Yoqut lazer. Yoqut (yoqutli) lazeri 1960-yilda T. Meyman tomonidan yaratilgan. Faol muhit sifatida sun’iy yoqut - aluminiyning kristall holatidagi 3(alumimy oksidi) xizmat qiladi, bunda aluminiyning ma’lum bir ulushi xrom atomlari bilan almashtirilgan bo’ladi. Odatda, qo’llaniladigan yoqut kristalida (xrom oksidi) ning miqdori massa miqdori bo’yicha atomlarining 0,05 % ni tashkil qiladi. Faol ionlarining konsentratsiyasi esa 108 sm3 ga tengdir. Kristall panjarada xrom uch karra ionlashgan holda joylashadi, uning tashqi elektron qobig’ida faqat uchta valent elektron mavjud bo’ladi. Yoqut kristall to’lqin uzunligi yashil va ko’k nurlarga to’g’ri keladigan yorug’lik nurlarini ko’p miqdorda yutish qobiliyatiga ega bo’lib, o’z navbatida maksimumi = 694,3 nm ga mos keladigan qizil nurlami chiqaradi. Nurlanish chizig’ining spektrini kengligi xona haroratlarida = 0,4 nm ni tashkil qiladi.
2.3.2-rasm. Lazerning ishlash uchun zarur bo’lgan sath sxemasi.
Bo’yoq lazeri.Organik bo’yoqni lazer vositasi sifatida ishlatadigan lazer, odatda suyuq eritma hisoblanadi. Gazsimon va qattiq holatdagi lazer muhitiga qaraganda bo’yoq lazerlari ko’proq keng to’lqin uzunliklarida ishlatilishi mumkin. Keng tarmoqli kengligi ularni ayniqsa sozlanadigan va impulsli lazerlar uchun juda mos keladi. Biroq, uning qisqa vaqt faollik muddati va chiqish quvvati cheklanganligi sababli, u asosan titan kabi sozlanishi to’lqin uzunligi bilan qattiq holatdagi lazer bilan almashtirildi.
S-o’tkazuvchan lazer.Bu ishlaydigan modda sifatida yarimo’tkazgich materialidan foydalanadigan lazerdir. Uchta qo’zg’alish usullari mavjud: elektr in’ektsiyasi, elektron nurni qo’zg’atish va optik nasos. Kichik o’lcham, past o’lcham, yuqori samaradorlik, uzoq xizmat muddati, kam quvvat iste’moli elektron ma’lumot, lazer bosib chiqarish, lazer ko’rsatkichi, optik aloqa, lazerli televizor, kichik lazer projektori, elektron ma’lumot, integratsiyalashgan optika sohalarida qo’llanilishi mumkin.