Leksikogrаfiya аsoslаri” fаnidаn mа’ruzаlаr mаtni


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 315,65 Kb.
səhifə3/19
tarix13.12.2023
ölçüsü315,65 Kb.
#176078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Leksikogrаfiya аsoslаri” fаnidаn mа’ruzаlаr mаtni

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Lug‘at tuzish tamoyillarini nimalar belgilaydi?

  2. Lingvistik lug‘atlar tuzishda qanday tamoyillardan foydalaniladi?

  3. Umumiy va xususiy me’yorlarni ko‘zda tutuvchi lug‘atlar qaysilar?

  4. “O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati” qay tamoyilga asoslanadi?

  5. Filologik va qomusiy lug‘atlar haqida ma’lumot bering.


Adabiyotlar ro‘yxati

  1. Dadaboyev H. Zamonaviy o‘zbek leksikografiyasi terminalogiyasi moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. –Toshkent, 2016

  2. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. –Toshkent: Fan, 2002.

  3. Madvaliyev A. O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi masalalari. –Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.

  4. Normamatov S. Jadid adiblarining lug‘atshunoslik faoliyati. – Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018.

  5. Sodiqov Q. Tarixiy leksikografiya. – Toshkent: Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti, 2012 yil.



3-MAVZU: LUGAT MAQOLALARINING JOYLASHTIRISH TARTIBI. LUGAT MAQOLALARI SXEMALARI


Reja:

  1. Maqolalarni joylashtirish tartibi va uning turlari.

  2. Lug‘at maqolalarining joylashtirish tamoyillari.

  3. Lug‘at maqolalari sxemalari.



Tayanch so‘zlar: Maqola, lug‘at turi, lug‘at xarakteri, tayanch so‘z, dominant so‘z, fonetik izoh, orfografik izoh, so‘zning etimologiyasi, grammatik va semantik tavsif,ilovalar, mavzuviy lug‘atlar, grammatik lug‘atlar.

Lug‘at (lat.etimologiyasi dictio “til orqali ifodalash birligi”) – bu iboralar va so‘zlarning umumiy alfavit tartibdagi ro‘yxatidir. Ularning har biri yo ko‘rsatilgan narsa (alfavitli entsiklopediyalar) haqida, yoki belgi (til lug‘ati) haqida axborotli matn bilan beriladi. Har qanday lug‘at makrostrukturaga (nomenklatura, yoki birliklar ro‘yxati) va mikrostrukturaga (bu birliklarga qo‘llanadigan axborot dasturi) asoslangan. U lisoniy matnlar yoki metalingvistik (boshqa lug‘atlar) korpusiga tayanadi.8


Lug‘atlarda maqolalarning joylashtirilishi har bir lug‘atda ko‘zda tutilgan maqsaddan, qaysi tamoyilga asoslanganlikdan, lug‘at turi, xarakteri, hajmi kabi jihatlarni hisobga olgan holda tartiblashtiriladi. Masalan, “Omonimlar uchun tuzilgan lug‘atlar”da, avvalo, tayanch so‘z beriladi: OT1 – ism maʼnosida; OT2 – hayvon maʼnosida; OT3 – ish-harakat maʼnosida. Yoki “Sinonimlar lug‘ati”da betaraf – dominant so‘z asos sifatida joylashtirilib, uning maʼnodoshlari navbat bilan joylashtiriladi.
Lug‘atlarda leksema yoki maqola nomlarini joylashtirish tartibi quyidagi uch prinsipga tayanadi:

  1. Tashqi tartib. Leksemaning (yoki maqola nomining) birinchi harfiga - shu harfning alifbodagi o‘rniga qarab belgilanadi: arpa, banoras, daryo, gavda;

  2. Ichki tartib. Leksemaning (yoki maqolaning ) birinchi harfidan keyingi (ikkinchi, uchinchi va h.k) harflariga – shu harflarning alifbodagi o‘rniga qarab belgilanadi. Bu tartibga birinchi harfi bir xil bo‘lgan leksemalarni joylashtirishda amal qilinadi: arpa, arra asal, astar, banoras, baraban;

  3. Ma’no tartibi. Omonim yoki polisemantik leksemalarni (yoxud omonim birikmalarni) joylashtirishda ishlatiladi. Bu tartibga ko‘proq ensiklopedik lug‘atlarda va shunga yaqin turgan lug‘at-spravochniklarda duch kelinadi. Chunonchi: Ohangaron- daryo, Ohangaron- shahar .9

“O‘zbek tilining izohli lug‘at”larida bosh maʼnodagi so‘z berilib, uning ko‘chma maʼnolari navbat bilan beriladi. Tarjima lug‘atlarida belgilangan til so‘zlari berilib, o‘zga til birligi keyin joylashtiriladi. Masalan, “turkcha-arabcha-forscha-mo‘g‘ulcha” lug‘atda avval turkiy so‘z, keyin arabcha, so‘ng, forscha, eng keyin mo‘g‘ulcha so‘z beriladi. “Etimologik lug‘at”larda tahlil uchun tanlangan so‘z berilib, uning kelib chiqishini belgilovchi, izohlovchi so‘zlar navbati bilan beriladi. Tarkibida “x va h harflari ishtirok etgan so‘zlar lug‘ati”da avval bosh harflari X yoki H bilan kelgan so‘zlar tanlanib, “X” harfi qatnashgan so‘zlar oldin, “H” harfi qatnashgan so‘zlar keyin joylashtiriladi. Demak, lug‘at maqolalarining joylashtirish tartibi maqsad va ehtiyojdan kelib chiqqan holda belgilangan lug‘at turlarining xarakteriga qarab, shuningdek, lug‘at materialini o‘zlashtirishning oson bo‘lishini, foydalanishning qiyinligi va samaradorligini ko‘zda tutib belgilanadi. O‘ziga xos yana boshqacha tarzda tartib belgilash ham mumkin bo‘ladi.
Lug‘at maqolalarining joylashtirish tamoyillari tilshunos А.Nurmonov tomonidan, А.Navoiy asarlari tili bo‘yicha yaratilgan lug‘atlar ichida “Sangloh” lug‘atining lug‘at maqolalarini joylashtirishda izchil va puxta tamoyilga bo‘ysunganligi qayd etiladi. (А.Nurmonov, “O‘zbek tilshunosligi tarixi”, T., 2002 y.). А.Nurmonov “Sangloh” da lug‘at maqolalari quyidagi sxema asosida joylashtiriladi”, –deb qayd etadi:
1. Sarlavhaga chiqarilgan so‘z;
2. Sarlavhaga chiqarilgan so‘zning fonetik va orfografik izohi va undan hosil qilingan shakllar;
3. Sarlavhaga chiqarilgan so‘z va undan hosil qilingan shakllarning grammatik tavsifi;
4. So‘zning etimologiyasi;
5. Sarlavha so‘z va undan hosil qilingan shakllarning semantik tahlili;
6. Sarlavha so‘z va undan hosil qilingan shakllar semantik tavsifini tasdiqlovchi materiallar;
7. Sarlavha so‘z va undan hosil qilingan shakllar maʼnolarining rumiy (turk), arab, fors va boshqa tillarda ifodalanishi;
8. O‘zidan oldingi mualliflarning fikrlariga munosabati;
9. Ilovalar.
Lug‘atchilikda mavzuiy lug‘atlar, grammatik lug‘atlar, shu kabi yana boshqa lug‘atlarda maqolalarning joylashtirilish sxemalari yana boshqa ko‘rinishlarda ham bo‘lishi mumkin.
Lug‘at maqolalarining tuzilishi va leksema yoki nom ma’nolarining izohlanishi ham ma’lum prinsiplaarga tayanadi. Chunonchi, lingvistik lug‘atlarda dastlab leksemaning o‘zi, shundan so‘ng uning bosh va yasama, dialektal va arxaik ma’nolari (agar shunday ma’nolari bor bo‘lsa) yoritiladi. Har bir ma’no izohidan so‘ng shunga oid misollar (ko‘pincha badiiy asarlardan) keltiriladi. Ensiklopedik lug‘at maqolalari sxemalari esa boshqacharoq bo‘ladi: ular davlat, respublika, millat, shaxs, o‘simlik, hayvon, biror tarixiy voqea va hokazolarning har biri uchun maxsus tuzilgan sxema asosida yoziladi. Chunonchi, til haqidagi maqola sxemasi quyidagicha bo‘ladi:

  1. Definitsiya (qaysi tili, qaysi til gruppasi yoki oilasiga mansubligi).

  2. Qanday dialektlarga ega.

  3. Tarqalishi.

  4. Shu tilda gapiruvchilar soni.

  5. Lug‘at boyligi, fonetik va graammatik qurilishi haqida qisqacha ma’lumot.

  6. Yozuvi.

  7. Adabiy tilning shakllanish tarixi haqqida qisqacha ma’lumot.

  8. Bibliografiya.10

Lug‘atlarning tuzilishi turlaridan kelib chiqib belgilanadi va shunga ko‘ra, turli ko‘rinishlarda beriladi. Masalan, “O‘zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug‘at” (T.,1953) quyidagi sxemada tuzilgan: I. Tuzuvchilardan; II. Lug‘atdan foydalanish tartibi; III. Lug‘atdagi qisqartilgan belgilar; IV. Аlfavit tartibidagi so‘zlar izohi. Yoki J.Lapasov tomonidan tuzilgan “Mumtoz adabiy asarlar o‘quv lug‘ati”ning (T.,1994) tuzilish tartibi quyidagicha: I. Muallifdan; II. Shartli qisqartmalar; III. Аlifavit tartibidagi lug‘at.
Аkademik А.Hojiev tomonidan tuzilgan ‘‘Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati” ( T.,2002) quyidagicha sxemada tuzilgan: I.So‘z boshi; II. Lug‘atning hajmi va tuzilishi; III. Lug‘at maqolasi ( har bir lug‘at maqolasi bosh so‘z sifatida lingvistik terminini keltirish bilan boshlanadi). Аgar termin boshqa tildan o‘zlashgan bo‘lsa, qavs ichida qaysi tildan, qanday so‘z yoki til unsurlari asosida o‘zlashganligi ko‘rsatiladi.



Yüklə 315,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin