Davlat maqsadli jamg‘armalari (государственные целевые фонды/state trust funds) – Davlat byudjeti tarkibida jam-lanadigan
jamg‘armalar bo‘lib, ularning har bin uchun mablag‘lar manbalari, har bir
manbadan mablag‘ tushishi normalari va shartlari, shuningdek, shu
mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari
bilan belgilanadi.
Davlat xarajatlari (государственные расходы/State expenditure) – markazlashgan
va
markazlashmagan
davlat
daromadlarini foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabatlar.
Direktiv (ma ’
muriy) moliya mexanizmi (административный финансовый механизм/administrative financial mechanism) – davlat ishtirok etadigan moliya munosabatlari soliqlar, davlat krediti,
byudjet xarajatlari, byudjet dan moliyalashtirish, byudjet qurilmasi va
byudjet jarayonini tashkil qilish, moliyaviy rejalashtirishni tashkil
etishning barcha tizimlarini batafsil ishlab chiqilish
Dotatsiya (дотация/grant) – yuqori byudjet bo‘g‘inidan quyi
byudjet bo‘g‘iniga yoki byudjetdan yuridik va jismoiny shaxslarga
qaytarib bermaslik sharti bilan berilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari.
Jamoat birlashmalari (общественные союзы/public unions) –
ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o‘z
manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda
birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari.
Jamoat fondlari (Публичные фонд\fonds ) – fuqarolar va (yoki)
yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida
tashkil etilgan, hayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy
foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat
tashkiloti.