Leksikologiya


Metafora (yunoncha metaphora -o'xshatish)



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə3/6
tarix04.05.2023
ölçüsü103,5 Kb.
#107207
1   2   3   4   5   6
Leksikologiya1

1. Metafora (yunoncha metaphora -o'xshatish) - bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o'rtasidagi ma' lum o'xshashlik asosida ko'chishidir. Masalan, tandirning og'zi birikmasida og'iz so'zining ma'nosi odam yoki hayvon og'ziga tashqi o'xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik turli asosda bo'lishi mumkin:
1. Ikki predmet o'rtasidagi shakliy o'xshashlik. Masalan, qozon qulog'i, tandirning og'zi, arraning tishi, yo'lning boshi, tog'ning etagi, egarning qoshi, choynakning burni
2. Ikki predmet qayerda joylashishi bo'yicha o'xshashlik. Masalan, hayvonning dumi-samolyot dumi va boshqalar. Qo'shni hovli, ilm cho'qqisi labi misollar ham bor
3. Ikki predmet o'rtasidagi belgi-xususiyat o'xshashligi. Issiq yuz, shirin so'z, oltin kuz, shirin hayot, og'ir gap, tuzsiz gap va boshqalar.
4. Ikki predmet o'rtasidagi harakat o'xshashligi. Aloqani uzmoq, gapni cho'zmoq, uyqusi qochmoq, hayoli buzilmoq, asabi buzilmoq, ishdan ketmoq, gapni to'g'rilamoq va boshqalar.
5. Ba'zi qovun va uzum navlari. Bo'rikalla, kampirchopon, obinovvot, bosvoldi, charos, rizamat, husayni va boshqalar.
6. Hayvon va narsa-qurol nomlari insonga qo'yilsa. Qo'zivoy, Bo'rivoy, Lochin, Qo'chqor, Arslon, O'roq, Bolta, Tesha, Temir, Qilich va boshqalar.
7. Gul nomlari va belgi-xususiyat so'zlari insonga qo'yilsa. Asal, Shirin, Lola, Rayhon, Nilufar, Go'zal va boshqalar.
8. Ba'zi bir vaqtinchalik so'zlar. Asalim, go'zalim, jonim, hayotim va boshqalar.
ESLATMA:

Metafra ni aniqlashning oson usuli- ,,HAQIQATDAN HAM SHUNAQA BO’LISHI MUMKINMI? deb savol berib ko’ramiz, agar mumkin bo’lmasa demak METAFRA……..

Metaforaga juda yaqin bir vosita o'xshatish bo'lib, ular yordamida shaxs-predmet bir-biriga yaqinlashtiriladi, qiyos qilinadi. Unda -dek, -day, go'yo, kabi, yanglig', singari, xuddi kabi o'xshatish vositasidan foydalaniladi: Bahor kelinchakdek yasanib keldi. Ulug' bek misoli oftob.
1.To'g'ri gap tug'ganingga yoqmaydi (maqol). 2. Litsey qaldirg'ochlarini tabriklashdi; 3. Rahmi kelib bulutning, Yig'lab to'kar yoshini, Qushlar qochar, majuntol ko'taradi boshini (E Vohidov) 4.Tuzsiz she'rlarim deb shirindan-shirin, Bolalarim yurar oyoq uchida.. (M.Yusuf) 5. U tarvuzining bir pallasini paqqos tushurdi.6. Derazaning singan ko'ziga eski plyonka tortib qo'yilgan 7. Maktabning biqinida kasalxonaning bo'lishi gigiyenaga xilofdir. 8. Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi.9. Jonni berib, qarzni uzib qutulasan!10. Harbiy xizmat temir intizomni talab qiladi. 11. Bahslashishga yo'l qolmagan edi. 12. Fan cho'qqilarini egallaymiz. 13. Razvedkachi gullab qo'ydi. 14. Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o'rgangan 15. U ko'l yoqasiga kelganini ham sezmadi. 16. Quyoshning oltin qalami nur taratar edi 17. Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo'Isa ham, xuddi o'smirlarday yengil qadam tashlardi. 18. Yo'lchi hali gapini bitirmagan edi, Mirzakarimboy uni kesdi.

Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin