. Badiiy asar tilida so‘z ifodalaydigan semantik ma’no badiiy adabiyot
tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida ajratiladi.
9
4. Ichki forma.
Demak, badiiy nutqda so‘z faqat fikr ifodalovchi, obraz yaratuvchi vosita
emas, nutqdagi boshqa so‘zlarga bevosita ta’sir etuvchi vosita hamdir. Badiiy nutq
esa bu jarayonda so‘zning turli qirralarini ochib beruvchi asosiy manbaidir.
Badiiy adabiyot tilini o‘rganishning asosiy masalalaridan biri badiiy
obrazlilikni vujudga kelishida muhim rol bajaruvchi nutq vositalari, ularning
qonuniyatlarini ochib berish hisoblanadi. Chunki, badiiy til taraqqiyoti jarayonida
sayqallanib boradi. Natijada nutq vositalari yordamida nutqiy rang-baranglikni
vujudga kelishi kuchayadi.
Ma’lumki, badiiy adabiyot tilining soz imkuoniyatlari cheksiz. Unda umumtil
leksik qatlamlarning barcha ko‘rinishlari uchun xos bo‘lgan so‘zlar unumli
qo’llanilganidek, badiiy obraz yaratish jarayonida ham barcha nutq uslublari uchun
xos bo‘lgan so‘zlardan keng doirada foydalanish mumkin. Badiiy adabiyotda so‘z
o‘z va ko’chma ma’nolarida keng ko‘lamda qo‘llanilganidek, sinonimlar so‘z
variantlarining qo‘llanilishida, turli so‘z formalari va frazeologizmlarning
ishlatilishida ham badiiy asar tiliga xos bo‘lgan umumiy holatni kuzatish mumkin.
Til vositalarining bu darajada erkin qo‘llanilishi ham badiiy adabiyot tili uchungina
xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biridir.
Badiiy adabiyotda til vositalarining rang-barangligi masalasi; Badiiy
adabiyotda so‘z qo ‘llash mahorati. Bu ikki holat avvalo bir-birini taqozo qiladi.
Birinchi holat badiiy adabiyotning so‘z qo‘llanish imkoniyatini cheksizligini
ko‘rsatsa, ikkinchi holat badiiy adabiyotning uslubiy imkoniyatini kengligini
ko‘rsatadi. U tilning boshqa ko‘rinishlaridan quyidagilar bilan farqlanadi:
a) badiiy adabiyot tili adabiy til singari kommunikativ funksiya bajarish bilan
birga estetik funktsiya ham bajaradi.
b) badiiy adabiyot tili adabiy til sistemasidagi boshqa til ko‘rinishlaridan
umumuslubiyligi bilan farqlanadi.
v) badiiy adabiyot tilida ifodali vositalarning keng qamrovli qo‘llanilishi.
g) badiiy adabiyot tili adabiy tilga to‘xtovsiz ta’sir etib boradi. Binobarin,
dialekt va shevalarda uchraydigan, jonli xalq tilida mavjud bo‘lgan ko’pgina
10
lug‘aviy vositalar badiiy nutq orqali adabiy tilga o‘tishi, adabiy til lug‘at tarkibini
kengaytirib borishi mumkin.
Ma’lumki, badiiy adabiyot tili adabiy tilning o‘ziga xos shakli, bu tilning
o‘ziga xos, muayyan xususiyatlaridan biri ham adabiy normani chetlab o ‘tishidir.
Shu ma’noda, badiiy adabiyot tilining o ‘ziga xos xususiyatlarini, unda lug ‘aviy va
uslubiy vositalarning tabaqalanishini belgilashda, bu tilning adabiy tilga va adabiy
normaga munosabatlari masalalarini chetlab o‘tib bo‘lmaydi.
Tilimizdagi ayrim so‘zlar yakka, individual alohida predmet haqidagi
tushunchalarni
ifodalaydi.
Bularning
ichida
nomlar
o‘zi
anglayotgan
tushunchaning xarakteri, narsalarning atalishidagi xususiyati va belgilariga ko‘ra
farqlanadi. Nomlar asosan ot so‘z turkumiga xos bo‘ladi. Bir xildagi predmet yoki
hodisalarning birini ajratib ko‘rsatuvchi otlarning atoqli otlar ekanligi hammaga
ma’lum.
Atoqli otlar xuddi boshqa so‘zlar singari tilda qadimiy hodisalardandir. Buni
insoniyatning qadimiy o‘tmishiga oid yodgorliklar tilida saqlanib qolgan tog‘lar,
daryolar, afsonaviy qahramonlarning nomlari yaqqol ko‘rsatadi.
Tildagi atoqli otlarning umumiy yig‘indisi o‘sha til onomastikasining nomlar
boyligini tashkil etadi
3
. Tilning onomastik fondidagi atoqli otlar o‘zi atayotgan
predmet yoki ob’ektning xususiyatiga ko‘ra farqlanadi. Ular turli-tuman jonsiz va
jonli predmetlarning, tirik mavjudotlarning yoki insonlarning nomlari bo‘ladi.
Mana shunday belgilariga ko‘ra atoqli otlar bir necha xil katta guruhlarga
ajratiladi.
Ularning katta bir guruhini kishilarga qo‘yiluvchi maxsus nomlar tashkil
etadi. Ularni tilshunoslik fanida antroponimlar deb yuritiladi
4
.
Antroponimlar
maxsus
tadqiqotlarda
tubandagi
turlarga
ajratiladi:
1) ismlar, 2) laqablar, 3) taxalluslar, 4) familyalar, 5) potronomik nomlar
shuningdek, kishini atashning boshqa xil shakl va usullari kiradi
5
.
3
Bågmàtîv E. «Nîmlàr và îdàmlàr»
4
Bågmàtîv E. Êo’rsàtilgàn àsàr. 4-båt. «Fàn» nàshriyoti. Tîshêånt.1972y.
5
Bågmàtîv E. Êo’rsàtilgàn àsàr. 5-b.
11
Bu ishda yuqorida ko‘rsatilganlardan faqat laqablarning badiiy uslubda
qo‘llanishi, ularning leksik-semantik tasnifi, stilistik xususiyatlari hamda ba’zi
morfologik xususiyatlargina so‘z qilinadi.
Badiiy asarda so‘z qo‘llash masalasiga aloqador hodisalardan biri
laqablarning ishlatilishi masalasidir.
Biz bu kichik ishimizda o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida alohida o‘rin
tutadigan so‘z san’atkorlaridan A.Qahhor, S.Ahmad, G‘.G‘ulom, Shukrullo,
Pirimqul Qodirov, O‘tkir Hoshimov, SHukur Xolmirzayev, Tog‘ay Murod va
boshqa yozuvchilar hamda shoirlarimiz asarlarida ishlatilgan laqablarning stilistik-
semantik va morfologik xususiyatlari haqida fikr yuritmoqchimiz. Bitiruv
malakaviy ishimizda badiiy matnda tasvirlanayotgan obraz, voqea-hodisalarga
nisbatan 97 ta leksema laqab vazifasida ishlatilgan
6
.
Ma’lumki, A.Qahhor, S.Ayniy, S.Ahmad, G’.G’ulom, SHukurullo o‘z
asarlari tili ustida ishlar ekanlar dastlab ta’sirchanligi, ifodaliligi, uslubning sodda
va ravonligi, mantiqiyligiga alohida e’tibor berganlar. Ayni maqsada ular q u r u q,
Dostları ilə paylaş: |