Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Valyuta birjasi
(
валютная биржа/stock exchange
) – milliy 
valyutalarning uyushgan bozori. U yerda valyutalar o‘rtasida talab va 
taklifga ko‘ra shakllangan qadrlanish kursi (kotirovka) bo‘yicha 
valyutalarning oldi-sotdisi amalga oshiriladi.
Valyuta bozori (валютный рынок/currency market)
– chet el 
valyutasi va chet el pul birliklarida ifodalangan to‘lov xizmatlarini sotib 
olish, sotish, ayirboshlash operatsiyalari amalga oshiriladigan iqtisodiy 
munosabatlar sohasi.
G‘aznachilik (казначейство/Exchequer) 
– davlat byudjetining 
ijrosini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli moliyaviy organ. 
Davlat byudjeti (государственный бюджет/state budget ) 
– 
davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari 
mablag‘larining) 
markazlashtirilgan 
jamg‘armasi 
bo‘lib, 
unda 
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya 
yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘ lar sarfi 
yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. 
Davlat 
zayomlari 
(госзаёмы/Public 
debts) 
– 
kredit 
munosabatlarining turi bo‘lib, unda davlat (yoki uning mahalliy 
organlari) zayom beruvchi yoki kreditor rolida namoyon bo‘ladi. 
Davlat qarzini boshqarish (управление государственными 
долгами/Management of public debts)
– davlat boshqaruv 
organlarining davlatning qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish va 
joylashtirish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini tartibga solish, davlat 
qarziga xizmat ko‘rsatish va to‘lash, ssudalar va kafolatlar bilan bog‘liq 
bo‘lgan harakatlar yig‘indisi. 


492 
Davlat krediti
(
государственный кредит/state credit 
) – bu bir 
tomondan davlat va ikkinchi tomondan jismoniy va huquqiy shaxslar 
o‘rtasidagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ularni davlat 
xarajatlarini 
moliyalashtirishga 
sarflash 
hamda 
korxonalar 
va 
tashkilotlarga muddatlilik, to‘lovlilik va qaytaruvchanlik asosida 
moliyaviy yordamlar berish bo‘yicha pul munosabatlari yig‘indisi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin