361
iqtisodiy jihatdan naf keltiradigan soliq to‘lovlarining investit-
siyalarga ta’sirini baholash zarur hisoblanadi.
Investitsiyalar hajmiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Kor-
xonaning daromadlilik darajasi, tashkilot xarajatlari, soliq to‘lovlari,
asosiy vositalar qiymati kabi ko‘plab omillar ta’sir qiladi.
Ushbu
omillarni samarali boshqarish biznesning investitsion jozibadorligini
oshirish va turistik korxonalarning yuqori daromad olishini ta’minlab
beradi. Investitsiyalash muammolarini tahlil qilish maqsadida
omillarni kompleks tahlil qilish asosida ekonometrik modellar ishlab
chiqish maqsadga muvofiq. Investitsiyalashni tahlil qilishda
guruhlash, mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlar, o‘rtacha miqdorlar kabi
statistik usullardan foydalaniladi. Biroq, ushbu usullar,
omillarning
turmahsulot qiymatiga ta’sir darajasini aniqlashga imkon bermaydi.
Ekonometrik usullar bir vaqtning o‘zida an’anaviy matema-
tik-miqdoriy usullarning nazariy-sifat usullari bilan uyg‘unlashuvini
ta’minlaydi va omillar o‘rtasidagi bog‘lanish, ushbu omillarning
investitsiyalar hajmiga ta’sirini baholash imkonini beradi.
O‘rganilmagan barcha omillarni aniqlash va ulardan
investitsion
jozibadorlikni
oshirishda
maqsadli
foydalanish
hududlarni rivojlantirishning strategik rejalari va yo‘l
xaritalarini
ishlab chiqishda muhim element hisoblanadi. Iqtisodiy-matematik
usullar ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning qonuniyatlari va
empirik kuzatishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash va bog‘liqlik
darajasi (zichligi)ga baho berish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda
ushbu usullardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradigan va
soddalashtiradigan ko‘plab amaliy dastur vositalari yaratilgan bo‘lib,
prognozlashtirishning eng ahamiyatli hisoblangan modellarini ishlab
chiqish va tanlash imkonini beradi.
Bizning tadqiqotimizda amaldagi mavjud va turistik aylanmaga
jalb qilinadigan resurslar asosida turistik
tashkilot va mintaqaning
investitsion jozibadorligini oshirishga ta’sir qiluvchi omillarni
aniqlash modelini ishlab chiqish masalasi qo‘yilgan. Ushbu
maqsadda O. E. Bashina
36
, M. Ivanova
37
, Endryu F. Sigel
38
, R. A.
________________________
36
Башина О.Э. Общая теория статистики. Учебник. – М., 2002.- С.120-138.
37
М.Иванова. Экономическая статистика. Учебник. – М., ИНФРА. 2000. – С. 117-128.
38
Эндрю Ф.Сигел. Практическая бизнес-статистика.4-е издание, М.-Спб, 2002. – С. 389-450.
362
Shmoylova
39
, M. Q. Pardaev
40
, kabi
olimlarning korrelyatsion-
regression tahlillar asosida prognozlashtirishni takomillashtirishga
qaratilgan ilmiy ishlari o‘rganildi.
Korrelyatsion-regression tahlil usullari yordamida omillar
o‘rtasidagi bog‘liqlik va bog‘lanish darajasi,
shuningdek, tartibga
solish jarayoniga aralashuv darajasi hamda turoperatorlar faoliyatini
boshqarish va baholash hajmini aniqlash mumkin.
Turizmda
modellashtirishning
asosiy
jihati
natijaviy,
prognozlashtirilayotgan ko‘rsatkichning tanlab olingan omillarga
bog‘liqlik darajasi va ta’sirini aniqlashga qaratiladi.
Ushbu masala
x
1
, x
2
,....x
n
omillarga bog‘liq bo‘lgan Y –
investitsiyalar hajmi ko‘rinishida tahliliy ifodani o‘zida aks ettiradi.
Y=f
(
x
1
, x
2
,....x
n
) omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash talab
etiladi. Buning uchun korrelyatsion-regression
tahlil usulidan
foydalaniladi.
5-jadval
Dostları ilə paylaş: