’lim, fan va innovatsiyalar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə6/8
tarix27.04.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#103403
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy (assimilatsiya) g’amlovchi to\'qimalar

2.2. O‘z-o‘zidan boshqarilish.
O‘z-o‘zidan boshqarilish (avtoregulatsiya) doimo o‘zgarib turadigan muhit sharoitida organizmlarning o‘zining kimyoviy tarkibi va fiziologik jarayonlari intensivligi doimiyligini saqlab qolish qobiliyatidan iborat. Bu jarayonda biron-bir oziq moddaning etishmasligi organizmning ichki resurslarini ishga tushiradi. Moddaning keragidan ortiq bo‘lishi esa uning zaxiraga o‘tishiga (organizmda to‘planishiga) olib keladi. Avtoregulatsiya jarayonlari nerv va endokrin sistemalari orqali amalga oshadi. Biron modda kontsentratsiyasining yoki organizm holatining o‘zgarishi u yoki bu avtoregulatsiya mexanizmining ishga tushirilishi uchun signal bo‘lib hisoblanadi.
Ekologik tushunchalar. Biologiya kursida hayvonlar atrof-muhit bilan birga o‘rganiladi. O‘quvchilar Biologiyani o‘rganish davomida hayvonlarning tuzilishi, xatti-harakati, ko‘payish va rivojlanish xususiyatlari atrof-muhit bilan chambarchas bog‘ liq ekanligini tushunib olishlari lozim. Asosiy yashash muhitlari quruqlik, suv, havo, tuproq va tirik organizm hisoblanadi. Yashash muhitiga moslanish ayniqsa suv va tuproqda yashaydigan hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yashash muhitiga umumiy moslanishni xususiy moslanishdan farq qilish lozim. Masalan, gavdaning pat bilan qoplanganligi, qanotlarning rivojlanganligi, suyaklarning yupqa va engil bo‘lishi havo muhitiga, tanasining torpedasimon shakli va suzgichlarning rivojlanganligi suv muhitiga umumiy moslanish bo‘ladi. Pat qoplamining kulrang tusda bo‘lishi cho‘l sharoitiga, rang-barang bo‘lishi o‘rmon sharoitiga xususiymoslanish belgilari hisoblanadi. Hayvonlarning muayyan yashash muhitiga mos tuzilish belgilari mazkur muhitning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Masalan, suv muhiti nisbatan tig‘ iz bo‘lganidan suv hayvonlari tanasining suyri shaklda bo‘lishi va ikki yon tomondan siqilganligi suvda ishqalanishni kamaytirib, harakatlanishni osonlashtiradi. Shuning bilan birga hayvonlarning bir qancha turlari bir necha
muhitda yashashga moslanish belgilariga ega. Masalan, baqalaminning gavda tuzilishi suv hamda quruqlik muhitida, suv qushlarining tuzilishi (oyoqlaridagi suzgich pardalari, dumg‘ aza bezlari, parlari) suv va havo muhitida yashashga imkon beradi. Hayvonlarning yashash muhitiga moslanishi ularning xatti- harakatlari (oziqlanishi, ko‘payishi va rivojlanishi) da ham o‘z ifodasini topadi. Masalan, qaldirg‘ ochning qanotlari uzun, oyoqlari kalta bo‘lganidan erga deyarli qo‘nmaydi, havoda oziqlanadi. Qizilishton po‘stloq ostidan hasharotlarning qurtlarini topib olish uchun tumshug‘ ini daraxt tanasiga urib taqillatadi. Cho‘l qushlari yerga, o‘rmon qushlari daraxtlaming shoxiga yoki kovagiga uya quradi.
Sistematik tushunchalar. Hayvonlarni tip, sinf, turkumlarga ajratib o‘rganish zoologik ta‘lim ning asosini tashkil etadi. Chunki sistemaga solish orqali hayvonlarning xilma-xilligini va o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini tushunib olish mumkin. Sistematikaga oid tushunchalar botanika darslarida ham o‘tilgan. O‘qituvchi o‘simliklar va hayvonlarning sistematik guruhlarini solishtirish orqali ularning o‘zaro o‘xshashligi va farqlarini tushuntirib beradi. Darslikda tip tushunchasi deyarli barcha hayvonlarga nisbatan ishlatilgan. Ko‘pchilik hollarda tiplar sinflarga bo‘linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar sinflari esa turkumlarga, ayrim turkumlar (yirtqich sutemizuvchilar) oilalarga ajratib beriladi. O‘qituvchi Biologiyaga oid sistematik tushunchalarni o‘simliklar bilan bog‘lab tushuntiradi.
Filogenetik tushunchalar. Hayvonlarning kelib chiqishi va rivojlanishini tushunib olish filogenetik tushunchalar bilan bog‘ liq. Bunday tushunchalar turli xil sistematik guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro qarindoshchilik munosabatlarini, ya’ni ularning kelib chiqishi va rivojlanishini aniqlab olishga yordam beradi. Filogenetik tushunchalarni o‘quvchilar ongiga etkazishda yirik sistematik guruhlar (turlar)ga mansub hayvonlarning tuzilish belgilari, ularning ko‘payshi, rivojlanish, hayot kechirish xususiyatlari o‘rtasidagi umumiy o‘xshashlikka ko‘proq e’tibor beriladi. Masalan, volvoks koloniya bo‘lib yashaydi, uning har bir hujayrasining tuzilishi, oziqlanishi, harakatlanish xususiyatlari bir hujayrali suv o‘ti xlamidomonadaga o‘xshaydi. Gidraning tana devori ichki qavatida xivchinli hujayralarning bo‘lishi, oziqni qamrab olib, hujayra ichida hazm qilishini uning xivchinli bir hujayralilardan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi.
Filogenetik tushunchalar o‘quvchilarda hayvonot dunyosi evolyutsiyasi to‘g‘risida ilmiy tushunchalarni shakllantirishga imkon beradi. Hayvonlarning kelib chiqishi va rivojlanishini tushunib olishda ularning individual rivojlanishini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, o‘quvchilar hayvonlarning zamonaviy sistematikasi ularning tarixiy rivojlanishini aks ettirishini anglab etishlari lozim. Buning uchun o‘quvchilar o‘rganilgan hayvonlarning sistematik o‘rnini bilib olishlari zarur.
Hayvonot olami evolyutsiyasi to‘g‘ risida tushunchalar. Hayvonot tushunchalari Biologiya kursini o‘rganish davomida shakllanib boradi. Biologiya darslarida o‘quvchilar evolyutsion rivojlanishning mohiyatini tushunib olishlari uni tatbiq qila bilishlari, ya’ni hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishini tarixiy rivojlanish nuqtayi nazaridan baho bera olishlari lozim. evolyutsion tushunchalar ancha murakkab bo‘lib, ularni ongli o‘zlashtirib olish uchun o‘quvchilar hayvonot dunyosining klassifikatsiyasi va sistemaga solinishi, ularning xilma- xilligi, tarqalishi, individual rivojlanishi, hayvonlar va ular yashaydigan muhitning o‘zaro bog‘ liqligi, tabiiy tanlanish, turli sistematik guruhlar tarkib topishining tarixan o‘zaro bog‘ liqligi to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim.
Hayvonlarning geografik tarqalishi to‘g‘risida darslikda kam ma’lumot berilgan. Lekin o‘rdakburun, exidna, kenguru, tuyaqushlar, pingvinlar kabi tuban tuzilgan yoki noyob hayvonlar to‘g‘risida so‘z ketganiga ularning u yoki bu qit’ada saqlanib qolish sabablariga o‘qituvchi tarixiy, ekologik va hududiy nuqtayi- nazardan ham baho berishi lozim.
Hayvonlarning biologik xilma-xilligi faqat hayvonlarning tuzilishida emas, balki ularning hayot kechirishida ham namoyon bo‘ladi. Biologik xilma-xillikni ayniqsa hasharotlar, mollyuskalar, qushlar, sutemizuvchilar kabi turlarga boy sistematik guruhlar misolida tushuntirish osonroq bo‘ladi.
Hayvonot dunyosi evolyutsiyasini ongli tushunib olish uchun o‘quvchilar
Biologiyaning zamonaviy sistemasi hayvonlarning oddiydan murakkablashuv tomonga tarixiy rivojlanganligini, ularning o‘zaro qarindoshligini aks ettirishini tasavvur etishlari kerak. Shuning uchun darslikda hayvonlarni o‘rganish eng sodda tuzilgan bir hujayralilardan boshlanib, eng murakkab tuzilgan sutemizuvchilar bilan tamom bo‘ladi. Sutemizuvchilar mavzusida odam ham zoologik nuqtayi nazardan yer yuzida hayot kechiradigan jonivorlardan bir turi sifatida sutemizuvchilar sinfining primatlar turkumi odamsimon maymunlar oilasi odamlar urug‘ iga kirishi uqtiriladi.
Hayvonot dunyosi tarixiy rivojlanishini tushunib olishda hayvonlarning individual rivojlanishini o‘rganishi ham katta yordam beradi. Hayvonlarning embrional rivojlanishida ularning tarixiy rivojlanishini takrorlashi to‘g‘risidagi biogenetik qonun bilan o‘quvchilar tanish bo‘lmasada, uning mazmuni bilan o‘quvchilarni tanishtirish ularning ilgari olgan bilimlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashga yordam beradi. Masalan, bo‘shliqichlilar mavzusini o‘rganishda ularning kiprikli lichinkasini bir hujayrali va ko‘p hujayralilar o‘rtasidagi oraliq forma plastinkasimonlarga o‘xshatiladi. Hayvonlarning turli sistematik guruhlari o‘rtasidagi bog‘ lanishni suvda hamda quruqlikda yashovchilar lichinkasi itbaliq misolida tushuntirish oson. Itbaliqning tanasi shakli, unda yon chiziqning bo‘lishi, jabra bilan nafas olishi, voyaga etgan davrida lichinkaga xos organlarning yo‘qolib, oyoqlar va o‘pkaning paydo bo‘lishi ularning qadimgi panjaqanotli baliqlardan kelib chiqqanligini isbotlaydi. Biologiya darsligida hayvonot dunyosi evolyutsiya, paleontologiya, solishtirma anatomiya fanlari dalillari asosida ham tushuntirib berilgan.
Botanik tushunchalar. Agar tiriklik nuqtayi nazaridan qaraladigan bo‘lsa, o‘simliklar bilan hayvonlar va boshqa tirik organizmlar o‘rtasida juda ko‘p umumiylikni ko‘rish mumkin.
Hayvonlar ham o‘simliklar singari hujayralardan tuzilgan. Hujayralar to‘qimalari, to‘qimalar esa organlarni hosil qiladi.Ularning ko‘pchilik hujayra organoidlari ham o‘xshash bo‘ladi. Shuning bilan birga bir hujayrali hayvonlar orasida o‘simliklar singari yashil pigmentli, yorug‘likda fotosintez yordamida
oziq moddalar sintezlaydigan turlari ham bor.
Hayvonlar ham o‘simliklar singari sistemaga solib o‘rganiladi. Hayvonlar va o‘simliklardagi ko‘pchilik taksonlar nomi o‘xshash bo‘ladi. Quyida hayvonlar va o‘simliklar taksonlari taqqoslangan:


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin