Leksikologiya



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə2/6
tarix04.05.2023
ölçüsü103,5 Kb.
#107207
1   2   3   4   5   6
Leksikologiya1

GRAMMATIK MA'NOSI- grammatik jihatdan tahlil qila olsak, ya'ni birlik, ko'plik,qaysi kelishikda, qaysi turkumda va hk.
Grammatik ma'nosi bo'lmasdan faqat atash(leksik) ma'nosi bo'lsa bu leksema sanaladi. Leksemalarga misol qilib lug'atlardagi bosh so'zlarni olish mumkin. So'z morfologiya birligi,leksema esa leksikologiya birligidir.
SO'ZNING O'Z VA KO'CHMA MA'NOSI. So‘zning nutqdan tashqarida, ya’ni tilda ifodalagan ma’nosi o‘z ma’nosi deb ataladi. Masalan, ko‘z, etak so‘zlari yakka holda ishlatilganda uning asl, ya’ni o‘z ma’nosi anglashiladi. So‘zning gap ichida, ya’ni nutqdagi o‘z ma’nosidan boshqacharoq mazmun ifodalashi uning ko‘chma ma’nosi deb yuritiladi. Masalan, ishning ko‘zi, tog‘ning etagi kabi birikmalar tarkibida ko‘z va etak so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan.
Tildagi so‘zlar bir va birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Bir ma’nolilik hodisasi monosemiya(mono-bir, semia-ma'no), ko‘p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya(poli-ko'p, semia-ma'no) deb yuritiladi. Masalan, marmar, g‘oya, xulosa, taassurot kabi so‘zlar va ilm - fan sohalariga doir atamalar bir ma’noli so‘zlardir. O‘z va ko‘chma ma’nolari tufayli ikki yoki undan ortiq ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar esa ko‘p ma’noli (polisemantik) so‘zlar deyiladi. Masalan: etak - choponning etagi, tog‘ning etagi.
Monosemantik so'zlar:
•Joy nomlari •Olmoshlar •Sonlar •Kasbiy atamalar •Ilmiy atamalar •Neologizmlar( yangi so'zlar)
! Eslatma
Polisemantik so'zlarda ma'no qanchalik ko'p bo'lsa ham hammasi bir so'z hisoblanadi. Shu xususiyatga ko'ra ular omonimlarga o'xshab ketadi.
 So'z va leksema
Nutqimiz so’zlarning qo'shiluvidan hosil bo'ladi. So'zni talaffuz qilganimizda va qulog'imiz bilan eshitganimizda go'yo u faqat tovushlar ketma-ketligidan tashkil topgan butunlikdek tuyuladi. So'zni bunday tasavvur qilish bir yoqlamadir, chunki har qanday tovushlar birikmasi so'zni hosil qilavermaydi. Masalan, so, ko's singari tovush birikmalarini so'z deb bo'ladimi? Yo'q. So'z bo'lish uchun tovushlar birikmasining ozigina kifoya qilmaydi.Ma'lum tovush va tovushlar birikmasi ma'no bog'lagandagina bilan so'zga aylanadi. Yuqoridagi tovush birikmalarining tarkibini o'zgartirsak, ular ma' lum ma'no bilan bog'lanadi. Masalan, o's, so'k kabi. Demak, so'zning ikki tomoni: moddiy tomoni (tovush yoki harflar ketma-ketligi) va ma'no tomoni mavjud. Ko'rinadiki, nutq jarayonida har bir so'z leksik va grammatik ma'nolar uyg' unligidan tashkil topadi. Odatda, leksik va grammatik ma' nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror nmunosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan so'z atamasi qo'llaniladi Grammatik ma'nosiz, faqat leksik ma no bildiruvchi so'zning qismi uchun leksema atamasi qo'llaniladi. Bunday vaqtda so'z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi.Demak, tahlil jarayonida gap tarkibidan so'zlarni ajratamiz. So'zlar esa leksema va grammatik qo'shimchalarga bo'linadi. Tilning lug'aviy (leksik) ma'no bildiruvchi birligi leksema sanaladi. Lug'atlarda bosh so'z sifatida leksemalar beriladi.
Улугбек Абдусаматов ТТА Даволаш ²¹¹-б, [26.01.21 22:28]
Ma'no ko'chishi
Ma'no ko'chishning nima asosda ro'yobga chiqishiga ko'ra metafora, metonimiya,sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud.
1. ,,Semurg" "So'g'diyona" ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga ketma-ket beshta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. 2. Qo'shnimizning o'g'li dadasi bilan tortishayotganining ustidan chiqib qoldim. 3. Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho'zib yuborilmoqda. 4. Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi. 5. Prezidentimiz adashganlar uchun to'g'ri yo'lni ko’rsatib berdi. 6. Bolam, ho'l-u quruqqa qanoat qil, ana o'shanda sen odam bo'lasan. 7. Muallif dutor haqida yozadi va bu bilan o'zbek cholg'u asbobini birinchi bo'lib tilga oladi. 8 O'g'lining dardida sarg'aygan onaning oh-vohlariga chidab bo'lmasdi. 9. Tun o'z o'rini tongga bo'shatib berdi. 10. Navoiy ko'hna Sharqning ulug' mutafakkiri sifatida o'z asarlari bilan o'sha davr ijtimoiy masalalarini ham ko'tarib chiqdi. 11. Go'zal bu gaplarning hammasini yuragining tubiga joylagandi uni hech kimga oshkor ayta olmasdi. 12. Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi.
Shayton, tulki, ola, tor, yumshoq, dum, ajdaho, ilon, tomoq, luqma, dunyo, og'irlik, shisha, tosh, karam, do'st, nafis, mol, bel, yengil, gul, sher, uch, quloq, oyoq kabi so'zlarni ham o'z, ham ko'chma ma'noda qo'llash mumkin.
Nutqimizda eng keng tarqalgan ma'no ko'chish usuli metaforadir.

Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin