39
Organizmga bir qancha omillarning bir vaqtda ta’sir qilishi kombinatsiyalangan
ta’sir deyiladi.
Kombinatsiyalangan ta’sirda 3 xil samara kuzatilishi mumkin:
1. Agar ikki xil modda ta’siri jamlansa va kombinatsiyalangan ta’sir
alohida
moddalar samarasi yig‘indisiga teng bo‘lsa, bu holda bu hodisa – additivlik
deyiladi.
Additiv samara narkotik moddalarda, benzol va atsetonda, xlor va azot oksidlarida va
oltingugurt oksidlarida kuzatiladi.
2. Agar ikki xil modda ta’sirida samaraning kuchayishi ro‘y byersa – sinyergizm
deyiladi. Sinyergizmning sababi bir modda tomonidan boshqa modda ta’sirining
kuchaytirilishi bo‘lib, bunda samara ularning yig‘indisidan yuqori bo‘lib chiqadi.
Fosfororganik preparatlar (xlorofos va karbofos), Shuningdek uglyerod oksidi tetraetil-
qo‘rg‘oshin bilan (avtomashina trubalaridan chiqadigan gazlarda), sianid bilan etil
spirti sinyergizm xususiyatiga ega.
3. Agar ikki moddaning kombinatsiyalangan ta’siri samarasi ularning yig‘indisidan
kam bo‘lsa,
bu hodisa
antagonizm
deyiladi. Antagonizm hodisasi ko‘pgina zaharli
moddalar uchun xos: metan va uglyerod oksidi, stiral va formaldegid va boshqalar. Bu
hol kimyoviy reaksiyalar natijasidagi moddalarning o‘zaro ta’siri
va kam zaharli
moddalarning hosil bo‘lishi oqibatida yuz beradi. Antagonizm ko‘pincha ta’sir
mexanizmi bo‘yicha bir turga mansub zaharli moddalarning birgalashib ta’sir etish
hollarida ko‘p uchraydi.
Chunonchi, etil spirtining yuqori konsentratsiyalari metil
spirtining toksik samarasining ushbu spirtlarning organizm tomonidan o‘zlashti-
rilishidagi raqobat hisobiga susaytiradi. Bunda etil spirti oksidlovchini sarflaydi, biroq
ko‘proq bog‘lanadi va o‘limga
olib keluvchi jarayonning, ya’ni metanoldan
formaldegid va chumoli kislotasi sintezlanishi ehtimoli pasayadi.
Atrof-muhitning muhofazasi uchun moddalarning kombinatsiyalangan ta’siri katta
ahamiyatga ega. Bu hol moddalar odam organizmiga bir vaqtida, ammo turli yo‘llar
orqali (nafas olish yo‘llari orqali havo bilan, oshqozon orqali ovqat va suv bilan, tyeri
orqali) tushadi.
100%
100%
B
А
S
amar
a
3
1
2
40
Moddalarning bir vaqtdagi ta’sirida quyidagi formula qo‘llaniladi:
1
1
n
i
РЭКi
Ci
Dostları ilə paylaş: