2. Metonimiya yunoncha metanymia - qayta nomlash demakdir. Narsa va hodisalar o'rtasida makon hamda zamondagi o'zaro aloqadorlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko'chishi metonimiya hisoblanadi.
Navoiyni oldim qo'limga deydilar. Navoiyni qo'lga olib bo ladimi? Buyum emas-ku qo'lda ko'taradigan!? Bedilni o'qir edim deydilar. Bedil kitob emas-ku!? Samovarda osh yedik deymiz. Samovar ustiga o'tirib osh yeb ko'ring-chi, kuyib qolasiz... Hojiboy Tojiboyevning "O'zbekning gapi qiziq" ruknidagi ichakuzdi hangomalarini ko'p eshitgansiz va huzur qilib kulgansiz.
Metonimiyaga misollar:
1. Rossiyaga qanday borsam bo'ladi? (Bekatdagi yo'lovchining murojaati). 2. Ichak chavog'im tugadi, endi kalla sotaman (Qassob nutqidan) 3. Mabodo, "Besh bolali yigitcha" kelmadimi? (Kitobxonning sotuvchiga bergan savolidan) 4. Navbatim sumka ko'targan jinsi"dan keyin. (Xaridorning javobi) 5. "Navoiy"ni kechadan beri ko'tarib yuribman. (O'quvchining nutqidan). 6. Auditoriya sukutda. 7. Osmon fonarini yoqdi shu onda. 8. Ko'rdim: Shukur Burxon "Hamza"dan chiqib, asta piyodalab ketdi bir kuni. 9. Fuzuliyni oldim qo'limga, Majnun bo'lib yiglab qichqirdi (O.Matjon) 10. Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi. 11. Butun shahar yig'ildi 12. Majlis qaror qildi. 13. Qani, mehmon, dasturxonga qarang. 14. Butun mahalla-ko'y Razzoq So'fining baxtini olqishlab chapak chalar edi 14. Butun Samarqand g'azabga keldi.
3. Sinekdoxa yunoncha synekdoche birga anglash, nazarda tutish so'zlaridan olingan bo'lib, qism orqali butunni yoki butun orqali qismni ifodalashni bildiradi.
Sinekdoxaga misollar: Oyoq, bosh, tish burun, chakka so'zlarining ham, ma'nosi, shu asosida ko'chishi mumkin. Besh qo'lini og'ziga tiqmoq, beshqo'lbarobar emas, yuzlar, ko'zlar boqar edi biz tomon, eshikka kiraylik.Olma archiyotib qo'linikesib olmoq, yig'lishga mo'ylovni chaqirib kelmoq. G'ildirakni yurgizmoq.
Sinekdoxaga misol.
1. Bolam, tanangda o'ylab ko'r 2. Kechgacha tuz totmadi 3. O'z jigariga ham rahm-shavqat qilmaydilar. 4. Meni u eshikka qadam bostirmaydi 5. Tuyog 'imiz ko'paydiki, kamaygani yo'q. 6. Bitta shu tuyoq bilan oltita bolani boqdim. 7. Kalning nimasi bor-temirdan tarog'i bor. 8. Urush ko'plarning yostig'ini quritdi. 9. O'n qo'li o'n hunar. 10. G'ilayning rejasi guruh boshlig 'iga ma'qul keldi.