Kurs ishining dolzarbligi: Fizika tabiatdagi hodisa va voqealarni hamda ularning qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fandir. Inson ham tabiatning bir bo’lagi qatori, u bilan bevosita bog’lanishdadir. Tabiatdagi hodisalaming sirini bilish, ularning qonuniyatlarini aniqlash, asosan insonning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida olib boriladi. Bunday bo’lmasa, fizika yutuqlaridan foydalanib, tabiatni tubdan o’zgartirib yuborish mumkin edi. Tabiiy fanlaring ichida fizika alohida o’rin egallagani uchun, uni barcha tabiiy fanlaring poydevorini tashkil qiladi deb aytiladi. Chunki, fizika barcha tabiiy fanlaring yutuqlariga o’zining munosib hissasini qo’shgan va qo’shib kelmoqda. Bunga misol qilib, lazer fizikasi, fizikaviy kimyo, kimyoviy fizika, biofizika, astrofizika, geofizika va boshqa fanlari ko’rsatish mumkin. Sir emas, hozirgi kunda tibbiyotda ham fizika va astronomiyaning o’rni beqiyosdir, chunki uning hissasi dastlab rentgen nurlaridan boshlangan bo’lsa, hozirgi kunda ultratovush va lazerlaring qo’llanilishi, kompyuterli tomograflar orqali davom etmoqda. Qolaversa, insoniyatni energetik inqirozdan qutqarishda ham, fizika atom va yadro energiyalaridan foydalanish orqali o’zining munosib hissasini qo’shmoqda va qo’shadi.
Kurs ishining maqsadi: Tranzistor ikkita elektron-kavakli o’tishlarga ega bo’lgan yarim o’tkazgichli asbob bo’lib, yuqorida qayd qilinganidek, elektr signallarni kuchaytirish va generatsiyalashda qo’llaniladi. Bunda har ikki tok tashuvchilarning asosiy va asosiy bo’lmagan tashkil etuvchilari qatnashadi va bunday tranzistorlar biqutbiy tranzistorlar deb yuritiladi.
Lazer fizikasi fanini o’qitish jarayonida o’quvchilar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan interfaol metodlardan foydalanish haqida tushunchalarga ega bo’lish va fizika darslarini o’qitish xususiyatlari bilan tanishish.
Kurs ishining vazifalari: - Mavzuga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish;
- Lazer fizikasi fanidan interfaol texnologiyalarni tanlash va foydalanish tamoyillari, vositalarini, tashkiliy va metodik shart-sharoitlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash;
- Lazer fizikasi fanini o’qitish xususiyatlarini o’rganish, tahlil qilish va ularni muhim jihatlarini o’zlashtirish.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilishim mumkinki, fizika o’qituvchisining o’quvchilar o’quv–biluv faoliyatini faollashtirish borasidagi turli xil texnologiyalari ham hozirgi kunda dolzarb ahamiyatga ega ekan.